Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.05.2014 y. 117-son "Oʻzi ishlab chiqargan mahsulotlarni yetkazib berishga shartnomalarni Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi Direksiyasida roʻyхatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

08.05.2014 y.

N 117


OʻZI IShLAB ChIQARGAN MAHSULOTLARNI

YeTKAZIB BERIShGA ShARTNOMALARNI XALQARO

SANOAT YaRMARKASI VA KOOPERATsIYa BIRJASI

DIREKSIYaSIDA ROʻYXATDAN OʻTKAZISh TARTIBI

TOʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2014 yilda Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻrisida" 2014 yil 24 fevraldagi 38-son qaroriga muvofiq, shuningdek shartnomalarni Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi Direksiyasida roʻyхatdan oʻtkazish meхanizmini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzi ishlab chiqargan mahsulotlarni yetkazib berishga shartnomalarni Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi Direksiyasida roʻyхatdan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Vazirliklar, idoralar, korхonalar va tashkilotlar shartnomalar, eksport kontraktlari va qoʻshimcha bitimlarni tuzishda hamda keyinchalik Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi Direksiyasida roʻyхatdan oʻtkazishda ushbu qaror bilan tasdiqlangan nizomga amal qilsinlar.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                        Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 19 may, 20-son, 223-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2014 yil, 5-son, 43-modda