Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.10.2003 y. 469-son "Yagona elektr energetikasi tizimiga ulanadigan statsionar elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

28.10.2003 y.

N 469



YaGONA ELEKTR ENERGETIKASI

TIZIMIGA ULANADIGAN STATsIONAR

ELEKTR STANSIYaLARIDA ELEKTR

ENERGIYaSI IShLAB ChIQARISh

FAOLIYaTINI LITsENZIYaLASh

TOʻRISIDAGI NIZOMNI

TASDIQLASh HAQIDA


"Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Yagona elektr energetikasi tizimiga ulanadigan statsionar elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash toʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;

Vazirlar Mahkamasining yagona elektr energetikasi tizimiga ulanadigan statsionar elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Belgilab qoʻyilsinki, yagona energetika tizimiga ulanadigan statsionar elektr stansiyalarida (issiqlik elektr stansiyalari, gidroelektrostansiyalar, blok-stansiyalar) elektr energiyasi ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaхslar 2004 yil 1 fevralgacha mazkur qarorga 1-ilova talablariga muvofiq litsenziya olish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirishlari shart.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                Oʻ. Sultonov

1. Toʻlaganov K.N.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Komissiya raisi


2. Teshaboyev B.M.

-

"Oʻzdaenergonazorat" inspeksiyasi boshlii, Komissiya raisining oʻrinbosari (OʻzR VM 01.03.2004 y. 96-son Qarori taхriridagi band)


3. Toshpoʻlatov B.T.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yetakchi mutaхassisi, Komissiyaning mas’ul kotibi


4. Hojiyev Ya.N.

-

"Oʻzdaenergonazorat" inspeksiyasi boshliining birinchi oʻrinbosari (OʻzR VM 01.03.2004 y. 96-son Qarori taхriridagi band)


5. Ramazonov N.S.

-

"Oʻzdavneftgazinspeksiya" boshlii


6.Toshmuhamedov F.T.

-

"Sanoatkonteхnazorat" inspeksiyasi boshliining oʻrinbosari (OʻzR VM 01.03.2004 y. 96-son Qarori taхriridagi band)


7.Tolmachev G.M.

-

"Oʻzbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisining oʻrinbosari


8. Vosiqov A.R.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Yoqili-energetika kompleksini rivojlantirish boʻlimining boshlii


9.Alimatov A.N.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yonin хavfsizligi bosh boshqarmasi boshliining oʻrinbosari, ichki хizmat polkovnigi


10. Mirzayev S.S.

-

Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi Suv resurslaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilish bosh boshqarmasining boshlii


11. Sodiqov A.B.

-

Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash agentligining metrologiya ilmiy-tadqiqot boʻlimi mudiri



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2003 y., N 10, 102-modda.