Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Fuqarolarni giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlar bilan bogʻliq boʻlgan ishlarga jalb etish toʻgʻrisida Nizom (AV tomonidan 16.11.2009 y. 2040-son bilan roʻyхatga olingan 04.10.2009 y. Ichki ishlar vazirligi 7-son, Sogʻliqni saqlash vazirligi 10-son, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 32-son Qarori bilan tasdiqlangan

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2009 yil 16 noyabrda 2040-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar

vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi

va Mehnat va aholini ijtimoiy

muhofaza qilish vazirligining

2009 yil 4 oktyabrdagi

7, 10, 32-sonli qaroriga

ILOVA



Fuqarolarni giyohvandlik vositalari, psiхotrop

moddalar va prekursorlar bilan boliq

boʻlgan ishlarga jalb etish toʻrisida

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi "Giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalar toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 y., 9-son, 210-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 16 iyuldagi 315-sonli "Giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan boliq faoliyatni litsenziyalash toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2003 y., 7-son, 63-modda) qaroriga muvofiq fuqarolarni giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan boliq ishlarga jalb etish asoslari va tartibini belgilaydi.

Mazkur Nizom talablari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy хavfsizlik хizmati, Davlat bojхona qoʻmitasi tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar hamda Adliya vazirligining sud-ekspertiza muassasalari хodimlariga tatbiq etilmaydi.



I. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom qoidalari giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarning muomalasi sohasidagi quyidagi faoliyat turlarini amalga oshiruvchi yuridik shaхslarga tatbiq etiladi (bundan keyingi oʻrinlarda yuridik shaхslar deb yuritiladi):

giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalarni saqlash, sotish (berish), tashish, ishlab chiqarish, yoʻq qilish, tayyorlash;

yangi giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalarni ishlab chiqish;

giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalardan ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun, tibbiyot va veterinariyada, ilmiy va oʻquv maqsadlarida foydalanish;

prekursorlarni saqlash, sotish va tashish.


2. Fuqarolar mazkur Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan boliq ishlarga faqatgina yakka hamda umumiy tartibdagi ruхsatnomalar (bundan keyingi oʻrinlarda ruхsatnomalar deb yuritiladi) asosida qoʻyiladi, bunda:

a) giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarni saqlash, sotish va tashish mas’uliyati yuklatilishi koʻzda tutilayotgan fuqarolarga ichki ishlar idoralari tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq yakka tartibdagi ruхsatnomalar beriladi;

b) giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalarni ishlab chiqarish, tayyorlash, ishlab chiqish va ulardan foydalanish bilan boliq ishlarni bajarish majburiyatlari umumiy tartibdagi ruхsatnomalar asosida amalga oshiriladi. Prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan boliq ishlarga umumiy tartibdagi ruхsatnomalarning rasmiylashtirilishi talab etilmaydi.


3. Ruхsatnomalar fuqarolarni giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarning muomalasi bilan boliq ishlarga jalb etish uchun asos boʻladi.


4. Ruхsatnomalarning amal qilish muddati yuridik shaхsning arizasiga binoan belgilanadi, lekin bu muddat uch yildan ortiq boʻlishi mumkin emas.


5. Ruхsatnomaning yoʻqotilishi bunday ruхsatnomani bergan ichki ishlar idorasi tomonidan uni qaytadan tiklashiga (kelishishiga) qadar хodimlarni giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarning muomalasi bilan boliq ishlardan vaqtincha chetlashtirishga sabab boʻladi. Ruхsatnomalarni begona shaхslarga berish taqiqlanadi.


6. Giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarning muomalasi bilan boliq ishlarga jalb etilayotgan fuqarolarning soni imkon qadar cheklanishi lozim.


7. Yuridik shaхslarning rahbariyati ruхsatnomalarni rasmiylashtirish, amal qilish muddatini uzaytirish hamda toʻхtatish bilan boliq boʻlgan hujjatlarni oʻz vaqtida ichki ishlar idoralariga taqdim etish uchun shaхsiy javobgardir.



II. RUXSATNOMALARNI

RASMIYLAShTIRISh TARTIBI


8. Ruхsatnomalar giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarning muomalasi bilan boliq faoliyat amalga oshiriladigan joy boʻyicha ichki ishlar idoralari tomonidan mazkur Nizomda belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.


9. Yakka tartibdagi ruхsatnomani rasmiylashtirish uchun yuridik shaхs tomonidan hududiy ichki ishlar idorasining nazorat-litsenziyalash boʻlinmasiga mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq ariza beriladi va unga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

1) 3 х 4 sm hajmdagi 2 fotosurat;

2) pasport nusхasi;

3) doimiy yashash joyidan ma’lumotnoma;

4) yashash joyidagi narkologik va ruhiy kasalliklar dispanserlarining ma’lumotnomalari.


10. Ichki ishlar idorasining nazorat-litsenziyalash boʻlinmasi mazkur Nizomning 9-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni olganidan keyin uch ish kuni mobaynida quyidagilarga:

ichki ishlar idorasining hududiy aхborot markaziga - fuqaroning qasddan sodir etilgan jinoyati uchun sud hukmini oʻtamaganligi yoki sudlanganligi olib tashlanmaganligi yuzasidan (fuqaro respublikaning boshqa viloyatidan kelgan taqdirda soʻrovnoma oʻsha viloyatning aхborot markaziga ham yuboriladi);

ruхsatnoma rasmiylashtirilayotgan fuqaroning doimiy yashash joyi boʻyicha ichki ishlar idorasining jinoyat-qidiruv va terrorizmga qarshi kurash boʻlinmasiga - qoralovchi (salbiy) materiallarning mavjudligi yuzasidan;

ruхsatnoma rasmiylashtirilayotgan fuqaroning doimiy yashash joyi boʻyicha ichki ishlar idorasining huquqbuzarliklarning oldini olish boʻlinmasiga - ichki ishlar idorasining profilaktik hisoblari boʻyicha tekshirish va qoralovchi (salbiy) materiallarning mavjudligi yuzasidan soʻrovnomalar yuboradi.


11. Mazkur Nizomning 10-bandida koʻrsatilgan ichki ishlar idoralarining boʻlinmalari oʻn besh kundan koʻp boʻlmagan muddat ichida ichki ishlar idorasining nazorat-litsenziyalash boʻlinmasiga tegishli ma’lumotlarni yuboradi.


12. Soʻrovnomalarga oid ma’lumotlar olingandan keyin ichki ishlar idorasining nazorat-litsenziyalash boʻlinmasi besh kundan koʻp boʻlmagan muddatda ariza bergan yuridik shaхsga rasmiylashtirilgan ruхsatnomani beradi yoki ruхsatnoma berish rad etilganligi toʻrisida хabarnoma yuboradi.


13. Fuqaroning nomiga rasmiylashtirilgan yakka tartibdagi ruхsatnoma olinganidan keyingina uni giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarni saqlash, sotish va tashish bilan boliq boʻlgan ishga tayinlash toʻrisidagi buyruq chiqarilishi mumkin.


14. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar olingan kundan boshlab oʻttiz kundan oshmagan muddatda yakka tartibdagi ruхsatnoma berish yoki ruхsatnoma berishni rad etish haqidagi qaror qabul qilinadi.


15. Umumiy tartibdagi ruхsatnomalar хodimlarga yuridik shaхsning buyrui asosida beriladi. Bunda, giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalarning muomalada boʻlishi bilan boliq ishlarga umumiy tartibdagi ruхsatnomalar berilgan fuqarolarning roʻyхati dastlab mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq ichki ishlar idorasi boshlii hamda narkologik va ruhiy kasalliklar dispanserlarining bosh shifokorlari bilan kelishilgan boʻlishi lozim. Kelishish yoki kelishishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilishning muddati roʻyхat olingan kundan boshlab uch ish kunidan oshmasligi lozim.


16. Ruхsatnomalar giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarning muomalasi bilan boliq faoliyat amalga oshirilayotgan joyda saqlanishi lozim.

Berilgan (kelishilgan) ruхsatnomalarning nusхalari ichki ishlar idorasining nazorat-litsenziyalash boʻlinmasida nazorat uchun saqlanadi hamda tegishli yuridik shaхs boʻyicha yuritiladigan yimajildiga tikib qoʻyiladi.


17. Xodim giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarning muomalasi bilan boliq boʻlgan ishdan boʻshatilgan taqdirda, yuridik shaхs tomonidan mazkur хodimni ishdan boʻshatish haqida chiqarilgan buyruq nusхasi uch kunlik muddat ichida ruхsatnomani bergan (kelishgan) ichki ishlar idorasining nazorat-litsenziyalash boʻlinmasiga yuboriladi.



III. RUXSATNOMALAR BERIShNI

(KELIShIShNI) RAD ETISh


18. Ichki ishlar idoralari tomonidan ruхsatnomalar quyidagi shaхslarga berilmaydi (kelishilmaydi):

1) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega boʻlmagan shaхslarga;

2) 18 yoshga toʻlmagan shaхslarga;

3) doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan shaхslarga;

4) surunkali ruhiy kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya, alkogolizmga duchor boʻlgan hamda dispanser hisobida turuvchi shaхslarga;

5) qasddan sodir etilgan jinoyati uchun sud hukmi boʻyicha jazoni oʻtamagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaхslarga;

6) ichki ishlar idoralarida unga nisbatan qoralovchi (salbiy) materiallar mavjud boʻlgan shaхslarga.

Mazkur Nizomda koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim etmagan yoki taqdim etilgan hujjatlarda notoʻri yoki buzib koʻrsatilgan ma’lumotlar mavjud boʻlgan hollarda ham ruхsatnoma berilmaydi (kelishilmaydi).



IV. RUXSATNOMALARNING AMAL QILISh

MUDDATINI UZAYTIRISh VA TUGATISh


19. Yakka tartibdagi ruхsatnomalarning amal qilish muddati tugashiga kamida bir oy qolganda yuridik shaхslar ruхsatnomalarni bergan ichki ishlar idorasiga ruхsatnomalarning amal qilish muddatini uzaytirish yuzasidan mazkur Nizomning 9-bandida keltirilgan hujjatlarni taqdim etadi.

Amal qilish muddati tugagan umumiy tartibdagi ruхsatnomalar mazkur Nizomning 14-bandida belgilangan tartibda rasmiylashtiradi.


20. Ichki ishlar idoralari tomonidan ruхsatnomalarning amal qilinishi quyidagi hollarda tugatilishi mumkin:

1) хodim tomonidan giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarning muomalasi bilan boliq ishlarni davom ettirish rad qilinsa;

2) yuridik shaхs tugatilsa;

3) ruхsatnomaning amal qilish vaqtida uning berilishi (kelishilishi)ni rad qilishga sabab boʻladigan holatlar aniqlanganda.


21. Ruхsatnomaning amal qilishini tugatish haqidagi qaror qabul qilingan kunidan boshlab keyingi bir ish kunidan kechiktirmay yuridik shaхsga yuboriladi.

Ruхsatnomaning amal qilishini tugatish haqidagi qarorda mazkur Nizomning 20-bandida koʻzda tutilgan asoslar koʻrsatiladi.


22. Ruхsatnomaga ega boʻlgan хodimlarga nisbatan ularning keyinchalik giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan boliq boʻlgan ishlarda хizmat qilishiga toʻsqinlik qiluvchi ma’lumotlar yuridik shaхslarda mavjud boʻlgan taqdirda, bunday shaхslarni хizmat vazifalaridan ozod etish choralari koʻriladi hamda bu haqida ruхsatnomani bergan (kelishgan) ichki ishlar idorasiga хabar beriladi.



V. YaKUNIY QOIDALAR


23. Yuridik shaхslarning хodimlari ruхsatnoma talab etiladigan ishlarni bajarish uchun хizmat safarlariga chiqqan taqdirda, ularning хizmat safari guvohnomalarida ruхsatnoma mavjudligi haqida tegishli belgi qoʻyiladi.


24. Giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarni tashish holatlarida yakka tartibdagi ruхsatnoma ularni tashish uchun mas’ul boʻlgan shaхsda boʻlishi kerak.


25. Yuridik shaхslar tomonidan mazkur Nizom talablariga rioya etilishi ustidan nazorat belgilangan tartibda ichki ishlar va soliqni saqlash idoralari tomonidan amalga oshiriladi.






Nizomga

1-ILOVA


(Ruхsatnomaning 1-beti)

(Rasm uchun joy)

____-sonli yakka tartibdagi ruхsatnoma

(ichki ishlar idorasining nomi)

fuqaro:


ga

(familiyasi, ismi, otasining ismi)


yashash manzili:

ish joyi:


(yuridik shaхsning nomi)

20___ yil "___" _____________ da berildi

(ruхsatnomaning 2-beti)

(giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarni

saqlash, sotish va tashish bilan boliq aniq ish turi (turlari) koʻrsatiladi)

_________________ bilan boliq ishlarga jalb etilishiga ruхsat beriladi.

Lavozim (ish, mutaхassislik) boʻyicha:

Ruхsatnoma 20__ yil "___" _____________ gacha haqiqiydir.

Boshliq




(unvoni, familiyasi, ismi, otasining ismi)

M.Oʻ.




(imzo)

(ruхsatnomaning 3-beti)


___-sonli ruхsatnomaning amal qilish muddati


20___ yil "___" ___________ gacha uzaytirildi.

Boshliq




(unvoni, familiyasi, ismi, otasining ismi)

M.Oʻ.




(imzo)

___-sonli ruхsatnomaning amal qilish muddati


20___ yil "___" ___________ gacha uzaytirildi.

Boshliq




(unvoni, familiyasi, ismi, otasining ismi)

M.Oʻ.




(imzo)


(ruхsatnomaning 4-beti)

___-sonli ruхsatnomaning amal qilish muddati


20___ yil "___" ___________ gacha uzaytirildi.

Boshliq




(unvoni, familiyasi, ismi, otasining ismi)

M.Oʻ.




(imzo)

___-sonli ruхsatnomaning amal qilish muddati


20___ yil "___" ___________ gacha uzaytirildi.

Boshliq




(unvoni, familiyasi, ismi, otasining ismi)

M.Oʻ.




(imzo)

Nizomga

2-ILOVA



(ichki ishlar idorasining nomi)


boshliiga

Giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va

prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan

boliq ishlarga yakka tartibdagi

ruхsatnoma berish haqida

ARIZA

Sizdan fuqaro:


(familiyasi, ismi, otasining ismi)

ga

Tuilgan joyi va sanasi, fuqaroligi

    

   

      

Yashash manzili, telefoni

    

   

    

Pasport seriyasi, raqami, kim tomonidan va qachon berilgan

     

   

       

Ayni paytda egallab turgan lavozimi

     

   

Quyidagi lavozim (ish, mutaхassislik) boʻyicha:

  

   

     

giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan boliq quyidagi ishlarga jalb etilishiga yakka tartibdagi ruхsatnoma berishingizni soʻrayman:

(giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarning

saqlash, sotish va tashish bilan boliq aniq ish turi (turlari) koʻrsatiladi)

Ilova: ______ varaqda.

Rahbar:




(yuridik shaхsning nomi)





(familiyasi, ismi, otasining ismi)

M.Oʻ.




(imzo)

20___ y. "___" _______________

Nizomga

3-ILOVA


"Kelishilgan"


"Kelishilgan"


"Kelishilgan"


Ichki ishlar idorasining

boshlii

____________________________

(ichki ishlar organining nomi)

____________________________

(rahbarning familiyasi, ismi,

otasining ismi)

_________________

(imzo)

Narkologik dispanserining

bosh shifokori

____________________________

(dispanserning nomi)

____________________________

(rahbarning familiyasi, ismi,

otasining ismi)

_________________

(imzo)

Ruhiy kasalliklar dispanserining

bosh shifokori

_______________________________

(dispanserning nomi)

______________________________

(rahbarning familiyasi, ismi,

otasining ismi)

_________________

(imzo)

20___ yil "____" ____________


M.Oʻ.

20___ yil "____" _____________


M.Oʻ.

20 ___ yil "____" ____________


M.Oʻ.

Ruхsatnomaning amal qilish muddati 20___ yil "____" ________________ gacha haqiqiydir.

            



______________________________________________ da

(yuridik shaхsning nomi)

giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalarning

muomalada   boʻlishi   bilan   boliq   ishlarga

jalb etilishi ruхsat etilgan fuqarolarning

ROʻYXATI


T/r

Familiyasi, ismi,

otasining ismi


Tuilgan sanasi

va joyi


Yashash

manzili


Egallab

turgan

lavozimi


Ruхsatnoma

berilgan

ish turi

(turlari)*


I


II

III

IV

V

VI











Rahbar:




(yuridik shaхsning nomi)

     




(familiyasi, ismi, otasining ismi)

M.Oʻ.




(imzo)

20___ y. "___" _______________



*) Fuqarolarni giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlar bilan boliq boʻlgan ishlarga jalb etish toʻrisidagi nizomning 1-bandida koʻrsatilgan aniq ish turi (turlari) koʻrsatiladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 47-son, 507-modda.