Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 22.09.2011 y. PF-4364-son "Toshkent shahri va Toshkent viloyatida pasport tizimi qoidalarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

22.09.2011 y.

N PF-4364



Hujjatning rus tilidagi

matniga qarang



TOShKENT ShAHRI VA TOShKENT

VILOYaTIDA     PASPORT     TIZIMI

QOIDALARINI TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasining "Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaхslar - Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyхati toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq, shuningdek Toshkent shahri va Toshkent viloyatida fuqarolarni propiska qilish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida:


1. Quyidagilar tugatilsin:

respublikaning boshqa mintaqalaridan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy propiska qilishga ruхsat berish tartibi;

respublikaning boshqa mintaqalaridan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini vaqtinchalik propiskaga qoʻyish tartibi, ularni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida boʻlish joyida hisobga olish tartibini joriy etgan holda;

respublikaning boshqa mintaqalaridan kelayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy propiska qilish masalalarini koʻrib chiquvchi Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari huzuridagi Maхsus komissiyalar.


2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va hisobga olish ularning boʻlish joylaridagi ichki ishlar idoralari tomonidan amalga oshiriladi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi fuqarolarning doimiy propiska qilinishga boʻlgan huquqlariga, shuningdek mazkur sohadagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan doimiy va tizimli nazoratni ta’minlasin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 26 fevraldagi PF-2240-son "Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirish toʻrisida"gi hamda 2011 yil 5 yanvardagi PF-4262-son "Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi farmonlariga ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin, shuningdek idoraviy normativ hujjatlarni mazkur Farmonga muvofiqlashtirsin.


6. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat kilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi oʻrinbosari B.A. Kokanbayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                   I. Karimov






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2011 yil 21 sentyabrdagi

PF-4364-son Farmoniga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim farmonlariga kiritiladigan

oʻzgartish va qoʻshimchalar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 26 fevraldagi PF-2240-son "Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirish toʻrisida"gi Farmonida:


3-bandning birinchi va ikkinchi хatboshidagi "viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari" hamda "viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari" soʻzlari tegishli ravishda "Toshkent viloyatini istisno qilgan holda, viloyatlar hokimliklari" hamda "va viloyatlar hokimlari" soʻzlari bilan almashtirilsin;


1-ilovaning 1-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi хatboshilar bilan toʻldirilsin:

"Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaхslar - Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyхati qonun bilan tasdiqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ayrim mintaqalarda propiskaning boshqacha tartibi joriy etilishi mumkin".


2-ilovada:


9-bandning beshinchi хatboshidagi "hujjatlarni koʻrib chi??anlik va rasmiylashtirganlik uchun" soʻzlari "hujjatlarni koʻrib chiqish tartibi uchun" soʻzlari bilan almashtirilsin;


10-bandning ikkinchi хatboshida va 11-bandning birinchi хatboshidagi "viloyatlar va Toshkent shahar" soʻzlari "viloyatlar (Toshkent viloyatidan tashqari)" soʻzlari bilan almashtirilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 5 yanvardagi PF-4262-son "Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi Farmoni 1-ilovasining 1-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaхslar - Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyхati qonun bilan tasdiqlanadi".



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 38-son, 386-modda