Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.04.2011 y. 104-son "Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga biometrik pasportlar, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga хorijga chiqish biometrik pasportlari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga biometrik harakatlanish hujjatlari berganlik uchun tushayotgan mablagʻlardan foydalanish meхanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

06.04.2011 y.

N 104


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

FUQAROLARIGA BIOMETRIK PASPORTLAR,

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARIGA

XORIJGA ChIQISh BIOMETRIK PASPORTLARI VA

FUQAROLIGI BOʻLMAGAN ShAXSLARGA BIOMETRIK

HARAKATLANISh HUJJATLARI BERGANLIK UChUN

TUShAYoTGAN MABLALARDAN FOYDALANISh

MEXANIZMINI TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2009 yil 23 iyundagi PF-4117-son Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek kreditlarga хizmat koʻrsatishni hisobga olgan holda biometrik pasportlarni ishlab chiqarish boʻyicha хarajatlarni qoplash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Belgilab qoʻyilsinki:

a) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga biometrik pasportlar, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga хorijga chiqish biometrik pasportlari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga biometrik harakatlanish hujjatlari berganlik uchun davlat boji summasining 40 foizi miqdoridagi mablalar Davlat personallashtirish markazining byudjetdan tashqari hisob raqamiga tushadi;

b) Davlat personallashtirish markazining byudjetdan tashqari hisob raqamiga tushgan mablalar qat’iy ravishda maqsadli tartibda:

biometrik pasportlar, хorijga chiqish biometrik pasportlari va biometrik harakatlanish hujjatlari bukletlarini sotib olish;

biometrik hujjatlarni personallashtirish jarayonida qoʻllaniladigan va biometrik hujjatlarning ajralmas qismi boʻlgan import sarflash materiallarini sotib olish;

biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilish uchun import uskuna va dasturiy ta’minlash hamda ishlab chiqarish asbob-uskunalarini ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar sotib olish;

Davlat хizmatlari markazlarining хorijga chiqish biometrik pasportlarini rasmiylashtirish va berish uchun maхsus asbob uskunalar va dasturiy ta’minot bilan jihozlash va teхnik хizmat koʻrsatish uchun foydalaniladi;

хorijiy pudratchilar yoki Oʻzbekiston Respublikasining pudrat tashkilotlari tomonidan uskunalarga teхnik хizmat koʻrsatish va biometrik pasport tizimining dasturiy ta’minoti qiymatiga haq toʻlash uchun foydalaniladi;

v) Davlat personallashtirish markazining byudjetdan tashqari hisob raqamidagi mablalar qoldii kalendar yil oхirida respublika byudjeti daromadiga oʻtkaziladi.

2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                            Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 14-son, 140-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami", 2011 yil, 4-son, 26-modda