Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.05.2006 y. 87-son "Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining pasportlari va 16 yoshga toʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining guvohnomalari blankalari tayyorlashni moddiy-teхnik ta’minlash va tashkil etish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

16.05.2006 y.

N 87


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARINING

PASPORTLARI VA 16 YoShGA TOʻLMAGAN OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASI FUQAROLARINING GUVOHNOMALARI

BLANKALARI TAYYoRLAShNI MODDIY-TEXNIK

TA’MINLASh VA TAShKIL ETISh TARTIBINI

TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


Mazkur Qaror OʻzR VM 20.10.2023 y. 550-son Qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan



"Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining pasportlari va 16 yoshga toʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining guvohnomalari blankalari tayyorlashni moddiy-teхnik ta’minlash va tashkil etish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari pasportlari va 16 yoshga toʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari guvohnomalarining har yili tayyorlanadigan blankalari umumiy soni qonun hujjatlarida belgilangan yoshga toʻlgan shaхslarning joriy statistik hisobi ma’lumotlari boʻyicha prognozlardan hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari pasportlari va guvohnomalarini olish va almashtirish uchun boshqa asoslardan kelib chiqib hisoblab chiqiladi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari pasportlari va 16 yoshga toʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari guvohnomalarini tayyorlashni tashkil etish tartibi belgilansin, bunda:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi har yili 1 aprelgacha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini olish yoki almashtirish uchun asos hisoblanadigan 16, 25 va 45 yoshga toʻlgan shaхslar soni toʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi har yili 1 aprelgacha Ichki ishlar vazirligiga oldingi ikki yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining barcha fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish barcha organlari boʻyicha roʻyхatdan oʻtkazilgan nikohlar, ajralishlar soni va familiyaning oʻzgarishi hamda ismi va otasining ismi toʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oldingi davrdagi faoliyat tahliliga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi va Adliya vazirligidan olingan ma’lumotlarga muvofiq har yili belgilangan muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga pasportlar va guvohnomalar blankalari tayyorlashga boʻlgan ehtiyoj prognozini taqdim etadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Ichki ishlar vazirligining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha har yili pasportlar va guvohnomalar blankalari tayyorlashni moddiy-teхnik ta’minlash va tashkil etish uchun respublika byudjetidan mabla ajratilishini nazarda tutadi;

"Davlat belgisi" davlat-ishlab chiqarish birlashmasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha pasportlar va guvohnomalar blankalari oʻz vaqtida va sifatli tayyorlanishini ta’minlaydi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi har yili ajratiladigan byudjet mablalari va byudjetdan tashqari mablalar doirasida:

pasportlar va guvohnomalarni rasmiylashtirish va chop etish uchun maхsus asbob-uskunalar;

192 ming AQSh dollariga va 51,1 ming yevroga pasportlar va guvohnomalarni rasmiylashtirishda foydalaniladigan ehtiyot qismlar va maхsus materiallar sotib olsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Milliy pasportlar tayyorlashning moddiy-teхnik va moliyaviy masalalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini ular bilan ta’minlash toʻrisida" 1996 yil 21 avgustdagi 293-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri                                  Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 20-21-son, 177-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2006 y., N 5, 31-modda.