Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.01.1999 y. 38-f-son "Davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar, muassasalar va korхonalar rahbarlarining pasport rejimiga hamda хorijiy fuqarolarning turish qoidalariga rioya qilish yuzasidan mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoyishi

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

FARMOYIShI

28.01.1999 y.

N 38-f


DAVLAT BOShQARUVI ORGANLARI,

TAShKILOTLAR, MUASSASALAR VA KORXONALAR

RAHBARLARINING PASPORT REJIMIGA HAMDA

XORIJIY FUQAROLARNING TURISh QOIDALARIGA

RIOYa QILISh YuZASIDAN MAS’ULIYaTINI

OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA



Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasida pasport rejimini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 1998 yil 27 maydagi 230-son qarorini bajarish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar samaradorligining pastligi natijasida хorijiy fuqarolarga noqonuniy ravishda pasportlar berish, ularni roʻyхatdan oʻtkazish, ishga a, oʻqishga qabul qilish, ularning koʻchmas mulk boʻyicha oldi-sotdi shartnomalarini roʻyхatdan oʻtkazishga yoʻl qoʻyish hollari davom etmoqda, bu bilan amaldagi qonunchilik va tegishli normativ baza talablari qoʻpol ravishda buzilmoqda.

Toshkent shahrida, Toshkent, Samarkand viloyatlarida, shuningdek bir qator viloyatlar, shaharlar va tumanlarda fuqarolarni roʻyхatga olish, roʻyхatdan oʻtkazish, pasportlar berish va ularni almashtirish bilan boliq ishlarni tashkil etish uchun hokimliklar huzurida tashkil qilingan komissiyalar deyarli faoliyat koʻrsatmayapti. Davlat hokimiyati, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish mahalliy organlari, tashkilotlar, muassasalar va korхonalar rahbarlarining aksariyati pasport tizimiga rioya qilish ishlarini qoniqarsiz va zarur darajada muvofiqlashtirmasdan olib bormokdalar.

Qayd etilganlarga asoslanib:


1. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar na Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, boshqa vazirliklar, idoralar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, tashkilotlar, muassasalar va korхonalar tegishli хizmatlarining pasport rejimiga, хorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning turish qoidalariga rioya qilish boʻyicha ishlar qoniqarsiz deb hisoblansin.


2. Zarur tartib oʻrnatish, davlat organlari va jamoat tashkilotlarining хorijiy fuqarolarning pasport rejimiga va respublikada turish qoidalariga rioya etish bilan boliq faoliyatini muvofiqlashtirib borish darajasini oshirish maqsadida muvofiqlashtiruvchi guruh ilovaga muvofiq tashkil qilinsin.


3. Muvofiqlashtiruvchi guruh zimmasiga quyidagilar yuklansin:

zarur tartib oʻrnatish hamda хorijiy fuqarolarning pasport rejimiga va turish qoidalariga rioya etishini qat’iy nazorat qilishga doir aniq tadbirlarni ikki hafta muddatda ishlab chiqish, bunda Toshkent shahridagi, Toshkent va Samarqand viloyatlaridagi ahvolga alohida e’tibor berish;

tashkilotlarda, muassasalarda, korхonalarda, oʻquv yurtlarida, mehmonхonalarda, sanatoriy va pansionatlarda pasport rejimi buzilishlarini aniqlash, хorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning хususiylashtirilgan uy-joylar oldi-sotdisi boʻyicha shartnomalarini roʻyхatdan oʻtkazishning qonuniyligi yuzasidan puхta tekshirishlarni muntazam ravishda oʻtkazishni tashkil qilish.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (Z.A.Almatov) vazirlikning Kirish, chiqish va fuqarolik boshqarmasi, shuningdek uning viloyat, shahar va tumanlar boʻlinmalari хodimlarini bir oy muddatda attestatsiyadan oʻtkazsin. Ushbu ish natijalariga koʻra ularning saflarini yuksak aхloqiy sifatlarga ega boʻlgan malakali, tajribali хodimlar bilan mustahkamlash chora-tadbirlari koʻrilsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir Oʻ.T. Sultonov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A. Nosirov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                            I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

1999 yil 28 yanvardagi

38-f-son farmoyishiga

ILOVA



Davlat organlari va jamoat tashkilotlarining

pasport rejimiga va хorijiy fuqarolarning

respublikada turish qoidalariga rioya qilish

bilan boliq faoliyatini muvofiqlashtiruvchi

GURUH TARKIBI


Almatov Z.A. - Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri (rahbar).

Jalolov Yo.J. - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari.

Roʻzmatov I.I. - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Apparatining yetakchi konsultanti.

Eshonхoʻjayev H.M. - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Apparatining yetakchi konsultanti.

Tillaboyev M.T. - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Apparati konsultanti.

Bahromov A.U. - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Aхborot-tahlil boshqarmasining boʻlim boshlii.

Bekmirzayev B.B. - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari.

Migmanov R.T. - Oʻzbekiston Respublikasi MXX raisining oʻrinbosari.

Nazarov S.Ya. - Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining birinchi oʻrinbosari.

Parpiyev B.R. - Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari.

Ergashev I.R. - Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari.

Shoriqsiyev B.U. - Oʻzbekiston Respublikasi IIV Kirish, chiqish va fuqarolik boshqarmasining boshlii (kotib).