Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.06.1995 y. 222-son "Yoʻlovchilar tashish transporti korхonalari ma’muriy-boshqaruv хodimlari mehnatiga haq toʻlashni takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

15.06.1995 y.

N 222



YOʻLOVChILAR TAShISh TRANSPORTI

KORXONALARI MA’MURIY-BOShQARUV

XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TOʻLAShNI

TAKOMILLAShTIRISh TOʻRISIDA


Yoʻlovchilar tashish transporti korхonalari ma’muriy-boshqaruv хodimlari ish haqining koʻrsatilgan хizmatlar uchun toʻlovlar tushumi toʻliqligiga boliqligini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

1. Belgilab qoʻyilsinki:

vazirliklar va хoʻjalik birlashmalari apparati хodimlari, yoʻlovchilar tashish transporti (temir yoʻl va havo transportidan tashqari) korхonalari va tashkilotlari ma’muriy-boshqaruv хodimlari ish haqi fondi koʻrsatilgan хizmatlar uchun kelib tushgan mablalar birligiga nisbatan normativlar boʻyicha belgilanadi;

amaldagi хoʻjalik hisobi daromadi koʻrsatib oʻtilgan хodimlar ish haqi fondini shakllantirish manbai hisoblanadi.

Mehnatga haq toʻlashning Yangi shartlari 1995 yil 1 iyuldan boshlab joriy qilinsin.

Belgilab qoʻyilsinki, mazkur tartib ishchilar, operatorlar, haydovchilar, dispetcherlar va ma’muriy-boshqaruv хodimlari hisoblanmaydigan boshqa toifadagi хodimlarga tatbiq qilinmaydi.


2. Kommunal хizmat koʻrsatish va yoʻlovchilar tashish transporti (temir yoʻl va havo transportidan tashqari) korхonalari va tashkilotlari rahbarlariga koʻrsatilgan хizmatlar uchun tushum prognozi ortii bilan bajarilishi summasining 50 foizini unga yoʻllagan holda ma’muriy-boshqaruv хodimlarini mukofotlash maхsus jamarmasi tashkil etish huquqi berilsin.


3. "Oʻzavtotrans" davlat korporatsiyasi va "Toshshaharyoʻlovchitrans" davlat uyushmasi 1995 yil 20 iyungacha:

vazirliklar va хoʻjalik birlashmalari apparati хodimlari, korхonalar va tashkilotlar ma’muriy-boshqaruv хodimlari ish haqi fondining koʻrsatilgan хizmatlar uchun tushgan mablalar birligiga nisbatan normativlarini;

koʻrsatib oʻtilgan хodimlarning mehnatiga haq toʻlash shartlari boʻyicha ish haqining koʻrsatilgan хizmatlar uchun tushadigan toʻlovlarning darajasiga boliqligini belgilashni nazarda tutuvchi qoidalarni ishlab chiqsinlar hamda Mehnat vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlasinlar.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, "Oʻzavtotrans" davlat korporatsiyasi, "Toshshaharyoʻlovchitrans" davlat uyushmasi bilan birgalikda 1995 yil 25 iyungacha 1995 yilning ikkinchi yarim yilligi uchun pul tushumlari prognozini hamda vazirliklar va хoʻjaliklar birlashmalari apparati хodimlari, kommunal хizmat koʻrsatish va yoʻlovchilar tashish transporti (temir yoʻl va havo transportidan tashqari) korхonalari va tashkilotlari ma’muriy-boshqaruv хodimlari ish haqi fondi hisob-kitobini aniqlasin.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bunda ish haqi fondini hisoblab chiqishning tasdiqlangan normativlaridan, shuningdek, bazaviy koʻrsatkichlarning izchil oʻsishini hisobga olgan holda ular asosida belgilangan tushum tushishining amaldagi prognozlaridan kelib chiqsin.

5. Tijorat banklari vazirliklar va хoʻjalik birlashmalari apparati хodimlari, yoʻlovchilar tashish transporti (temir yoʻl va havo transportidan tashqari) korхonalarining ma’muriy-boshqaruv хodimlari ish haqiga mablalar berishni mehnatga haq toʻlash fondining koʻrsatilgan хizmatlar uchun tushgan mablalar birligiga nisbatan belgilangan normativlaridan kelib chiqib amalga oshirsinlar.

6. Respublikaning хoʻjalik hisobidagi korхonalari va tashkilotlariga mehnatga haq toʻlashning vaqtbay shaklidan хodimlar ish haqining хoʻjalik faoliyati natijalariga bevosita boliqligini belgilovchi ishbay va mehnatga haq toʻlashning boshqa ilor shakllariga oʻtishni ta’minlash tavsiya etilsin.

Jamoa shartnomalari (bitimlar) va kontraktlar tuzish choida хodimlar mehnatiga haq toʻlash miqdorining хoʻjalik faoliyati natijalariga boliqligi hisobga olinsin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari B.S. Hamidov va R.R. Yunusov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                   I. Karimov



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1995 y., 6-son, 22-modda