Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 29.08.1998 y. 671-I-son "Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY MAJLISINING

QARORI

29.08.1998 y.

N 671-I


“XOʻJALIK YuRITUVChI SUB’YeKTLAR

FAOLIYaTINING ShARTNOMAVIY-HUQUQIY

BAZASI TOʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA

KIRITISh HAQIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi QAROR QILADI:


1. “Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 1998 yil 1 noyabrdan amalga kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻrisida”gi Qonunga muvofiqlashtirsin, respublika vazirliklari va idoralari oʻzlarining mazkur Qonunga zid boʻlgan normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni mazkur Qonunga aloqador boʻlgan normativ hujjatlar, shuningdek хoʻjalik shartnomalari shakllarining namunalari ilova qilingan holda chop etilishini ta’tinlansin.


Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisining Raisi                                                         E. Xalilov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi", 1998 yil, 9-son, 171-modda