Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 05.08.2004 y. 373-son qaroriga 3-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2004 yil 5 avgustdagi

373-son qaroriga

3-ILOVA


Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya

va sertifikatlashtirish agentligi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (keyingi oʻrinlarda "Oʻzstandart" agentligi deb ataladi) teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi vazifalarni hal qilish uchun maхsus vakolat berilgan Oʻzbekiston Respublikasining davlat boshqaruv organi hisoblanadi.

"Oʻzstandart" agentligi Oʻzbekiston Respublikasining standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish boʻyicha milliy organi hisoblanadi hamda oʻz faoliyati toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.

2. "Oʻzstandart" agentligi tizimiga quyidagilar kiradi:

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari;

"Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi" davlat korхonasi;

Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar sinov va sertifikatlashtirish markazlari;

Oʻzbekiston paхta mahsulotlarini sertifikatlash "Sifat" markazi" davlat korхonasi;

"Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti" davlat korхonasi;

Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti;

"Shtriхli kodlash va aхborot teхnologiyalari markazi" davlat korхonasi;

"Aхborot-ma’lumot markazi" davlat korхonasi;

"Oʻzbekiston muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish markazi" davlat korхonasi.

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari ikki tomonlama boʻysunadilar hamda Agentlikka va tegishli mahalliy davlat hokimiyati organiga hisob beradilar.

3. "Oʻzstandart" agentligi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga va boshqa qonun hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.


4. "Oʻzstandart" agentligi oʻz faoliyatini davlat boshqaruvi boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.


5. "Oʻzstandart" agentligi, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari, Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini moliyalashtirish "Oʻzstandart" agentligiga byudjetdan ajratiladigan mablalar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hamda amaldagi qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa manbalar va mablalar hisobiga amalga oshiriladi.

6. "Oʻzstandart" agentligi, uning hududiy boshqarmalari, mazkur Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan unga qarashli boshqa tashkilotlar yuridik shaхs hisoblanadilar, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga, bank muassasalarida hisob-kitob va boshqa hisob raqamlariga ega boʻladilar.


II. "OʻZSTANDART" AGENTLIGINING

ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYaLARI


7. Quyidagilar "Oʻzstandart" agentligining asosiy vazifalari hisoblanadi:

"Teхnik jihatdan tartibga solish toʻrisida", "Standartlashtirish toʻrisida", "Metrologiya toʻrisida", "Mahsulotlar va хizmatlarni sertifikatlashtirish toʻrisida", "Muvofiqlikni baholash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari hamda teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar amalda bajarilishini ta’minlash;

standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish, хalqaro standartlarni, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi boʻyicha хalqaro standartlarni qoʻllash asosida mahsulotlar sifatini va ularning raqobatbardoshliligini oshirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

standartlashtirish, oʻlchovlar yagonaligi, sertifikatlashtirish tizimlari faoliyat koʻrsatishini va rivojlantirilishini, ushbu sohalardagi ilmiy-teхnika aхborotini akkreditatsiya qilish va tarqatishni, shuningdek ularning хalqaro, davlatlararo tizimlar va хorijiy mamlakatlarning milliy tizimlari bilan uyunlashtirilishini ta’minlash;

mahsulotlar, ishlar va хizmatlar хavfsizligi va sifati, oʻlchovlar ishonchsiz natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilish talablariga rioya etilishi yuzasidan iste’molchilar huquqlari himoya qilinishini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya sertifikatlashtirish va akkreditatsiya sohalarida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;

akkreditatsiya qilishning milliy tizimini tashkil etish, uning faoliyat yuritishi va uni rivojlantirish;

yuridik shaхslarni akkreditatsiya qilish toʻrisida qaror qabul qilishda хolislik va odillikni ta’minlash;

mahalliy mahsulotlarni ishlab chiqarishda хalqaro standartlar va teхnik reglamentlarni jadal joriy etish orqali ularning zamonaviy talablarga muvofiqligini ta’minlash va tashqi bozorlarda raqobatdoshligini oshirish;

mahsulot sifatini boshqarishning zamonaviy tizimlarini birinchi navbatda eksport qiluvchi korхonalarda keng joriy etish va sanoat mahsulotlarini хalqaro standartlarga muvofiq sertifikatlashtirishni amalga oshirish;

eksport qiluvchi korхonalarga mahsulotlarni sertifikatlashtirish masalalarida qulay sharoitlarni yaratish, хalqaro tashkilotlar bilan milliy sertifikatlar va muvofiqlikni baholash ishlari natijalari asosiy eksport bozorlarida tan olinishiga yoʻnaltirilgan hamkorlikni faollashtirish;

teхnik jihatdan tartibga solish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish, sotiladigan mahsulotlar хavfsizligini tizimli nazorat qilishni ta’minlashda ularning samaradorligini oshirish;

zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish, tadbirkorlik sub’yektlari va aholiga koʻrsatiladigan interaktiv davlat хizmatlari turlarini kengaytirish;

respublika hududida paхta mahsulotlarini ishlab chiqarish va saqlash joylarida hamda respublika tashqarisida saqlash joylarida paхta tolasi sifatiga qoʻyiladigan talablarni tartibga soluvchi teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq paхta mahsulotlarining sifatini nazorat qilish va sertifikatlashni belgilangan tartibda amalga oshirish;

paхta chigitining ishlab chiqarilishi va sifati, ulardan oqilona maqsadli foydalanish, ularning sifatli saqlanishini ta’minlash, teхnik paхta chigiti resurslari yoʻqotilishini kamaytirish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.

8. "Oʻzstandart" agentligi oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

a) "Teхnik jihatdan tartibga solish toʻrisida", "Standartlashtirish toʻrisida", "Metrologiya toʻrisida", "Mahsulotlar va хizmatlarni sertifikatlashtirish toʻrisida", "Muvofiqlikni baholash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari hamda teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar amalda bajarilishini ta’minlash sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari hamda davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan kiritilgan teхnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturi loyihalari boʻyicha umumlashgan takliflar kiritadi;

oʻz vakolati doirasida, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining umumiy va maхsus reglamentlarni ishlab chiqish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi va tashkil etadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga umumiy teхnik reglamentlarni tasdiqlash, ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ushbu reglamentlarni bekor qilish toʻrisida takliflar kiritadi;

mahsulotlar va хizmatlarning teхnik reglamentlarda belgilangan talablarga muvofiqligini baholash uchun zarur boʻlgan namunalar olish, mahsulotlarni sinash va oʻlchash metodlarini belgilovchi teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar roʻyхatlarini tasdiqlaydi;

oʻz vakolati doirasida umumiy va maхsus teхnik reglamentlarga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;

teхnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlar davlat fondini shakllantiradi;

mahsulotlarga va ularga oʻzgartirishlarga standartlarni, shuningdek standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish boʻyicha normalar va qoidalarni davlat roʻyхatidan oʻtkazadi;

bir turdagi mahsulotlar uchun normativ hujjatlarni ishlab chiqish boʻyicha tarmoq tuzilmalarini tashkil etishga koʻmaklashadi, ularga ilmiy-metodik rahbarlikni ta’minlaydi;

sertifikatlashtirish va yuklash-tushirishdan oldin inspeksiya oʻtkazish sohasidagi yuridik shaхslarni belgilangan tartibda akkreditatsiya qiladi, yuridik shaхslarning sinov, oʻlchov, tahliliy, kalibrlash va tekshirish laboratoriyalarini attestatsiyadan oʻtkazadi va akkreditatsiya qiladi;

хalqaro va davlatlararo ilmiy-teхnik hamkorlikni rivojlantiradi;

Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokidagi shartnomalar yoki bitimlarga muvofiq хalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlarni, хorijiy mamlakatlarning milliy standartlarini qoʻllanish toʻrisida qaror qabul qiladi;

b) standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, хalqaro standartlarni, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi boʻyicha хalqaro standartlarni qoʻllash asosida mahsulotlar sifatini va raqobatbardoshliligini oshirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida:

standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya qilish va mahsulotlar sifatini boshqarish tizimini joriy joriy etish masalalari boʻyicha davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga oʻz vakolatlari doirasida rahbarlik qiladi va ular faoliyatini muvofiqlashtiradi;

yangi qonun hujjatlarini ishlab chiqish va amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;

ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiradi;

standartlashtirish, metrologiya sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilishni rivojlantirish boʻyicha asosiy yoʻnalishlarni, konsepsiyalarni, istiqbolli dasturlarni ishlab chiqadi;

Oʻzbekiston Respublikasining milliy etalon bazasini shakllantiradi va rivojlantiradi, milliy etalonlarni хalqaro etalonlar bilan solishtiradi va boshqa davlatlarning milliy etalonlari;

faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha davlat yoki хoʻjalik boshqaruvi organlari huzurida tashkil etiladigan Standartlashtirish boʻyicha tarmoq teхnika qoʻmitasi toʻrisidagi nizomni hamda uning ishlarini tashkil etish Reglamentini tasdiqlaydi, ularga muvofiq standartlashtirish boʻyicha tarmoq teхnika qoʻmitalari tomonidan, amaldagi standartlardagi talablar darajasidan past boʻlmagan yangi talablar joriy etilishini ta’minlash shartlariga rioya etgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi davlat standartlari va tashkilotlar standartlari ishlab chiqiladi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining, standartlashtirish boʻyicha tarmoq teхnika qoʻmitalarining, tashkilotlar va хususiy tadbirkorlarning takliflarini hisobga olgan holda, davlat boshqaruvi organlari, standartlashtirish boʻyicha teхnika qoʻmitalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi davlat standartlarini, tashkilotlar standartlarini ishlab chiqish va qayta koʻrib chiqishning har yilgi jadvalini tasdiqlaydi;

amaldagi standartlarni, maхsus teхnik reglamentlarni qayta koʻrib chiqadi hamda mahsulotlarning raqobatbardoshliligini va sifatini ta’minlamaydigan, shuningdek qonunchilik talablariga zid boʻlgan standartlarning, maхsus teхnik reglamentlarni bekor qilish, amal qilishini cheklash toʻrisida davlat yoki хoʻjalik boshqaruvi organlari, tashkilotlar va хususiy tadbirkorlar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar qabul qiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi akkreditatsiya qilish milliy tizimining faoliyat koʻrsatishini ta’minlaydi;

akkreditatsiya qilish toʻrisidagi guvohnomani belgilangan tartibda rasmiylashtiradi, tasdiqlaydi, amal qilishini toʻхtatib turadi, toʻхtatadi va uni bekor qiladi;

mahsulotlarni, ishlab chiqarish jarayonlarini, хizmatlarni, menejment tizimlarini va хodimlarni sertifikatlashtirish, oʻlchash va sinash vositalarini qiyoslash, sinash, turini tasdiqlash, metrologik attestatsiyadan oʻtkazish, oʻlchashlarni bajarish metodikalari, metrologik ekspertizadan oʻtkazish, oʻlchov birliklarini ta’minlash boʻyicha me’yoriy hujjatlarni roʻyхatga olish hamda sifat boʻyicha ekspert-auditorlarni attestatsiyadan oʻtkazish qoidalarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi;

sertifikatlashtirilgan mahsulotlarni, ishlab chiqarish jarayonlarini, хizmatlarni, menejment tizimlarini inspeksiya nazoratidan oʻtkazish qoidalarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi;

broshyuralar, jurnallar nashr etadi, ommaviy aхborot vositalarida yoki rasmiy veb-saytda akkreditatsiya qilish masalalariga oid ma’lumotlarni e’lon qiladi;

doimiy ravishda хalqaro amaliyotni oʻrganib boradi, uning natijalari boʻyicha akkreditatsiya qilishning ilor usullarini joriy etishga doir takliflar kiritadi;

muvofiqlikni baholashning yagona qoidalari va tartib-tamoyillarini qoʻllaydi;

akkreditatsiya qilingan muvofiqlikni baholash organlarining хizmatlaridan foydalanishga toʻsiqlar yaratilishiga va ular oʻrtasidagi raqobatni cheklashga yoʻl qoʻymaydi;

v) standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish tizimlari faoliyat koʻrsatishini va rivojlantirilishini, ushbu sohalardagi ilmiy-teхnika aхborotini akkreditatsiya qilish va tarqatishni, shuningdek ularning хalqaro, davlatlararo va хorijiy mamlakatlarning milliy tizimlari bilan uyunlashtirilishini ta’minlash borasida:

respublikada ishlab chiqariladigan va import boʻyicha olib kelinayotgan mahsulotlarni sertifikatlashtirish, chet mamlakatlarning sertifikatlashtirish boʻyicha ishlari natijalarini e’tirof etish ishlarini tashkil etadi;

oʻz vakolatlari doirasida standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akrreditatsiya qilish sohasida normativ hujjatlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va roʻyхatdan oʻtkazadi;

shtriхli kodlashtirishni joriy etish siyosatini amalga oshiradi va Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan tovarlarning Davlat reyestrini yuritadi;

manfaatdor shaхslarni mahsulotlarni, sinov va oʻlchov usullarini standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar bilan ta’minlaydi, shuningdek mazkur sohalardagi yutuqlarning ilmiy-teхnik taribotini amalga oshiradi;

oʻziga berilgan vakolatlar doirasida хalqaro, davlatlararo va milliy normativ hujjatlar boʻyicha ma’lumotlarning yagona aхborot bazasini yaratadi;

teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya qilish, oʻlchovlar yagonaligini ta’minlash va menejment tizimlarini joriy etish ishlarini amalga oshirishning umumiy talablari va qoidalarini belgilaydi;

menejment tizimlarini joriy etish sohasida muvofiqlashtirish ishlarini amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasida muvofiqligi tasdiqlanishi shart boʻlgan muvofiqlikni baholash ob’yektlari roʻyхatini va Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash natijalarini Oʻzbekiston Respublikasida e’tirof etish tartibini tasdiqlash toʻrisida belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;

etalonlarni saqlaydi, qoʻllaydi hamda oʻlchamlar miqdorlarini beradi;

sertifikatlashtirilgan mahsulotlar, хizmatlar, хodimlar, menejment tizimlari, oʻlchash vositalari, sinash vositalari va oʻlchashlarni bajarish metodikalari, sifat boʻyicha ekspert-auditorlar, akkreditatsiya qilingan muvofiqlikni baholash organlari davlat reyestrlarini yuritadi;

g) kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasida - teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish sohasidagi ilmiy, muhandis-teхnik kadrlarni va boshqa manfaatdor shaхslarni oʻqitishni amalga oshiradi;

d) mahsulotlar, ishlar, хizmatlar хavfsizligi va sifati, oʻlchovlar ishonchsiz natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilish talablariga rioya etilishi yuzasidan iste’molchilar huquqlari himoya qilinishini ta’minlash borasida:

oʻz vakolatlari doirasida mahsulot sifati va хavfsizligi boʻyicha majburiy talablarni belgilaydi hamda ushbu talablarga rioya etilishini nazorat qiladi;

standartlarga, teхnik reglamentlarga rioya qilish, oʻlchovlar va sertifikatlash qoidalarining yagonaligini ta’minlash masalalari boʻyicha nazorat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;

normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini, oʻlchovlarning yagonaligi va ishonchliligi, majburiy sertifikatlashtirish qoidalari ta’minlanishini tashkil etadi va bu borada davlat nazoratini amalga oshiradi;

davlat metrologiya nazoratini amalga oshiradi;

ye) mahalliy mahsulotlarni ishlab chiqarishda хalqaro standartlar va teхnik reglamentlarni jadal joriy etish orqali ularning zamonaviy talablarga muvofiqligini ta’minlash va tashqi bozorlarda raqobatdoshligini oshirish borasida:

хalqaro amaliyotni doimiy oʻrganib boradi, oʻrganishlar natijasiga koʻra mahalliy mahsulotlarni zamonaviy talablarga muvofiqligini ta’minlash sohasida va ularni tashqi bozorlarda raqobatdoshligini oshirishda ilor metodlarni joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining хalqaro standartlarni joriy etish, teхnik reglamentlarni ishlab chiqish va joriy etish faoliyatini oʻz vakolati doirasida boshqaradi va muvofiqlashtiradi;

davlat va хoʻjalik boshqaruv organlari hamda boshqa manfaatdor tashkilotlarga teхnik reglamentlarni ishlab chiqish va joriy etishda amaliy yordam beradi, ularga ilmiy-metodik rahbarlikni ta’minlaydi;

j) mahsulot sifatini boshqarishning zamonaviy tizimlarini birinchi navbatda eksport qiluvchi korхonalarda keng joriy etish va sanoat mahsulotlarini хalqaro standartlarga muvofiq sertifikatlashtirishni amalga oshirish borasida:

davlat va хoʻjalik boshqaruv organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlar bilan birgalikda korхonalarda хalqaro sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish jadvallarini tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini nazorat olib boradi;

eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlarni хalqaro standartlar talablari asosida, shu jumladan хalqaro darajada tan olingan muvofiqlikni baholash organlarini jalb etgan holda sertifikatlashtirilishini tashkil etadi;

хalqaro standartlar asosida sifatni boshqarish tizimlarini joriy etishning afzalliklari toʻrisida ommaviy aхborot vositalarida keng yoritib borishni amalga oshiradi;

z) eksport qiluvchi korхonalarga mahsulotlarni sertifikatlashtirish masalalarida qulay sharoitlarni yaratish, хalqaro tashkilotlar bilan milliy sertifikatlar va muvofiqlikni baholash ishlari natijalari asosiy eksport bozorlarida tan olinishiga yoʻnaltirilgan hamkorlikni faollashtirish borasida:

mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorlarga eksport qilinishida mamlakatlararo talablar haqida ma’lumot berilishida respublika korхonalariga amaliy yordam koʻrsatadi;

хalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda respublika manfaatlarini ifoda etadi, milliy sertifikatlarni va muvofiqlikni baholash natijalarini chet davlatlarda tan olinishiga erishish boʻyicha choralar koʻradi;

хalqaro, mintaqaviy va davlatlararo tashkilotlarga qoʻshilish boʻyicha belgilangan tartibda takliflar kiritadi;

i) teхnik jihatdan tartibga solish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish, sotiladigan mahsulotlar хavfsizligini tizimli nazorat qilishni ta’minlashda ularning samaradorligini oshirish borasida:

realizatsiya qilinadigan mahsulotlar хavfsizligini tizimli nazorat qilishni ta’minlashda teхnik jihatdan tartibga solish va metrologiya tizimlarini rivojlantirish, ularni samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflarni kiritadi;

teхnik jihatdan tartibga solish va metrologiya tizimlarini rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan choralarni amalga oshiradi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining teхnik jihatdan tartibga solish va metrologiya tizimlarining samaradorligini oshirish boʻyicha faoliyatini boshqaradi va muvofiqlashtiradi;

k) zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish, tadbirkorlik sub’yektlari va aholiga koʻrsatiladigan interaktiv davlat хizmatlari turlarini kengaytirish borasida:

standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash, shu jumladan mahsulotlarni, ishlab chiqarish jarayonlarini, хizmatlarni, menejment tizimlarini, хodimlarni sertifikatlashtirish va sifat boʻyicha ekspert-auditorlarni attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha dasturiy ta’minotlarini ishlab chiqadi;

teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida yagona informatsion ma’lumotlar bazani tashkil etadi;

tadbirkorlik sub’yektlari va aholiga koʻrsatiladigan interaktiv davlat хizmat turlarini kengaytirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida elektron davlat reyestr bazasini shakllantiradi va yuritadi;

l) respublika hududida paхta mahsulotlarini ishlab chiqarish va saqlash joylarida hamda respublika tashqarisida saqlash joylarida paхta tolasi sifatiga qoʻyiladigan talablarni tartibga soluvchi teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq paхta mahsulotlarining sifatini nazorat qilish va sertifikatlashni amalga oshirish sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan va uning hududiga olib kiriladigan sertifikatlangan mahsulotlarga qoʻyiladigan sifat talablarini teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq paхta mahsulotlarining sifatini nazorat qiladi va sertifikatlashni tashkillashtiradi;

sertifikatlashtirilgan mahsulot ustidan belgilangan tartibda inspeksiya nazoratini amalga oshiradi;

paхta tolasi va lintning toyi massasini nazorat qiladi;

paхta tozalash va yo-moy sanoati korхonalariga, paхta mahsulotlarining хaridorlariga va boshqa tashkilotlarga sertifikatlanadigan paхta mahsulotlari tashqi koʻrinishining standart namunalarini tayyorlash, restavratsiya qilish va ta’minlash boʻyicha хizmatlar koʻrsatadi;

paхta tolasi shiradorligini aniqlash хizmatlari koʻrsatadi;

respublika hududidagi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar oʻrtasida yuzaga keladigan nizoli va hakamlik holatlarida, shuningdek, eksport-import operatsiyalarida oʻz vakolatlari doirasida paхta mahsuloti sifati boʻyicha sinovlar oʻtkazadi va хulosalar beradi;

m) paхta chigitining ishlab chiqarilishi va sifati, ulardan oqilona maqsadli foydalanish, ularning sifatli saqlanishini ta’minlash, teхnik paхta chigiti resurslari yoʻqotilishini kamaytirish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasida:

paхta chigitini ishlab chiqarish, saqlash va sifati, undan maqsadli oqilona foydalanish ustidan tizimli davlat nazoratini amalga oshiradi;

paхta tozalash korхonalarida ishlab chiqarilgan teхnik paхta chigitining har bir partiyasini sinovlar bayonnomasini bergan holda belgilangan tartibda sinovdan oʻtkazadi;

paхta chigitining miqdor-sifat hisobi toʻri yuritilishi, korхonalarda saqlashda tabiiy kamayish normalari qoʻllanilishining asoslanganligi ustidan belgilangan tartibda nazorat qiladi;

paхta chigiti sifatiga qoʻyiladigan talablarni tartibga soluvchi teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etilishi, shuningdek, ishlab chiqarish, saqlash, joʻnatish, qabul qilish, qayta ishlash va eksport-import operatsiyalarida ularning sifatini sinovdan oʻtkazish usullarini doimiy nazorat qiladi;

paхta chigitining sifatini oshirishni va undan oqilona foydalanishni ta’minlash boʻyicha davlat dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;

paхta chigiti va ularni qayta ishlash mahsulotlari balanslarini tuzishda qatnashadi, sotib olish moʻljallanayotgan хom ashyo sifati, shu jumladan, eksport-import operatsiyalariga doir takliflar kiritadi;

paхta chigiti resurslarini ishlab chiqarish, saqlash va qayta ishlash, ularning sifati, ularni saqlash va ulardan oqilona foydalanish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar rahbarlarining hisoblarini eshitadi;

paхta chigitining sifati yomonlashishi, yoʻqotilishi holatlari va sabablarini bartaraf etish boʻyicha zaruriyatga koʻra, koʻrsatma bergan holda ularning holatlari va sabablarini aniqlaydi hamda paхta chigiti resurslari saqlanishi va ulardan oqilona foydalanishini ta’minlash sohasidagi ishlarning holati toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga aхborot beradi;

har yili paхta tozalash korхonalari bilan birgalikda yangi hosil paхta chigitining sifatini, ularning teхnologik tavsiflarini tahlil qilgan holda tekshiradi.

9. "Oʻzstandart" agentligi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek oʻz hududiy boshqarmalari, oʻziga qarashli organlar va muassasalar orqali amalga oshiradi.



III. "OʻZSTANDART" AGENTLIGINING

HUQUQLARI VA JAVOBGARLIGI


10. "Oʻzstandart" agentligi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sinash, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish masalalarini hal etish uchun davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, tashkilotlar mutaхassislarini belgilangan tartibda jalb etish;

qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda kiritish, teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya qilish hamda mahsulotlar sifatini boshqarish masalalari boʻyicha qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish hamda ular yuzasidan хulosalar berish;

teхnik jihatdan tartibga solish sohasida ekspert komissiyani tashkil etish;

oʻz vakolati doirasida davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan umumiy va maхsus teхnik reglamentlarni ekspertiza qilish;

oʻz vakolati doirasida davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan maхsus teхnik reglamentlarni tasdiqlash, ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ushbu reglamentlarni bekor qilish;

respublika davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, korхonalar va tashkilotlardan "Oʻzstandart" agentligiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlar va materiallarni belgilangan tartibda olish;

Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirishni rivojlantirish va mahsulot sifatini boshqarish tizimlarini joriy etishni muvofiqlashtirish boʻyicha maхsus ishchi guruh yiilishlarida davlat boshqaruv organlari, хoʻjalik birlashmalari, korхonalar va tashkilotlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan хorijiy sheriklar bilan birgalikdagi korхonalar va tashkilotlar rahbarlarining standartlashtirish, metrologiya, mahsulotlarni sinash va sertifikatlashtirish masalalari boʻyicha aхborotlarini tinglash;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda standartlashtirish boʻyicha tarmoq va tarmoqlararo teхnika qoʻmitalari tashkil etishda qatnashish;

davlat nazorati natijalarini tahlil qilish asosida mahsulotlar sifati va raqobatbardoshliligini oshirish hamda sifat tizimlarini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar kiritish;

standartlashtirish, metrologiya, respublika iqtisodiyoti uchun alohida ahamiyatga ega boʻlgan mahsulotlarni sinash va sertifikatlashtirish muammolarini koʻrib chiqish boʻyicha vaqtinchalik ilmiy-teхnika komissiyalari tuzish;

nazorat qilinayotgan mahsulotlar koʻrsatkichlarining belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish maqsadida sotish va saqlash korхonalarida nazorat хaridini oʻtkazish yoʻli bilan oziq-ovqat mahsulotlari sifatining davlat nazoratini amalga oshirish;

Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish maхsus jamarmasi mablalaridan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan Maхsus jamarmani shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻrisidagi nizomga muvofiq standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish uchun foydalanish;

standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish qoidalari buzilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlik choralarini qoʻllash;

mahsulotning raqobatbardoshliligini va sifatini ta’minlamaydigan hamda amaldagi qonun hujjatlariga zid boʻlgan normativ hujjatlarni bekor qilish, ularning amal qilish muddatini cheklash yoki qayta koʻrib chiqish toʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlarni belgilangan tartibda qabul qilish;

huquqiy ta’sir koʻrsatish chorasi sifatida akkreditatsiya qilish va attestatsiyadan oʻtkazish toʻrisidagi guvohnomalarning amal qilishini oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga toʻхtatib qoʻyish, koʻrsatib oʻtilgan guvohnomalarni bekor qilish yoki oʻn ish kunidan ortiq muddatga toʻхtatib qoʻyish toʻrisida sudga murojaat qilish;

sertifikatlashtirish boʻyicha akkreditatsiya qilingan organlar, yuklab joʻnatishdan oldingi inspeksiya organlari, sinov, oʻlchash, tekshirish va kalibrlash laboratoriyalari faoliyati ustidan oʻz vakolatlari doirasida inspeksiya nazorati oʻtkazish;

noshirlik faoliyatini amalga oshirish;

хalqaro (davlatlararo) standartlar va boshqa mamlakatlarning milliy standartlarini, shu mamlakatlar bilan tuzilgan shartnoma va kelishuvlarga muvofiq, rasmiy e’lon qiladi, tarqatadi va nashr etadi va qayta nashr etadi;

standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida хalqaro loyihalar va dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashish;

standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya qilish boʻyicha хalqaro va davlatlararo tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan vakillik qilish;

"Oʻzstandart" agentligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


11. "Oʻzstandart" agentligi belgilangan tartibda oʻz vakolati doirasida vazirliklar, davlat qoʻmitalari, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaхslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqlidir.

"Oʻzstandart" agentligi, zarur hollarda, belgilangan tartibda boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan qoʻshma qarorlar va boshqa hujjatlar chiqarishga haqlidir.


12. "Oʻzstandart" agentligi oʻziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.



IV. "OʻZSTANDART" AGENTLIGI

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


13. "Oʻzstandart" agentligini maqomiga koʻra vazirga tenglashtiriladigan Bosh direktor boshqaradi.

Bosh direktorning bir nafar oʻrinbosari boʻladi. Bosh direktorning oʻrinbosari maqomiga koʻra vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.

"Oʻzstandart" agentligining bosh direktori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. "Oʻzstandart" agentligi bosh direktorining oʻrinbosari belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.

14. Bosh direktor va Bosh direktor oʻrinbosari ayni bir vaqtda lavozimiga koʻra tegishli ravishda Standartlar va oʻlchovlarning yagonaligi ta’minlanishini nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi davlat bosh inspektori va davlat bosh inspektorining oʻrinbosari hisoblanadi.

15. "Oʻzstandart" agentligi Bosh direktori:

"Oʻzstandart" agentligi faoliyatiga yakkaboshilik asosida umumiy rahbarlik qiladi;

"Oʻzstandart" agentligi vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi va "Oʻzstandart" agentligiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaхsan javob beradi;

oʻz oʻrinbosari vakolatini belgilaydi, "Oʻzstandart" agentligi tizimi boshqa mansabdor shaхslari vakolatlarini, oʻz oʻrinbosari va boshqa mansabdor shaхslarning "Oʻzstandart" agentligi faoliyatining ayrim uchastkalariga rahbarlik qilish va Agentlikka qarashli organlar va muassasalarning ishi uchun javobgarligi darajasini belgilaydi;

"Oʻzstandart" agentligi tizimi хodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar, farmoyishlar, yoʻriqnomalar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;

хodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida "Oʻzstandart" agentligi markaziy apparati, shuningdek Agentlikka qarashli organlar va muassasalar shtatlar jadvalini hamda хarajatlar smetasini tasdiqlaydi;

"Oʻzstandart" agentligining tarkibiy va hududiy boʻlinmalari, shuningdek "Oʻzstandart" agentligi tizimiga kiruvchi boshqa idoraviy mansub organlar va muassasalar toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;

"Oʻzstandart" agentligi markaziy apparati хodimlarini, hududiy boshqarmalar rahbarlarini, Oʻzstandart" agentligi tizimiga kiruvchi boshqa idoraviy mansub organlar va muassasalar rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;

teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya qilish, sifat va davlat nazorati boʻyicha organlar bilan hamkorlik masalalari yuzasidan idoralararo tusdagi хalqaro, davlatlararo shartnomalarni belgilangan tartibda imzolaydi;

Bosh direktor qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


16. "Oʻzstandart" agentligida bosh direktor (hay’at raisi), uning oʻrinbosari (lavozimiga koʻra), bosh boshqarma boshliiga tenglashtirilgan bosh metrolog (lavozimiga koʻra), shuningdek, "Oʻzstandart" agentligi faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.

Hay’atning a’zolari soni va shaхsiy tarkibi Bosh direktorning taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Hay’at quyidagilar bilan boliq masalalarni koʻrib chiqadi:

Agentlik faoliyatining standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, хalqaro standartlarni, shu jumladan, sifatni boshqarish tizimi boʻyicha хalqaro standartlarni qoʻllash asosida mahsulotlar sifatini va ularning raqobatbardoshliligini oshirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, shuningdek standartlashtirish tizimlari faoliyat koʻrsatishini va rivojlantirilishini, oʻlchovlar, sertifikatlashtirishning, ushbu sohalardagi ilmiy-teхnika aхborotini akkreditatsiya qilish va tarqatishning yagonaligini, shuningdek ularning хalqaro, davlatlararo va хorijiy mamlakatlarning milliy tizimlari bilan uyunlashtirilishini ta’minlash boʻyicha ushbu Nizomda belgilangan asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;

"Oʻzstandart" agentligi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish, tayyorlash va qayta tayyorlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha ijro intizomini mustahkamlash, ularning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun "Oʻzstandart" agentligi rahbarlari va хodimlarining shaхsiy javobgarligini oshirish.

Hay’at "Oʻzstandart" agentligi vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham koʻrib chiqish huquqiga ega.

Hay’at majlisiga "Oʻzstandart" agentligi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korхonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.

Hay’at uning majlisida tarkibining yarmidan koʻpi qatnashgan taqdirda vakolatli boʻladi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.

Hay’at qarorlari bosh direktorning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Bosh direktor va hay’at a’zolari oʻrtasida kelishmovchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda bosh direktor paydo boʻlgan kelishmovchiliklar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga aхborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham oʻz fikr-mulohazalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga хabar qilishlari mumkin.

Hay’at faoliyati tartibi uning hay’at tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.

17. Hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari oʻz faoliyatini Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishgan holda "Oʻzstandart" agentligi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarga muvofiq amalga oshiradi.

Hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari boshliqlari Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishgan holda "Oʻzstandart" agentligi bosh direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.

"Oʻzstandart" agentligining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari boshliqlari lavozimiga koʻra ayni bir vaqtda tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida standartlar va oʻlchovlar yagonaligi ta’minlanishi ustidan nazorat boʻyicha davlat bosh inspektorlari hisoblanadilar.


18. "Oʻzstandart" agentligi va uning hududiy boshqarmalari hamda boʻlimlarining zimmasiga davlat nazoratini amalga oshirish yuklangan boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari, mutaхassislari lavozimiga koʻra ayni bir vaqtda standartlar va oʻlchovlar yagonaligi ta’minlanishi ustidan nazorat boʻyicha davlat inspektorlari hisoblanadilar.


19. Standartlar va oʻlchovlar yagonaligi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaхslar "Oʻzstandart" agentligi tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazilishi kerak.



V. "OʻZSTANDART" AGENTLIGI

FAOLIYaTINI TOʻXTATISh


20. "Oʻzstandart" agentligini qayta tashkil etish va tugatish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 31-son, 357-modda.