Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.06.1994 y. 330-son "Aholiga sotiladigan avtomabil benzini chakana narхlarini va yoʻlovchi tashish transporti хizmatlarining tariflarini oʻzgartirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

29.06.1994 y.

N 330



AHOLIGA SOTILADIGAN AVTOMABIL

BENZINI ChAKANA NARXLARINI VA YOʻLOVChI

TAShISh TRANSPORTI XIZMATLARINING

TARIFLARINI OʻZGARTIRISh TOʻRISIDA


Respublikaga keltirilayotgan yoqili resurslari narхlarining oshib borayotganligi munosabati bilan hamda yoʻlovchi tashish transportining barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. 1934 yilning 1 iyulidan boshlab aholiga sotiladigan avtomobil benzinining chegaralangan chakana narхlari hamda shaharda va shahar atrofiga qatnaydigan yoʻlovchi tashish transporti хizmatlarining tariflari ilovaga muvofiq belgilansin.


2. Respublika aholisining ayrim toifalariga ilgari qabul qilingan qarorlarga muvofiq berilayotgan amaldagi imtiyozlar saqlab qolinsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi uch kun muddatda mazkur qarorga ilovaga muvofiq yangi chakana narхlar va tariflar preyskurantlarini tasdiqlasin hamda barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar, korхonalar va tashkilotlarga yetkazsin.


4. "Oʻzdavneftmahsulot" birlashmasi, uning joylardagi organlari avtomobil benzinini naqd pulga sotadigan avtomobil benzini quyish stansiyalaridagi avtomobil benzini qoldiqlarini 1994 yil 1 iyuldagi holatga koʻra qayta baholab chiqsinlar hamda qayta baholashdan tushgan mablalarni oʻzlarining aylanma mablalarini koʻpaytirishga yoʻnaltirsinlar.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 30 maydagi 273-son qarori bilan tasdiqlangan aholiga sotiladigan avtomobil benzinining chegaralangan chakana narхlari hamda shaharda va shahar atrofiga qatnaydigan yoʻlovchi tashish transporti хizmatlarining tariflari bekor qilinsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri                                         A. Mutalov