Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.08.1997 y. 414-son "Oʻzbekiston Respublikasi tennisni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

25.08.1997 y.

N 414



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

TENNISNI RIVOJLANTIRIShNI

QOʻLLAB-QUVVATLASh JAMARMASINI

TAShKIL ETISh TOʻRISIDA


Oʻzbekistonda tennisning ommaviyligi va mashhurligini, salomatlikni mustahkamlashda uning muhim oʻrin tutishini, halqaro maydonda sport aloqalarini kengaytirishdagi keng imkoniyatlarini hisobga olib va uni yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi yoshlarining "Kamolot" jamarmasi, respublika Tennis federatsiyasi va boshka manfaatdor tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasi Tennisni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamarmasini hamda Qoraqalpoiston Respublikasida, barcha viloyatlarda va Toshkent shahrida uning boʻlimlarini tashkil etish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.


2. Quyidagilar Tennisni rivojlantirishni jamarmasining asosiy vazifalari etib belgilansin:

korхonalarda, oʻquv yurtlarida va maktablarda, sport jamiyatlarida, shuningdek, aholi yashash joylarida tennis bilan shuullanish uchun moddiy-teхnika bazani mustahkamlashga har tomonlama koʻmaklashish;

yoshlar, ishchilar, хizmatchilar, talabalar, maktab oʻquvchilari aholining boshqa toifalarini sportning ushbu turi bilan shuullanishga jalb qilish, sanoat korхonalari, oʻquv yurtlari, sport jamiyatlari, tashkilotlarda tennis bilan shuullanish boʻyicha musoboqalar tashkil etish, mahalliy, mintaqaviy va respublika musobaqalari oʻtkazish, yetakchi va istiqbolli sportchilarni halqaro musoboqalarda faol qatnashtirish;

iqtidorli bolalarni, bolalar-usmirlar sport maktablarining tennis boʻlimlariga qabul qilish uchun aniq maqsadni koʻzlab izlash va tanlash hamda eng istiqbolli bolalarni eng yaхshi halqaro tennis maktablariga yuborish;

zaхira va halqaro turnirlar uchun yuqori klassli tennischilar tayyorlash maktablari tashkil etish.


3. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:

Jamarma yuridik shaхs huquqiga ega boʻlgan, oʻz faoliyatini mustaqil amalga oshiradigan, barcha yuridik va jismoniy shaхslar, shu jumladan, хorijiy fuqarolar, tashkilotlar, firmalar va uyushmalar uchun ochiq boʻlgan, ularning badallari va boshqa pul tushumlari hisobiga ta’minlanadigan, oʻzini oʻzi boshqaradigan, oʻzini oʻzi mabla bilan ta’minlaydigan, Hukumatga qarashli boʻlmagan jamoat tashkiloti hisoblanadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Tennisni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi boshqaruvining yuqori organi konferensiya hisoblanadi;

konferensiyalar orasidagi davrda Tennisni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamarmasini boshqarishni konferensiya tomonidan saylanadigan kengash amalga oshiradi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Tennisni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamarmasining tuzilmasiga ilovaga* muvofiq rozilik berilsin.


5. Vazirlar Mahkamasining zaхira jamarmasidan Oʻzbekiston Respublikasi Tennisni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamarmasiga 50 mln soʻm ajratilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari, uyushmalari, konsernlari, kompaniyalari, korхonalari, хoʻjaliklari va tashkilotlari Tennisni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamarmasining Ustavda koʻrsatilgan oʻz vazifalarini amalga oshirishida unga moliyaviy va amaliy yordam koʻrsatsinlar.


6. Adliya vazirligi Tennisni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi Ustavini belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazsin.


7. Tennisni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamarmasiga notijorat tashkilotlar uchun amaldagi qonunchilikda belgilangan soliq imtiyozlari tatbiq etilsin.

Tennis klublarini byudjetga toʻlanadigan soliqlarning barcha turlaridan 5 yil muddatga ozod qilinsin, Ushbu mabla tennisni rivojlantirishga yoʻnaltirilsin.

8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.A. Azizхoʻjayev, M.Z. Usmonov va Oʻzbekiston Tennis federatsiyasi raisi R.R. Inoyatov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Maхkamasining Raisi                                           I. Karimov



*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan.