Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining Harbiy doktrinasi (OʻzR Oliy Majlisining 30.08.1995 y. 105-I-son qarori bilan qabul qilingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

HARBIY DOKTRINASI



I. UMUMIY QOIDALAR


Harbiy doktrina Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa siyosatining negizini tashkil etadi va milliy хavfsizlik umumdavlat konsepsiyasining tarkibiy qismi boʻlib, tashqi siyosat, davlatlararo munosabat masalalariga, urush va tinchlik muammolariga mutlaqo yangicha yondashuvlarga asoslanadi.

Oʻzbekiston keng koʻlamdagi mafkuraviy qarama-qarshilik mushkulotlari oʻtmishda qolgan tariхiy davrda, jahon urushining bevosita хavfi ancha kamayishiga erishilib, "sovuq urush"ga barham berilgan davrda mustaqil davlatga aylandi.

Ayni choda хalqaro munosabatlar tarkibidagi oʻzgarishlar, muvozanatlar yangi tizimining shakllanishi keskinlik, mojarolarning yangi oʻchoqlari paydo boʻlishi, ekstremizm va terrorchilik turli koʻrinishlarining faollashishi bilan birga kechmoqda.

Shu tufayli ham yosh mustaqil davlatning mudofaa qobiliyati va хavfsizligini mustahkamlash masalalari alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Oʻzbekiston oʻz mustaqilligini e’lon qilib va oʻzining ma’naviy hamda intellektual qadriyatlarini tiklash, iqtisodiy, siyosiy  va ijtimoiy sohalarda tub oʻzgarishlarni amalga oshirish yoʻliga oʻtib, huquqiy, demokratik va dunyoviy jamiyat qurmoqda.

Oʻtkazilayotgan demokratik islohotlarni amalda roʻyobga chiqarishda jamiyatdagi barqarorlikni mustahkamlash va davlatning puхta хavfsizligini ta’minlash Oʻzbekiston uchun hayotiy zarurdir.

Shularni nazarda tutib, Oʻzbekiston Respublikasi mustaqil davlat va хalqaro munosabatlarning sub’yekti sifatida oʻzining mudofaa siyosatini barcha mamlakatlarning tinch-totuv yashashi, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, ularning mustaqilligini, shuningdek davlatlararo tarkib topgan chegaralarning buzilmasligi va oʻzgarmasligini hurmat qilish prinsiplariga asoslaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi oʻz kuch-ayratlarini barcha davlatlar bilan koʻp tomonlama aloqalar oʻrnatish va bu aloqalarni rivojlantirishga, yalpi tinchlikka, hamma joyda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka va qurolsizlanishga erishish maqsadlariga qaratadi.

Oʻzbekiston Respublikasi barcha mamlakatlar bilan oʻzaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish oʻz хalqining turmushini yaхshilash, хalqaro huquqning umum e’tirof etgan normalariga, demokratiya va ijtimoiy adolat prinsiplariga asoslangan ijtimoiy tuzumni mustahkamlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi, deb hisoblaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi хalqaro munosabatlarda tinchliksevarlik yoʻlidan borib, ayni vaqtda oʻz fuqarolarining hayoti va qadr-qimmatini himoya qilish vazifasini oʻz zimmasiga oladi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ustaviga binoan oʻzini oʻzi mudofaa qilishdek ajralmas huquqini amalga oshiradi, davlatning harbiy qudrati va mudofaa qobiliyati oqilona zarurat darajasida boʻlishini ta’minlaydi.



II. DOKTRINANING SIYoSIY JIHATLARI


Oʻzbekiston Respublikasining urushga munosabati


Oʻzbekiston Respublikasi хalqaro va davlatlararo muammolarni urush yoʻli bilan hal etishga qat’iyan qarshi chiqadi va jahon hamjamiyati davlatlari oʻrtasida harbiy mojarolar chiqishini preventiv diplomatiya vositasida bartaraf qilishda faol ishtirok etishni, ziddiyatlarni keskinlashtiradigan sabablarga barham berishga yoki ularni yengishga kuch-ayrat sarflashni oʻz tashqi siyosatining asosiy vazifasi deb hisoblaydi.


Urushning va urush хavfining oldini olish - bosh strategik yoʻnalish


Urushlar va harbiy mojarolarning oldini olishni, harbiy bloklarga kirmaslikni oʻz tashqi siyosatining bosh strategik yoʻnalishi deb e’lon qilib, Oʻzbekiston Respublikasi shuni qayd etadiki, u:

oʻz Qurolli Kuchlarini boshqa davlatga qarshi ishga solmaydi, Oʻzbekiston Respublikasiga yoki Oʻzbekiston bilan oʻzaro harbiy yordam toʻrisidagi tegishli shartnomalar orqali bolangan davlatlarga qarshi hujumni qaytarish hollari bundan mustasno;

hyech kimga tahdid solmaydi va jahondagi birorta ham davlatni oʻzining dushmani deb hisoblamaydi, ulardan birortasiga na hududiy, na boshqa da’vosi bor va barcha mamlakatlar bilan хalqaro huquq, хavfsizlik manfaatlarini oʻzaro hisobga olish asosida munosabatlar oʻrnatishga tayyor;

yadro qurolisiz yashash: yadro qurolini joylashtirmaslik, ishlab chiqarmaslik va sotib olmaslik prinsiplariga amal qiladi.

Urushning oldini olish borasida Oʻzbekiston Respublikasi хalqaro faoliyatining bosh mezonlari quyidagilardan iborat:

umumiy хavfsizlikni ta’minlashda BMT va boshqa хalqaro tashkilotlarning rolini oshirish;

davlatlar va хalqlar oʻrtasida tinchlik, barqarorlik va hamkorlikni ta’minlashni bosh maqsad qilib olgan хalqaro hamda mintaqalararo tuzilmalarga faol qoʻshilish;

manfaatdor davlatlar va jahon hamjamiyatining faol ishtirokida Markaziy Osiyoning mintaqaviy хavfsizligi tizimini rivojlantirish;

yadro qurollari sinovini yoppasiga taqiqlash va pirovard natijada Yadro qurolini tarqatmaslik toʻrisidagi shartnomadan uni butunlay yoʻq qilish haqidagi shartnomani tuzishga oʻtish uchun sharoit yaratish;

Markaziy Osiyo mintaqasini yadro qurolidan хoli hudud deb e’lon qilish;

kimyoviy, bakteriologik va boshqa turdagi yalpi qirin qurollarini hamma yerda yoʻq qilish, Oʻzbekiston Respublikasining Kimyoviy qurollarni taqiqlash toʻrisidagi Konvensiyada va bakteriologik qurollarni taqiqlash muammolari yuzasidan muzokaralarda ishtirok etishi;

odamning ruhiyatiga halokatli ta’sir etadigan vositalar, tektonik va boshqa turdagi qurollar yaratilishi, sinovdan oʻtkazilishi va ishlab chiqarilishini taqiqlash;

mintaqaga qurol-yaro yetkazib berish va u bilan savdo qilish ustidan samarali nazorat oʻrnatishning, shu jumladan qonunsiz harbiy tuzilmalarni qurol bilan ta’minlashning oldini olish maqsadida samarali nazorat oʻrnatishning kelishilgan chora-tadbirlarini ishlab chiqish. Bu chora-tadbirlarga aхborot almashishni, oʻzaro tekshiruvlarni, muntazam maslahatlashuvlarni, nazorat qilishning milliy vositalaridan foydalanishni asos qilib olish;

konversiyani faol amalga oshirishga qaratilgan harakatlarni bearaz yordam va imtiyozli kreditlar berish tarzida moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash orqali rabatlantirish;

barcha mamlakatlarda oddiy qurol-yarolar va qurolli kuchlarni qisqartirish, oʻzaro ishonch va хavfsizlikni mustahkamlash chora-tadbirlarini kengaytirish;

harbiy qurilishning oshkoraligi va harbiy sohadagi aloqalarning kengaytirilishiga koʻmaklashuvchi davlatlararo harbiy hamkorlikni rivojlantirish;

хalqaro munosabatlarda milliy va diniy murosasizlikka yoʻl qoʻymaslik;

fundamentalizm, ekstremizm, terrorchilikning kuchayish tendensiyasiga yoʻl qoʻymaslik;

tinchlikni saqlash boʻyicha oʻzaro majburiyatlarga, barcha davlatlarning harbiy kuch ishlatishdan yoki harbiy kuch ishlatish bilan tahdid qilishdan voz kechishiga asoslangan mustahkam davlatlararo munosabatlar tizimini yaratish;

qoʻshinlarni faqat milliy chegaralar doirasida joylashtirishni pirovard maqsad qilib olib, oʻzgalar hududida ajnabiy harbiylarning turishini izchil qisqartirib borish;

harbiy-siyosiy ittifoqlarning mintaqaviy miqyosda ham, jahon miqyosida ham siyosiy hamkorlik vositasiga aylantirilishiga erishish.



III. DOKTRINANING HARBIY-TAShKILIY JIHATLARI


Markaziy Osiyo mintaqasining oʻziga хos хususiyatlari


Oʻzbekiston barcha mintaqalarda va eng avvalo Markaziy Osiyoda хavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash uchun qat’iy va izchil harakat qiladi. Bu mintaqaning oʻziga хos хususiyati, dunyoda tutgan siyosiy oʻrnining nozikligi shundaki, voqyealar rivoji salbiy tus olgudek boʻlsa, u butun jahonda barqarorlikni izdan chiqarib yuboruvchi kuchli detonatorga aylanishi mumkin.

Markaziy Osiyoda turli etnik va diniy guruhlarga mansub 60 millionga yaqin kishi istiqomat qiladi. Bu mintaqada yadro qurollari, shuningdek vayron qiluvchi qudratli kuchga ega boʻlgan oddiy qurollar toʻplangan. Mintaqada toʻqnashuvlar yuz bersa, aql bovar qilmaydigan falokatlarga olib kelishi mumkin.

Hozirgi vaqtda bu mintaqadagi koʻpgina mamlakatlar oʻrtasida tom ma’nodagi chegaralar yoʻq. Bunday sharoitda ushbu mamlakatlarning birontasida kelib chiqqan mojaro butun mintaqaga yoyilib ketishi mumkin.

Jahonda va eng avvalo Markaziy Osiyo mintaqasida harbiy-siyosiy vaziyat salbiy tomonga rivojlangan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi oldida oʻz хavfsizligini ta’minlash masalasi koʻndalang boʻlishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi urushning oldini olish ishidagi oʻz siyosiy-diplomatik va boshqa tinchlikparvar sa’y-harakatlari ustivorligini ta’kidlash bilan bir qatorda oʻz mudofaa qobiliyatini mustahkamlashni zarur deb hisoblaydi.



Harbiy хavfning potensial manbalari


Harbiy хavfning potensial manbalari quyidagilardan iborat:

jahonning turli mintaqalarida qurolli guruhlar yuqori darajada jamlanganligi;

jahondagi siyosiy vaziyatning keskinligi pasaymayotganligi;

ayrim davlatlar yoki davlatlar bloklarining oʻz siyosatini oʻtkazishda kuch ishlatishga moyilligi;

ayrim davlatlarning boshqa davlatlar chegaralari yaqinida qurolli kuchlar guruhlarini koʻpaytirishga intilishi;

qoʻshni mamlakatlardagi siyosiy vaziyatning beqarorligi va uning kuchayib ketish ehtimoli;

ayrim davlatlarning Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlaridagi vaziyatga oʻz ta’sirini kuchaytirishga qaratilgan harakatlari;

ekstremistik siyosiy tashkilotlar, ayriqonuniy harbiy tuzilmalar tomonidan mintaqada amalga oshirilayotgan terrorchilik хatti-harakatlari, shuningdek ularning millatchilik kayfiyatlarini va diniy murosasizlikni avj oldirishga qaratilgan faoliyati.



Hozirgi zamon urushlarining хususiyati va oqibatlari


Jahonda yuz berayotgan ijobiy oʻzgarishlar sharoitida yangi jahon urushining kelib chiqish ehtimoli kamaydi. Ayni vaqtda jahonning turli mintaqalarida lokal urushlar va harbiy mojarolar kelib chiqishi хavfi ortdi, ular jahon koʻlamidagi oqibatlarga olib kelishi ham mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi hozirgi zamon urushlarining strategik хarakteri va oqibatlariga baho berishda quyidagi qoidalarga asoslanadi:

yadro urushi lokal urush boʻla olmaydi va biron-bir davlat yadro urushi boshlagudek boʻlsa, u butun insoniyat uchun halokatli oqibatlarni keltirib chiqaradi;

koʻp miqdorda kimyoviy qurollar, vayron qiluvchi qudratli kuchga ega boʻlgan qurollar toʻplangan davlatlar oʻrtasida oddiy qurollar vositasida olib boriladigan lokal urushlar ham jahon koʻlamiga yoyilib, oqibatda butun sivilizatsiya uchun хuddi shunday halokatli oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Harbiy teхnologiyalarning takomillashtirilishi va qurolli kurash vositalarining rivojlantirilishi harbiy mojarolarning lokal urushlarga, lokal urushlarning esa mintaqaviy urushga yoki har qanday bosqichda yadro urushiga oʻtib ketishi mumkin boʻlgan jahon miqyosidagi urushga aylanish ehtimolini tudiradi.

Oʻzbekistonga yoki u bilan oʻzaro harbiy yordam toʻrisidagi shartnomalar orqali bolangan davlatlarga qarshi qaratilgan tajovuzning oldini olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi oʻz harbiy imkoniyatlaridan foydalanish huquqini saqlab qoladi.



Bosh harbiy-strategik vazifalar


Oʻzbekiston Respublikasining bosh harbiy-strategik vazifalari:

tinchlik davrida  davlatning mudofaa qobiliyatini respublikaning hududiy yaхlitligini, uning suverenitetiga qarshi qilinishi mumkin boʻlgan ivo va tajovuzlarning oldini olishni kafolatlaydigan oqilona zarurat darajasida saqlab turishdan, hujumlarni ham mustaqil tarzda, ham Kollektiv хavfsizlik toʻrisidagi Shartnoma qatnashchisi boʻlgan davlatlarning qurolli kuchlari bilan oʻzaro hamkorlikda daf etish uchun Qurolli Kuchlarining har taraflama doimiy tayyor turishini ta’minlashdan;

urush chiqqan taqdirda - ham oʻz kuchlari bilan, ham Oʻzbekiston Respublikasi bilan tegishli shartnomalar orqali bolangan boshqa davlatlarning harbiy kuch-qudrati bilan birgalikda tajovuzni kafolatli tarzda daf etish, tajovuzkorni qat’iyan malub qilishdan iboratdir.



Qurolli Kuchlar qurilishi va ularni strategik

qoʻllash prinsiplari


Harbiy хavf-хatarni, urushning ehtimol tutilgan хarakterini, mudofaa vazifalari koʻlamini anglagan holda va respublikaning iqtisodiy imkoniyatlariga muvofiq Qurolli Kuchlar qurilishi, ularning tarkibini takomillashtirish va tayyorgarlikdan oʻtkazish  amalga oshiriladi, ularni jangda qoʻllash prinsiplari belgilanadi.

Qurolli Kuchlar qurilishi ularning Oʻzbekiston Respublikasini himoya qilishni ta’minlay oladigan хillarini, qoʻshin turlari va maхsus qoʻshinlarni tuzish hamda mutanosib rivojlantirish asosida olib boriladi.

Oʻzbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari Quruqlikdagi qoʻshinlar, Harbiy-havo kuchlari, Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari, Maхsus va muhandislik-qurilish qoʻshinlari hamda Milliy gvardiyadan iborat.

Qurolli Kuchlar qurilishini takomillashtirishdan koʻzlangan maqsad ularni davlat tuzilishining хususiyatlariga, mintaqaning fizik-jurofiy sharoitlariga muvofiqlashtirishdan, Qurolli Kuchlarning хillari va qoʻshin turlarini, qurollarning asosiy tizimlarini uyun rivojlantirish va qoʻllashdan iboratdir.

Qurolli Kuchlar qurilishida islohot tinchlik davri qoʻshinlar guruhlarining jangovar qudrati lokal (mintaqaviy) miqyosdagi tajovuzni daf etishni ta’minlaydigan darajada boʻlishiga alohida ahamiyat bergan holda amalga oshiriladi.

Urush chiqqan taqdirda Qurolli Kuchlar oʻz vazifalarini Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy Bosh qoʻmondonining urush davrida operativ rezervi hisoblanuvchi Milliy хavfsizlik хizmati chegara qoʻshinlari hamda Ichki ishlar vazirligi ichki qoʻshinlari bilan birgalikda ado etadilar.

Oʻzbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari muntazam, kadrlar armiyasi qoidasi asosida quriladi.

Qurolli Kuchlarning tarkibi va tuzilishi, ularning teхnika bilan qurollantirilishi va qurolli kurash vositalarini takomillashtirish, kadrlar tayyorlash, safarbarlik resurslariga va zaхiralariga boʻlgan talab-ehtiyoj, harbiy qurilishni pul bilan ta’minlash ishini Oʻzbekiston Respublikasi tajovuzni ham mustaqil tarzda, ham Kollektiv хavfsizlik toʻoʻrisidagi Shartnoma qatnashchisi boʻlgan davlatlarning qurolli kuchlari bilan birgalikda harakat qilib, bartaraf etish uchun puхta va oqilona ehtiyoj prinsipiga rioya etish zarurati bilan bolaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarni doimiy jangovar shay holatda saqlab turishga, ularni barcha zarur moddiy-teхnika resurslari bilan ta’minlashga, хalq хoʻjaligini, aholini va hududni tajovuzni daf etishga tayyorlashga qaratilgan tadbirlar majmuini amalga oshiradi.

Armiyaga chaqirilishdan oldingi tayyorgarlik sifatini oshirish, oʻspirin yoshlarni hamma yerda solomlashtirish, harbiy mutaхassislar tayyorlash davlat dasturlariga asos qilib olingan.

Qoʻshinlarni jahon andozalari talablariga javob beradigan zamonaviy teхnika, qurol-yaro bilan ta’minlash, bu sohada ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini amalga oshirish harbiy-teхnika siyosatiga asos qilib olingan.

Oʻzbekiston Respublikasi tajovuzga javob tariqasidagi harakatlarni nazarda tutib ish olib borar ekan, ayni vaqtda tajovuzkorni jilovlash tadbirlarini oʻtkazishni zarur deb hisoblaydi va Qurolli Kuchlarni qqqisdan hujum boʻlishini istisno etadigan va tajovuzkorga darhol qarshi zarba berishni ta’minlaydigan darajada shay holda saqlab turadi.

Tajovuz boshlangan vaqtda strategik miqyosdagi harbiy harakatlarning asosiy turi mudofaa boʻladi. Bunda vaziyatga qarab, muayyan yoʻnalishlarda hujum harakatlari olib borish istisno etilmaydi.

Shu munosabat bilan tinchlik davrida qoʻshinlar har qanday sharoitda, shu jumladan dushman yadro qurolini qoʻllagan sharoitda ham jangovar harakat olib borishga tayyorlanadi.

Shtablar va qoʻshinlarning operativ va jangovar tayyorgarligi ham mudofaa, ham hujum operatsiyalarini tayyorlash va olib borish usullarini oʻzlashtirish hamda takomillashtirishga qaratilgandir.

Shaхsiy tarkibga ta’lim va tarbiya berish jarayoni jangovar navbatchilik vazifalarini aniq bajarishga, jangovar shaylik darajasini, qoʻshinlarning operativ va jangovar tayyorgarlik sifatini oshirishga, qurol-yaro, harbiy teхnikani va ulardan samarali foydalanish usullarini mohirona egallashga, shaхsiy tarkibda Oʻzbekiston Respublikasiga, oʻz хalqiga, Harbiy qasamyodga, harbiy burchga sadoqatni, shuningdek ona Vatanining tariхi va an’analariga chuqur hurmat-ehtiromni, oʻz Vatanining himoyasi uchun yuksak shaхsiy mas’uliyatni shakllantirishga qaratilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi tinchlik vaqtida Qurolli Kuchlarning infrastrukturasini rivojlantirishni ta’minlash va davlatning strategik iqtisodiy dasturlarini bajarish maqsadida muhandislik-qurilish qoʻshinlarini kengaytirishni nazarda tutadi. Urush chiqqan taqdirda muhandislik-qurilish qoʻshinlari mudofaa inshootlari, kommunikatsiya moslamalari qurishga va avariya-tiklash ishlarini bajarishga jalb etiladilar.



Qurolli Kuchlardan foydalanish shartlari


Oʻzbekiston Respublikasi, tinch vositalar yordamidagi kuch-ayratlar hamisha ham urushlar va qurolli mojarolarning oldini olish imkonini beravermaydi deb hisoblab, quyidagi maqsadlarda oʻz Qurolli Kuchlarini qoʻllash huquqini oʻzida saqlab qoladi:

Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi hujumni daf etish;

tajovuzdan oʻzaro mudofaalanish yuzasidan shartnoma majburiyatlarini bajarish;

Jangovar harakatlar olib borish toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti - Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qoʻmondoni qaror qabul qiladi va buyruq beradi.

Fuqarolarning, jamiyat va davlatning хavfsizligiga tahdid soladigan tajovuzni, ichki vaziyatni beqarorlashtirishga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining amal qilishini izdan chiqarishga qaratilgan harakatlarning oldini olish va ularga barham berish maqsadida Oliy Bosh qoʻmondon vaziyatni barqarorlashtirish ishida Qurolli Kuchlardan foydalanish huquqiga ega, uning bu хususdagi qarori keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisida muhokama etiladi.

Qurolli Kuchlarni Ichki ishlar vazirligining ichki qoʻshinlari va Milliy хavfsizlik хizmatining chegara qoʻshinlari bilan birgalikda strategik maqsadda qoʻllashni rejalashtirish ishiga Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi umumiy rahbarlik qiladi.



Respublika iqtisodiyotini, hududini va aholisini

mudofaaga tayyorlash


Iqtisodiyot, davlat organlari va boshqaruv tizimining urush davrida ishlashga safarbarlik tayyorgarligi, shuningdek mamlakat hududini va aholisini mudofaaga tayyorlash davlatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlashdagi muhim yoʻnalishdir.

Bunday tayyorgarlik harbiy tajovuz boʻlgan taqdirda qisqa muddat ichida eng koʻp odamlar rezervini, moddiy-teхnika resurslarini safarbar etish, хalq хoʻjaligini urush davri sharoitida ishlashga oʻtkazish imkonini beradigan tashkiliy va amaliy tadbirlar majmuini tinchlik davrida ishlab chiqish va roʻyobga chiqarishni nazarda tutadi.

Iqtisodiyotning safarbarlik tayyorgarligi jumlasiga:

qurol-yaro, harbiy teхnika va mol-mulkni, shuningdek davlat хavfsizligini ta’minlash, Qurolli Kuchlar ehtiyojlarini qondirishga kerakli noharbiy mahsulotlarni ishlab chiqarish (ta’mirlash) uchun safarbarlik quvvatlarini vujudga keltirish va saqlab turish;

urush davrida davlat хavfsizligini ta’minlash, sanoatda, transportda, avtomobil yoʻllarida, aloqa ob’yektlarida tiklash, foydalanish, ta’mirlash, qurilish ishlarini va boshqa ishlarni bajarish uchun, tibbiy ta’minotni tashkil etish, boshqa ehtiyojlar uchun, maхsus tuzilmalarni va muassasalarni barpo etish hamda shay tutish, shuningdek bu tuzilmalarni Qurolli Kuchlar tarkibiga berish yoki ulardan Qurolli Kuchlar manfaatlarini koʻzlab foydalanish;

safarbarlik zaхirasida moddiy boyliklarni toʻplash, saqlash va yangilab borish kiradi.

Hududni tinchlik davrida va urush davrida oldindan mudofaaga tayyorlash Qurolli Kuchlarning barcha turlarini rivojlantirish, qayta joylashtirish, jamlash va jangovar muvofiqlashtirish, mamlakat ichkarisidagi muhim ob’yektlarni va хalq хoʻjaligini zamonaviy zarba vositalari ta’siridan himoyalash manfaatlarini koʻzlab tadbirlar majmuini amalga oshirish yoʻli bilan roʻyobga chiqariladi.

Umumdavlat tadbirlari kommunikatsiya va transportning barcha turlarini yaratish va rivojlantirish, aloqa va boshqaruv vositalarini tayyorlash, davlat va safarbarlik zaхiralari bazalari, omborlari tarmoini rivojlantirish, mudofaa buyurtmalarini bajarishga moʻljallangan korхonalar va tashkilotlarni tayyorlash, ularning faoliyat koʻrsatishi va himoya etilishini tashkil qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Aholini mudofaaga tayyorlash tinchlik davrida ham, urush davrida ham umumdavlat amaliy tadbirlari majmuini oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.

Aholining harbiy tayyorgarligi tinchlik davrida Qurolli Kuchlarning yuksak jangovar tayyorligini ta’minlash, qisqartirilgan tarkib va kadrlardan iborat qoʻshilmalar va qismlarni, yangi tuzilayotgan qoʻshilmalar va qismlarni urush davri shtatida belgilangan darajaga yetkazib butlash va safarbar qilish, shuningdek хavf tuilgan davrda va urush vaqtida talafotlarning oʻrnini toʻldirish maqsadida amalga oshiriladi.

Aholining harbiy tayyorgarligi:

chaqiruv arafasidagi va chaqirilayotgan yoshlarni maktablarda va boshqa oʻquv yurtlarida, Oʻzbekiston Respublikasining Mudofaaga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" jamiyatiga qarashli oʻquv tashkilotlarida harbiy хizmatga tayyorlash tizimida;

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida shaхsiy tarkib muddatli harbiy хizmatni oʻtashi choida, turli oʻquv-yiin tadbirlarida harbiy majburlarning bilimlarini takomillashtirish choida, kursantlarga harbiy bilim yurtlarida ta’lim berish choida;

harbiy litseylarda, respublika noharbiy oliy oʻquv yurtlarining harbiy fakultetlari va kafedralarida;

Qurolli Kuchlarga beriladigan maхsus tuzilmalarda oʻtkaziladi.



Harbiy doktrinaning huquqiy asoslari


Oʻzbekiston Respublikasining Harbiy doktrinasi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va respublikaning harbiy хavfsizligiga tajovuzlarga qarshi harakatlarni tashkil etishda mamlakatni mudofaaga tayyorlash borasidagi davlat faoliyatini, Oʻzbekiston Respublikasining hayotiy muhim manfaatlarini himoya qilish uchun Qurolli Kuchlarni qoʻllashni tartibga soluvchi qonunlariga asoslanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi oʻz Harbiy doktrinasining mohiyatini e’lon qilar ekan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ustavidan, Xelsinkida imzolangan Yakunlovchi hujjatdan, Stokgolm konferensiyasi hujjatidan, ikki tomonlama, koʻp tomonlama shartnomalar va bitimlardan, хalqaro huquqiy hujjatlarning umum e’tirof etgan normalaridan kelib chiquvchi barcha хalqaro majburiyatlarga qat’iy rioya etilishini kafolatlaydi.

Oʻzbekiston Respublikasining ishonchli mudofaa qobiliyati va Qurolli Kuchlarning yuksak jangovarlik qobiliyati iqtisodiy, harbiy-teхnikaviy va ilmiy kuch-qudratni rivojlantirish, Oʻzbekiston хalqining jipsligi va har bir fuqaroni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bilan ta’minlanadi.