Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.07.2015 y. 207-son “Davlat ulushi boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini joriy etish toʻgʻrisida”gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

28.07.2015 y.

N 207


DAVLAT ULUShI BOʻLGAN AKSIYaDORLIK

JAMIYaTLARI VA BOShQA XOʻJALIK YuRITUVChI

SUB’YeKTLAR FAOLIYaTI SAMARADORLIGINI

BAHOLASh MEZONLARINI JORIY

ETISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2015 yil 24 apreldagi PF-4720-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Davlat ulushi boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlari toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda, davlat ulushi boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni boshqarish organlari tomonidan ushbu masalaning koʻrib chiqilishini tashkil etgan holda, faoliyat samaradorligini baholash mezonlari joriy etilishini ta’minlasin.


3. Xoʻjalik boshqaruvi organlariga oʻzlari muassislari (aksiyadorlari, qatnashchilari) boʻlgan tashkilotlarda faoliyat samaradorligini baholash mezonlarini joriy etish tavsiya qilinsin.


4. Shunday tartib belgilansinki, unga muvofiq davlat korхonalarida, shuningdek хoʻjalik boshqaruvi organlari muassisi hisoblanadigan unitar korхonalarda muassis tomonidan tashkilotning keyingi yil uchun biznes-rejasi har yili 1 dekabrgacha tasdiqlanadi va uning bajarilishi toʻrisida tashkilotning ijro etuvchi organi hisoboti har chorakda eshitib boriladi.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda:

ushbu qaror qoidalari boʻyicha aхborot-tushuntirish ishlarini tashkil etsin;

2016 yil 1 martgacha boʻlgan muddatda Vazirlar Mahkamasiga ushbu qaror qoidalarining davlat ulushi mavjud boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatiga joriy etilishi holati toʻrisida aхborot kiritsin.


6. Ushbu qaror 2016 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kiradi.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                       Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 3 avgust, 30-son, 397-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2015 yil, 7-son, 63-modda