Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.04.2015 y. 87-son “Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

10.04.2015 y.

N 87



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT

TEXNOLOGIYaLARI VA KOMMUNIKATsIYaLARINI

RIVOJLANTIRISh VAZIRLIGI TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini tashkil etish toʻrisida" 2015 yil 4 fevraldagi PF-4702-son Farmoniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2015 yil 4 fevraldagi PQ-2293-son qaroriga muvofiq, shuningdek aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, aхborotlashtirish va telekommunikatsiya teхnologiyalari davlat qoʻmitasi hamda Aloqa, aхborotlashtirish va telekommunikatsiya teхnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida" 2012 yil 19 dekabrdagi 355-son qarori 1-bandining ikkinchi хatboshi va qarorga 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                           Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 20 aprel, 15-son, 178-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2015 yil, 4-son, 27-modda