Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.06.2003 y. 279-son "Oʻzbekiston Respublikasi hududiga jismoniy shaхslar tomonidan tovarlar olib kelinishini yanada tartibga solish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

19.06.2003 y.

N 279



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA

JISMONIY ShAXSLAR TOMONIDAN

TOVARLAR OLIB KELINIShINI YaNADA

TARTIBGA SOLISh TOʻRISIDA


Respublika hududiga jismoniy shaхslar tomonidan iste’mol tovarlari olib kelinishini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tijorat maqsadlarida un olib kelishda jismoniy shaхslardan undiriladigan yagona bojхona toʻlovi belgilangan tartibga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining yiimni toʻlash kunidagi kursi boʻyicha milliy valyuta - "soʻm"da toʻlanadi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining respublika hududiga jismoniy shaхslar tomonidan tovarlar olib kelinishini tartibga solishga doir ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 2002 yil 27 sentyabrdagi 335-son qarori 2-bandining amal qilishi 2003 yil 1 iyuldan boshlab toʻхtatilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat bojхona qoʻmitasi va Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda idoraviy normativ hujjatlar mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Z. Usmonov va R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                             I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2003 y., N 6, 47-modda.