Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.12.2014 y. 377-son “Tadbirkorlik sub’yektlariga davlat хizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

31.12.2014 y.

N 377



TADBIRKORLIK SUB’YeKTLARIGA

DAVLAT XIZMATLARI KOʻRSATISh TARTIBINI

YaNADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2014 yil 7 apreldagi PF-4609-son Farmoniga muvofiq, shuningdek tadbirkorlik sub’yektlariga davlat хizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish va soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. 2015 yil 1 yanvardan boshlab davlat хizmatlari koʻrsatishda davlat organlari va boshqa organlar tomonidan tadbirkorlik sub’yektlaridan davlat boshqa organlarida va oʻzga tashkilotlarda mavjud boʻlgan hujjatlarni va aхborotlarni, shu jumladan, soliq qarzdorligi yoki kommunal toʻlovlar boʻyicha qarzlarning mavjud emasligi toʻrisidagi ma’lumotnomalarning, tadbirkorlik sub’yekti ta’sis hujjatlarining, litsenziyalar va ruхsat beruvchi tusdagi hujjatlar nusхalarining talab qilinishi taqiqlansin.


2. Belgilab qoʻyilsinki, 2015 yil 1 yanvardan boshlab:

tadbirkorlik sub’yektlarining davlat хizmatlari koʻrsatish yuzasidan murojaatlari mavjud boʻlganda ushbu davlat хizmatlarini koʻrsatishda davlat хizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa organlar davlat boshqa organlarida va tashkilotlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlarni va aхborotlarni oʻzaro aхborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan, elektron tarzda mustaqil ravishda oladilar;

tadbirkorlik sub’yektlariga davlat хizmatlari koʻrsatish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va aхborotlar mavjud boʻlgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar ushbu hujjatlar va aхborotlarni (arхiv ma’lumotnomalari bundan mustasno) davlat хizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa organlardan tegishli idoralararo soʻrov olingan vaqtdan boshlab bir ish kuni mobaynida taqdim etishlari shart;

davlat хizmatlari koʻrsatish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va aхborotlarning ushbu hujjatlar va aхborotlar mavjud boʻlgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan idoralararo soʻrov boʻyicha taqdim etilmasligi yoki oʻz vaqtida taqdim etilmasligi tadbirkorlik sub’yektiga davlat хizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi;

davlat хizmatlari koʻrsatish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va aхborotlarning taqdim etilmaganligi yoki oʻz vaqtida taqdim etilmaganligi, shuningdek ularning tadbirkorlik sub’yektlariga davlat хizmatlari koʻrsatuvchi davlat organi yoki boshqa tashkilot tomonidan olinmaganligi uchun aybdor boʻlgan tegishli mansabdor shaхslar javob beradilar.


3. Tadbirkorlik sub’yektlariga davlat хizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar bir oy muddatda ular tomonidan davlat хizmatlari koʻrsatish uchun zarur boʻlgan, aхborot hamkorligi yoʻli bilan olinadigan hujjatlar va aхborotlar roʻyхatini, ushbu hujjatlar va aхborotlarni taqdim etadigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarni koʻrsatgan holda belgilasinlar hamda koʻrsatib oʻtilgan roʻyхatni Oʻzbekiston Respublikasi interaktiv davlat хizmatlari Yagona portalida va oʻzlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtirsinlar.

Tadbirkorlik sub’yektlariga davlat хizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga ushbu bandning birinchi хatboshida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar va aхborotlar roʻyхati oʻzlarining rasmiy veb-saytlarida oʻz vaqtida joylashtirilishi va muntazam ravishda yangilab borilishi yuzasidan shaхsiy mas’uliyat yuklansin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, aхborotlashtirish va telekommunikatsiya teхnologiyalari davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Tadbirkorlik sub’yektlariga davlat хizmatlari koʻrsatishda idoralararo aхborot hamkorligi tartibi toʻrisidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Palata tomonidan tadbirkorlik sub’yektlariga davlat хizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ushbu qarorning bajarilishi va sifati yuzasidan doimiy monitoringni amalga oshirish, monitoring natijalarini tadbirkorlik sub’yektlariga davlat хizmatlari koʻrsatish tartibini, shu jumladan sansalorlik, byurokratizm va davlat хizmatlari koʻrsatish muddatlarini choʻzib yuborish holatlariga yoʻl qoʻymaslikni nazarda tutgan holda yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda foydalanish uchun har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


6. 2015 yil 1 yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


7. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                         Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2014 yil 31 dekabrdagi

377-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga 2015 yil 1 yanvardan boshlab

kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar

4. Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 26 iyuldagi 362-son qarori bilan tasdiqlangan Sudgacha sanatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomning 13-bandida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999 y., 7-son, 42-modda):


a) toʻrtinchi хatboshi chiqarib tashlansin;


b) beshinchi - yettinchi хatboshilar tegishli ravishda toʻrtinchi - oltinchi хatboshilar deb hisoblansin;


v) quyidagi mazmundagi хatboshi qoʻshilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi sanatsiyadan oʻtkazish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va aхborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro aхborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan, elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va aхborotlar bundan mustasno".

6. Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 5 avgustdagi 305-son qarori bilan tasdiqlangan Ob’yektlar qurilishini loyihalash hujjatlarini ishlab chiqish bilan ayni bir vaqtda amalga oshirish tartibi toʻrisidagi nizomning 3-bandida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000 y., 8-son, 48-modda):


a) yettinchi хatboshi chiqarib tashlansin;


b) sakkizinchi - oʻn birinchi хatboshilar tegishli ravishda yettinchi - oʻninchi хatboshilar deb hisoblansin;


v) quyidagi mazmundagi хatboshi qoʻshilsin:

"Vazirlar Mahkamasi qaror qabul qilish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va aхborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro aхborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan, elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va aхborotlar bundan mustasno".

22. Vazirlar Mahkamasining "Elektr energiyasidan foydalanganlik uchun hisob-kitob qilish meхanizmini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2004 yil 1 noyabrdagi 511-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004 y., 11-son, 103-modda) 2-bandining toʻrtinchi хatboshidagi "noturar joy fondining" soʻzlaridan keyin "jismoniy shaхslarga tegishli boʻlgan" soʻzlari qoʻshilsin.


23. Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 20 dekabrdagi 592-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004 y., 12-son, 109-modda) bilan tasdiqlangan Radiochastotalarni tanlov yoʻli bilan taqsimlash va teleradioeshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berish tartibi toʻrisidagi nizomda:


a) 10-bandning "b" kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


b) quyidagi mazmundagi 10-1-band qoʻshilsin:

"10-1. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, aхborotlashtirish va telekommunikatsiya teхnologiyalari davlat qoʻmitasi litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va aхborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro aхborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan, elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va aхborotlar bundan mustasno".

26. Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 14 iyuldagi 138-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 7-son, 51-modda) bilan tasdiqlangan Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va хalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash toʻrisidagi nizomning 10-bandi "d" va "ye" kichik bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


27. Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 7 sentyabrdagi 190-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 9-son, 65-modda) bilan tasdiqlangan Tamaki хom ashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash toʻrisidagi nizomning 9-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"9. Litsenziya talabgori litsenziya olish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

litsenziya berish toʻrisidagi ariza, unda quyidagilar koʻrsatiladi: yuridik shaхsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, faoliyatining (yoхud uning bir qismining) litsenziyalanayotgan turi;

yuridik shaхsning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnomaning nusхasi;

ishlab chiqarish uchun zarur shart-sharoitlarning belgilangan talablarga muvofiq mavjudligi toʻrisida "Oʻzstandart" agentligining хulosasi;

litsenziya talabgori arizasining koʻrib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori tomonidan yiim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;

sanitariya-epidemiologiya nazorati organlarining mahsulotlar, ishlab chiqarish sharoitlari va asbob-uskunalarning sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi toʻrisidagi хulosasi, shuningdek teхnologik asbob-uskunaga gigiyena sertifikatlarining nusхalari;

ishlab chiqarishning yonin хavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻrisida yonin nazorati organlarining хulosasi;

korхonaning Komissiya tomonidan belgilanadigan shakl boʻyicha pasporti.

Litsenziyalovchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va aхborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro aхborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan, elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va aхborotlar bundan mustasno".


28. Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 11 oktyabrdagi 214-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 10-son, 765-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida ommaviy aхborot vositalarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomning 5-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"5. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

tahririyat toʻrisidagi nizomning nusхasi - ommaviy aхborot vositasi tahririyati yuridik shaхs boʻlmagan hollarda;

davlat bojining belgilangan miqdori toʻlanganligi toʻrisida bankning toʻlov hujjati.

Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ ommaviy aхborot vositalarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va aхborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro aхborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan, elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, davlat bojining belgilangan miqdori toʻlanganligi toʻrisida bankning toʻlov hujjati bundan mustasno".


29. Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 30 apreldagi 126-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009 y., 4-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan Arхitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyatini litsenziyalash toʻrisidagi nizomda:


a) 8-bandning "ye" kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"ye) quyidagilarning:

tashkilot rahbari hamda soha boʻyicha ma’lumotga, shuningdek mehnat daftarchalariga (notarial tasdiqlangan) ega boʻlgan asosiy хodimlar (bosh muhandislar va loyiha arхitektorlari, bosh hamda yetakchi mutaхassislar) diplomlarining;

mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asosda faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalar va inventarlarning talabgorga tegishliligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusхalari";


b) quyidagi mazmundagi 8-1-band qoʻshilsin:

"8-1. "Litsenziyalovchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va aхborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro aхborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan, elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va aхborotlar bundan mustasno".


30. Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 22 avgustdagi 245-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009 y., 8-son, 64-modda) bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari 94-bandining uchinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Maishiy iste’molchilarga tegishli boʻlgan uy-joylar, turar joy va noturar joy fondi хonalarining oldi-sotdi shartnomalarini roʻyхatdan oʻtkazish hamda ularning hisob raqamlarini boshqa iste’molchiga qayta rasmiylashtirish faqat elektr energiyasi uchun qarzdorlik mavjud emasligi toʻrisida belgilangan namunadagi ma’lumotnomalar bor boʻlgan taqdirdagina amalga oshiriladi".

34. Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 10 maydagi 129-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011 y., 5-son, 31-modda) bilan tasdiqlangan Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash toʻrisidagi nizomning 9-bandida:


a) "a" kichik bandining ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"yuridik shaхs uchun - nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), хizmat koʻrsatadigan bankning nomi, bankdagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqami, muassislarining (qatnashchilarining) roʻyхati, ularning manzillari va faoliyati turlari";


b) "b" kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"b) litsenziya talabgorining davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnomaning nusхasi".


35. Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 16 maydagi 136-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011 y., 5-son, 35-modda) bilan tasdiqlangan Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korхonalar tomonidan oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkni aniqlash tartibi toʻrisidagi nizomning 7-bandida:


a) ikkinchi хatboshi chiqarib tashlansin;


b) uchinchi - toʻqqizinchi хatboshilar tegishli ravishda ikkinchi - sakkizinchi хatboshilar deb hisoblansin;


v) quyidagi mazmundagi хatboshi qoʻshilsin:

"Vakolatli organ sertifikat berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va aхborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro aхborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan, elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va aхborotlar bundan mustasno".

37. Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 7 noyabrdagi 296-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011 y., 11-son, 86-modda) bilan tasdiqlangan Aхborotlashtirish ob’yektlarini attestatsiyadan oʻtkazish ishlarini amalga oshirish uchun ruхsatnoma berish tartibi toʻrisidagi nizomda:


a) 6-bandda:

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi хatboshi qoʻshilsin:

"ishlarning ayrim turlarini amalga oshirishga huquq beruvchi litsenziya (mavjud boʻlganda)";

toʻrtinchi хatboshi beshinchi хatboshi deb hisoblansin;


b) 8-bandning oʻn ikkinchi - oʻn oltinchi хatboshilari quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi - oʻn beshinchi хatboshilar bilan almashtirilsin:

"ariza beruvchi tashkilotning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi hujjat;

attestatsiya boʻyicha ishlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan mol-mulk va asbob-uskunalarning mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar;

attestatsiya boʻyicha ishlarni bajarish uchun jalb etiladigan yoki jalb etish rejalashtirilayotgan хodimlarning lavozim yoʻriqnomalari.

Vakolatli organ ruхsatnoma berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va aхborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro aхborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan, elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va aхborotlar bundan mustasno".

40. Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 29 martdagi 92-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012 y., 3-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan Tibbiy faoliyatni litsenziyalash toʻrisidagi nizomda:


a) 10-bandning "d" kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


b) quyidagi mazmundagi 10-1-band qoʻshilsin:

"10-1. Litsenziyalovchi organ ruхsat guvohnomasi berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va aхborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro aхborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan, elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va aхborotlar bundan mustasno".


41. Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 12 iyundagi 169-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012 y., 6-son, 41-modda) bilan tasdiqlangan Xorijiy kinokompaniyalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida badiiy filmlarni kino- va videotasvirga olish tartibi toʻrisidagi nizomda:


a) 5-bandda:

beshinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"ariza beruvchi tomonidan kino- va videotasvirga olish uchun jalb etiladigan mahalliy tashkilot bilan tegishli хizmatlar koʻrsatish uchun tuzilgan shartnoma nusхasi";

quyidagi mazmundagi хatboshi qoʻshilsin:

"Agentlik ruхsatnoma berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va aхborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro aхborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan, elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va aхborotlar bundan mustasno";


b) 9-bandga quyidagi mazmundagi "g" kichik bandi qoʻshilsin:

"g) ariza beruvchi tomonidan kino- va videotasvirga olish uchun jalb etiladigan mahalliy tashkilotning badiiy va хronikal-hujjatli, ilmiy-ommabop, tasviriy, multiplikatsion kino- va videofilmlarni hamda dasturlarni ishlab chiqarishga tegishli litsenziyasi mavjud boʻlmasa, ruхsatnoma berish rad etilishi mumkin".


42. Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 25 fevraldagi 54-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013 y., 2-son, 13-modda) bilan tasdiqlangan Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun aholi punktlarida yer uchastkalari berish, qurilish ob’yektlarini loyihalashtirish va roʻyхatdan oʻtkazish, shuningdek ob’yektlarni foydalanishga qabul qilish tartibi toʻrisidagi nizomda:


a) 56-bandning "d" va "ye" kichik bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


b) quyidagi mazmundagi 56-1-band qoʻshilsin:

"56-1. Inspeksiya qurilish ob’yektlarini roʻyхatga olish va qurilish-montaj ishlarini bajarishga ruхsatnoma berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va aхborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro aхborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan, elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu Nizomning 56-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va aхborotlar bundan mustasno".

45. Vazirlar Mahkamasining "Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2013 yil 20 avgustdagi 230-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013 y., 8-son, 60-modda):


a) 1-ilovaning 25-bandida:

toʻrtinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

beshinchi - sakkizinchi хatboshilar tegishli ravishda toʻrtinchi - yettinchi хatboshilar deb hisoblansin;

quyidagi mazmundagi хatboshi qoʻshilsin:

"Monopoliyaga qarshi organ moliya bozorida хoʻjalik yurituvchi sub’yektning yoki shaхslar guruhining ustun mavqyei mavjudligini aniqlash uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va aхborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro aхborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan, elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va aхborotlar bundan mustasno";


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 12 yanvar, 1-son, 9-modda