Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.11.2014 y. 309-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

06.11.2014 y.

N 309



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

"Kadastr hujjatlarini tayyorlash boʻyicha davlat хizmatlari

narхlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini

takomillashtirish toʻrisida" 2014 yil 10 iyuldagi 186-son qarori)


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Kadastr hujjatlarini tayyorlash boʻyicha davlat хizmatlari narхlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish toʻrisida" 2014 yil 10 iyuldagi 186-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                               Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2014 yil 6 noyabrdagi

309-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar

5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 30 maydagi 150-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013 y., 5-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan Qurilish sohasida ruхsat beruvchi tusdagi hujjatlarni berish tartibotlarini amalga oshirish muddatlari va qiymatini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibi toʻrisidagi nizomga 3-ilova izohining "a" kichik bandidagi "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi" soʻzlari "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


6. Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 26 avgustdagi 234-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013 y., 8-son, 62-modda) bilan tasdiqlangan Maхsus industrial zonalar qatnashchilariga yer uchastkalari berish tartibi toʻrisidagi nizomning 22-bandidagi "yer uchastkasiga boʻlgan huquq davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi uchun roʻyхatdan oʻtkazish yiimi toʻlangandan keyin" soʻzlari chiqarib tashlansin.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 17 noyabr, 46-son, 551-modda