Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.07.2014 y. 183-son "Tadbirkorlik sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish va tarqatish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
08.07.2014 y.
N 183
TADBIRKORLIK SOHASIDA
NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI
QABUL QILISh VA TARQATISh TARTIBI
TAKOMILLAShTIRILIShI MUNOSABATI
BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA
OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR
KIRITISh TOʻGʻRISIDA
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
"Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi
va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga
doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2014 yil
7 apreldagi PF-4609-son Farmoni)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2014 yil 7 apreldagi PF-4609-son Farmoniga muvofiq, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev
2014 yil 8 iyuldagi
183-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining
ayrim qarorlariga kiritilayotgan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 1997 yil 9 oktyabrdagi 469-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997 y., 10-son, 33-modda):
a) 1-bandga quyidagi mazmundagi toʻrtinchi хatboshi qoʻshilsin:
"tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan ularning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinmagan tadbirkorlik sub’yektlari bilan oʻzaro munosabatlar masalalarini tartibga soluvchi normativ hujjatlar buzilganligi uchun javobgarlik choralarini qoʻllash taqiqlanadi";
toʻrtinchi - oltinchi хatboshilar beshinchi - yettinchi хatboshilar deb hisoblansin;
b) ilovaning 15-bandiga quyidagi mazmundagi хatboshi qoʻshilsin:
"Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartib-taomilini murakkablashtirishni va tadbirkorlik sub’yektlariga yangi majburiyatlarni yuklashni nazarda tutuvchi, shuningdek tadbirkorlik sub’yektlari javobgarligining yangi choralarini belgilovchi normativ hujjatda uning (yoki uning bir qismining) kuchga kirishi muddati koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Bunda normativ hujjatning kuchga kirishi muddati u rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab uch oydan kam boʻlmasligi kerak".
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",
2014 yil 14 iyul, 28-son, 341-modda
"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",
2014 yil, 7-son, 68-modda