Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.05.2014 y. 116-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

06.05.2014 y.

N 116




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

"Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari

vazirligi markaziy apparatining tuzilmasini tasdiqlash

toʻrisida" 2014 yil 14 martdagi PQ-2146-son qarori)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi markaziy apparatining tuzilmasini tasdiqlash toʻrisida" 2014 yil 14 martdagi PQ-2146-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                      Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2014 yil 6 maydagi

116-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining "Estrada qoʻshiqchilik san’atini yanada rivojlantirish toʻrisida" 2001 yil 26 iyundagi 272-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001 y., 6-son, 32-modda):


a) 3-bandda:

beshinchi хatboshidagi "Kengashga" soʻzi "Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligiga" jumlasi bilan almashtirilsin;

oltinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Oʻzbeknavo" estrada birlashmasi bosh direktori Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirining oʻrinbosari hisoblanadi va belgilangan tartibda tayinlanadi";


b) 4-ilovada:

ilovaning nomlanishi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:


"Oʻzbeknavo" estrada birlashmasining

NIZOMI";


1.1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"1.1. "Oʻzbeknavo" estrada birlashmasi estrada san’atini rivojlantirishga qaratilgan tashkiliy-ijodiy ishlarni amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimidagi tashkilot hisoblanadi";


1.2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"1.2. "Oʻzbeknavo" estrada birlashmasi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashining qaror va tavsiyalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirining buyruqlari, yoʻriqnomalari, koʻrsatmalariga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat koʻrsatadi, oʻz faoliyati toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligiga hisobot beradi";


3.1-bandda:

ikkinchi хatboshiga "Kengashi" soʻzidan keyin "tavsiyasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan" soʻzlari qoʻshilsin;

sakkizinchi хatboshiga "rahbarligiga" soʻzidan keyin "Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan kelishgan holda" soʻzlari qoʻshilsin;


4.2 va 4.3-bandlardagi "Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


5.1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"5.1. "Oʻzbeknavo" estrada birlashmasi faoliyatiga bosh direktor rahbarlik qiladi";


5.3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"5.3. Birlashma bosh direktori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi";


5.5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"5.5. Birlashma bosh direktorining oʻrinbosari bosh direktorning tavsiyasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziri tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi";


6.1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"6.1. "Oʻzbeknavo" estrada birlashmasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil qilinadi yoki tugatiladi".


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 12 may, 19-son, 215-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2014 yil, 5-son, 42-modda