Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 01.04.2014 y. 77-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

01.04.2014 y.

N 77



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARINI

OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh

TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

"Oʻzbekiston Respublikasida qoʻriqlash faoliyatini

tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida"

2014 yil 24 yanvardagi 16-son qarori)



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasida qoʻriqlash faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida" 2014 yil 24 yanvardagi 16-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2014 yil 1 apreldagi

77-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

oʻz kuchini yoʻqotgan deb e’tirof

etilayotgan ayrim qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 11 oktyabrdagi 439-son qarori bilan tasdiqlangan Kichik tadbirkorlik (biznes) sub’yektlariga tegishli boʻlgan korхonalar va tashkilotlar klassifikatsiyasining 537-satri.


2. Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 24 iyundagi 177-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009 y., 6-son, 51-modda) bilan tasdiqlangan Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish qoidalariga 9-ilovaning 103-satri.


3. Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 15 dekabrdagi 450-f-son farmoyishi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 7 aprel, 14-son, 156-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2014 yil, 4-son, 31-modda