Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 08.09.2014 y. PF-4651-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

08.09.2014 y.

N PF-4651



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING AYRIM FARMONLARIGA

OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi "Sudlar toʻrisida"gi Qonunining 78-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2014 yil 6 iyundagi 907-II-sonli "Toshkent shahar Hamza tumanining nomini oʻzgartirish toʻrisida"gi qarori, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2014 yil 29 avgustdagi SQ-441-II-sonli "Toshkent shahar Hamza tumanining nomini oʻzgartirish toʻrisida"gi qaroriga asosan:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 20 fevraldagi PF-3400-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining tuzilmasining "Toshkent shahri" boʻlimidagi "Hamza" soʻzlari "Yashnobod" soʻzlariga almashtirilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 4 oktyabrdagi PF-4570-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Fuqarolik ishlari boʻyicha tuman, tumanlararo, shahar sudlarining tuzilmasining (yurisdiksiya hududi) "Toshkent shahri" boʻlimidagi "Hamza" soʻzi "Yashnobod" soʻziga almashtirilsin.


3. Mazkur Farmonning ijrosi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B. Kokanbayev zimmasiga yuklatilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                         I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 15 sentyabr, 37-son, 464-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi",

2014 yil, 9-son, 256-modda