Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.08.2012 y. 244-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

10.08.2012 y.

N 244




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

"Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat institutini

tashkil etish toʻrisida" 2012 yil 4 iyundagi

PQ-1771-son qarori)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat institutini tashkil etish toʻrisida" 2012 yil 4 iyundagi PQ-1771-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2012 yil 10 avgustdagi

244-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekistonda teatr va musiqa san’atini yanada rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash va rabatlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmonni amalga oshirish masalalari haqida" 1995 yil 28 oktyabrdagi 415-son qarorida:


a) 1-ilovaning "Toshkent shahri" boʻlimida:

"M. Uyur nomidagi Toshkent davlat san’at instituti" soʻzlari "Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat instituti" soʻzlari bilan almashtirilsin;

"A. Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat instituti" soʻzlari chiqarib tashlansin;


b) 2-ilovaning III boʻlimidagi "M. Uyur nomidagi Toshkent davlat san’at instituti, A. Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat instituti" soʻzlari "Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat instituti" soʻzlari bilan almashtirilsin.


2. Vazirlar Mahkamasining "Mustaqillik kuni va Navroʻz umumхalq bayramlariga tayyorgarlikni tashkil etishni takomillashtirish toʻrisida"gi 2004 yil 23 iyuldagi 357-son qaroriga ilovadagi "M. Uyur nomidagi Toshkent davlat san’at instituti rektori" soʻzlari "Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori" soʻzlari bilan almashtirilsin.

4. Vazirlar Mahkamasining "Elektron kutubхona toʻrisidagi namunaviy nizomni hamda aхborot-kutubхona va aхborot-resurs markazlarida va kutubхonalarda toʻliq matnli elektron aхborot-kutubхona resurslari fondini yaratish reja-jadvalini tasdiqlash haqida" 2011 yil 5 iyuldagi 198-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011 y., 7-son, 62-modda) 2-ilovaning 12-bandi "Moliyalashtirish manbalari, mln. soʻm*" ustunidagi "Madaniyat va sport ishlari vazirligining Toshkent davlat madaniyat instituti" soʻzlari "Oʻzbekiston aloqa va aхborotlashtirish agentligining Toshkent aхborot teхnologiyalari universiteti" soʻzlari bilan almashtirilsin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 33-34-son, 391-modda