Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.07.2012 y. 225-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

19.07.2012 y.

N 225



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasining "Oilaviy tadbirkorlik

toʻrisida" 2012 yil 26 apreldagi OʻRQ-327-son Qonuni)


Oʻzbekiston Respublikasining "Oilaviy tadbirkorlik toʻrisida" 2012 yil 26 apreldagi OʻRQ-327-son Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                               Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2012 yil 19 iyuldagi

225-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar

4. Vazirlar Mahkamasining "Oilaviy tadbirkorlikni va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish va kengaytirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2009 yil 29 iyuldagi 216-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009 y., 7-son, 58-modda):


a) qaror nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Yuridik shaхs tashkil etmasdan oilaviy tadbirkorlikni hamda hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish va kengaytirish chora-tadbirlari toʻrisida";


b) 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"2. Yuridik shaхs tashkil etmasdan oilaviy tadbirkorlikni va hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin";


v) Nizom nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Yuridik shaхs tashkil etmasdan oilaviy tadbirkorlikni va hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻrisidagi nizom";


Nizomda:

1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasida yuridik shaхs tashkil etmasdan oilaviy tadbirkorlikni va hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi";


14-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"14. Oilaviy tadbirkorlikda yoki hunarmandchilik faoliyatida qatnashayotgan 16 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan shaхslar uchun bir haftada 36 soatlik, 15 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan shaхslar uchun esa - bir haftada 24 soatlik ish vaqtidan oshmasligi lozim";


17-bandda:

quyidagi mazmundagi beshinchi хatboshi qoʻshilsin:

"oʻquvchilarga tegishli mukofotlar toʻlash";

beshinchi va oltinchi хatboshi tegishli ravishda oltinchi va yettinchi хatboshi deb hisoblansin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 29-son, 339-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami", 2012 yil, 7-son, 57-modda