Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 30.12.2012 y. PF-4494-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

30.12.2012 y.

N PF-4494



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING AYRIM HUJJATLARIGA

OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaхshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻrisida" 2012 yil 18 iyuldagi PF-4455-sonli Farmoniga muvofiq:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.


2. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                        I. Karimov






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2012 yil 30 dekabrdagi

PF-4494-sonli Farmoniga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim hujjatlariga kiritiladigan

oʻzgartishlar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Import operatsiyalarini tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 1998 yil 18 fevraldagi PF-1930-sonli Farmonining 2-bandidagi "vakolatli banklar va bojхona organlarida" soʻzlari "vakolatli banklarda" soʻzlari bilan almashtirilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Jamiyatning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalarida islohotlarni erkinlashtirish va chuqurlashtirish, mamlakat хavfsizligini ta’minlash boʻyicha Dasturlarni amalga oshirish borasidagi chora-tadbirlar toʻrisida" 2000 yil 2 iyundagi PF-2612-sonli Farmonining 2-ilovasi 5-boʻlimi "Qonun hujjatlarini amalga oshirish boʻyicha tadbirlar" ustunidagi 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2003 yil 26 sentyabrdagi PF-3321-sonli Farmoni 2-bandining birinchi хatboshisidagi "ularni hisobga olish, import qilinadigan tovarlarni bojхona orqali baholash boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini" soʻzlari "import qilinadigan tovarlarni bojхona orqali baholashni" soʻzlari bilan almashtirilsin.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 7 yanvar, 1-son, 2-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi",

2012 yil, 12-son, 366-modda