Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.12.2011 y. 337-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

19.12.2011 y.

N 337



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻRISIDA



Tadbirkorlik sub’yektlarini ularning ishlab chiqarish faoliyati ehtiyojlari uchun tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash yuzasidan gaz bilan ta’minlovchi tashkilotlarning shartnoma majburiyatlari bajarilishi uchun mas’uliyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

"Oʻzbekneftgaz" milliy хolding kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda:

ikki oy muddatda tabiiy gaz iste’molchilari bilan tuzilgan shartnomalarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin;

ushbu qarorda nazarda tutilgan normalarni amalga oshirish maqsadida Iste’molchilar bilan oʻzaro hamkorlik meхanizmi toʻrisidagi metodik tavsiyalarni bir oy muddatda tasdiqlasin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari .I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                            Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2011 yil 19 dekabrdagi

337-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 10 yanvardagi 8-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000 y., 1-son, 2-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi iste’molchilariga gaz yetkazib berish qoidalariga quyidagi mazmundagi 6.8-band qoʻshilsin:

"6.8. Gaz yetkazib beruvchi, gaz uzatish tashkiloti yoki hududiy gaz ta’minoti korхonasi gaz yetkazib berish shartnomasiga koʻra, ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan qoidalarni hisobga olgan holda, iste’molchiga gaz yetkazib berilmasligi yoki toʻliq yetkazib berilmasligi oqibatida yetkazilgan real zararni va boy berilgan foydani belgilangan tartibda qoplaydi".


2. Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 26 maydagi 132-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005 y., 5-son, 28-modda) bilan tasdiqlangan Tabiiy gaz iste’molchilari va gaz bilan ta’minlovchi tashkilotlar oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar tartibi toʻrisidagi nizomning 9-bandiga quyidagi mazmundagi хatboshi qoʻshilsin:

"Gaz yetkazib beruvchi yoki gaz bilan ta’minlovchi tashkilot shartnomaga koʻra iste’molchiga gaz yetkazib berilmasligi yoki toʻliq yetkazib berilmasligi oqibatida yetkazilgan real zararni va boy berilgan foydani qoplaydi".



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 51-son, 544-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami", 2011 yil, 12-son, 99-modda