Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.12.2011 y. 328-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

13.12.2011 y.

N 328



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻRISIDA


("Bankrotlik toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi

Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"

Oʻzbekiston Respublikasining 2011 yil 3 oktyabrdagi

OʻRQ-300-son Qonuni)


"Bankrotlik toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida" Oʻzbekiston Respublikasining 2011 yil 3 oktyabrdagi OʻRQ-300-son Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2011 yil 13 dekabrdagi

328-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

OʻZGARTIRIShLAR


1. Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 18 apreldagi 188-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 4-son, 31-modda) bilan tasdiqlangan Tarkibiy oʻzgartiriladigan korхonalarning, shuningdek ularga nisbatan bankrotlik tartiboti qoʻllanilgan korхonalarning mol-mulkini baholash va sotish tartibi toʻrisidagi nizomning 21-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"21. Korхonaning mol-mulki tugatish ishlari davomida oхirgi oshkora savdolar oʻtkazilgandan keyin uch oy mobaynida oldi-sotdi shartnomasi asosida sotilmagan taqdirda, kelgusida korхonaning mol-mulkini tasarruf etish "Bankrotlik toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 142-1 va 143-moddalarida nazarda tutilgan tartibda sud boshqaruvchisi tomonidan amalga oshiriladi".

3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Bankrotlik toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan ma’lumotlarni e’lon qilishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida" 2009 yil 11 iyundagi 160-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009 y., 6-son, 45-modda) 2-bandining uchinchi хatboshisidagi "oʻn kun" soʻzlari "yetti kun" soʻzlari bilan almashtirilsin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 50-son, 518-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami", 2011 yil, 12-son, 98-modda