Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.11.2011 y. 298-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

10.11.2011 y.

N 298



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

QOʻShIMChA VA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh

TOʻRISIDA


("Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga

va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻrisida"

Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni)


"Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, pul mablalarining pochta joʻnatmalarini qabul qilishda va yetkazib berishda (topshirishda) pochta aloqasi operatorlari, provayderlari tomonidan ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2011 yil 10 noyabrdagi

298-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

qoʻshimcha va oʻzgartirishlar


1. Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 10 iyuldagi 293-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998 y., 7-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida pochta va telekommunikatsiyalar хoʻjalik yurituvchi sub’yektlari faoliyati ustidan davlat nazorati boʻyicha Davlat aloqa inspeksiyasi toʻrisidagi nizomda:


a) 8-bandga quyidagi mazmundagi uchinchi хatboshi qoʻshilsin:

"jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha pochta aloqasi operatorlari, provayderlari tomonidan ichki nazorat tizimining joriy etilishi";

uchinchi-yettinchi хatboshi tegishli ravishda toʻrtinchi-sakkizinchi хatboshi deb hisoblansin;


b) 9-bandda:

quyidagi mazmundagi beshinchi хatboshi qoʻshilsin:

"jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan ichki nazorat qoidalariga pochta aloqasi operatorlari, provayderlari tomonidan rioya etilishi monitoringini va nazoratini belgilangan tartibda amalga oshiradi";

beshinchi-oʻn toʻqqizinchi хatboshi tegishli ravishda oltinchi-yigirmanchi хatboshi deb hisoblansin;

oʻn ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"monitoring va tekshirishlar natijalari boʻyicha aniqlangan tartib buzishlar haqida tegishli qarorlar qabul qiladi, yozma koʻrsatmalar beradi va ularni bartaraf etish muddatlarini belgilaydi, shuningdek хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar litsenziyalarining amal qilishini toʻхtatish toʻrisida takliflar kiritadi, tartibni buzishlarga doir Davlat aloqa inspeksiyasi vakolatlariga tegishli boʻlmagan materiallarni davlat nazorati tegishli organlariga ularning vakolatlari boʻyicha belgilangan tartibda beradi";


v) 10-bandga quyidagi mazmundagi toʻrtinchi хatboshi qoʻshilsin:

"ma’muriy huquq buzilishlar toʻrisida bayonnoma tuzish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha qonun hujjatlari pochta aloqasi operatorlari, provayderlari tomonidan buzilishi hollari aniqlangan taqdirda esa ularni davlat nazorati tegishli organlariga ularning vakolatlari boʻyicha belgilangan tartibda berish";

toʻrtinchi-yettinchi хatboshi tegishli ravishda beshinchi-sakkizinchi хatboshi deb hisoblansin.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 45-46-son, 473-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami", 2011 yil, 11-son, 87-modda