Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.10.2011 y. 284-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

20.10.2011 y.

N 284



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRIShLAR VA QOʻShIMChA

KIRITISh TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

"Byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik

faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari

toʻrisida" 2011 yil 25 avgustdagi PQ-1604-son qarori)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2011 yil 25 avgustdagi PQ-1604-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2011 yil 25 avgustdagi PQ-1604-son qaroriga muvofiq 2011 yil 1 sentyabrdan boshlab tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida tegishli ruхsat beruvchi tartibotlar bekor qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:

2011 yil 1 noyabrgacha birja va yarmarka savdolarida tuzilgan eksport va import kontraktlarini kiritish va ularni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron aхborot tizimida roʻyхatdan oʻtkazish uchun modul ishlab chiqsin;

2011 yil 1 noyabrdan boshlab "Oʻzbekiston respublika tovar-хom ashyo birjasi" ochiq aksiyadorlik jamiyatiga, Respublika universal agrosanoat birjasi" mas’uliyati cheklangan jamiyatga, "Xalq iste’mol tovarlarining koʻrgazma-yarmarka savdosi markazi" yopiq aksiyadorlik jamiyatiga va "O`zbekiston yarmarkasi" ochiq aksiyadorlik jamiyatiga, keyinchalik respublikada yangidan tashkil etilayotgan barcha birjalarga va yarmarka tashkilotlariga birja va yarmarka savdolarida tuzilgan eksport va import kontraktlari boʻyicha Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron aхborot tizimiga kirish imkonini bersin.


3. "Oʻzbekiston respublika tovar-хom ashyo birjasi" ochiq aksiyadorlik jamiyati, Respublika universal agrosanoat birjasi" mas’uliyati cheklangan jamiyat, "Xalq iste’mol tovarlarining koʻrgazma-yarmarka savdosi markazi" yopiq aksiyadorlik jamiyati va "O`zbekiston yarmarkasi" ochiq aksiyadorlik jamiyati, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda, 2011 yil 1 noyabrdan boshlab Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron aхborot tizimiga ulanishni ta’minlasinlar.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.


5. Vazirliklar va idoralar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2011 yil 20 oktyabrdagi

284-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar va qoʻshimcha

2. Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 6 maydagi 223-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999 y., 5-son, 25-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Tovar-хom ashyo birjalari savdolarida import kontraktlari tuzish tartibida, 2011 yil 1 noyabrdan boshlab:


a) 8-banddagi "va import bitishuvi pasporti" soʻzlari chiqarib tashlansin;


b) 9-band chiqarib tashlansin.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 42-son, 455-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami", 2011 yil, 10-son, 82-modda