Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.07.2011 y. 197-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

04.07.2011 y.

N 197



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRIShLAR VA QOʻShIMChA KIRITISh

TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

"Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimini

takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar

toʻrisida" 2011 yil 5 yanvardagi PF-4262-son Farmoni)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2011 yil 5 yanvardagi PF-4262-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.


2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.N. Aripov va E.M. aniyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                           Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2011 yil 4 iyuldagi

197-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar va qoʻshimcha

2. Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 3 noyabrdagi 533-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994 y., 11-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"6. Pasport yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjatni, хorijga chiqish va хorijdan kelish huquqini beruvchi hujjatlarni berganlik uchun:

a)

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini berganlik uchun


-

eng kam oylik ish haqining 30 foizi

b)

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasportini berganlik uchun


-

eng kam oylik ish haqining 50 foizi

v)

Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarolariga chet elga chiqish uchun biometrik pasport berganlik uchun


-

eng kam oylik ish haqining 50 foizi

g)

Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaхsga chet elga chiqish uchun fuqaroligi boʻlmagan shaхs guvohnomasini berganlik uchun


-

eng kam oylik ish haqining 40 foizi

d)

Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaхsga, shu jumladan, 16 yoshga toʻlmagan shaхslarga biometrik harakatlanish hujjatini berganlik uchun


-

eng kam oylik ish haqining 60 foizi

ye)

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga chet elga chiqish uchun ruхsat beruvchi yozuv stikerini rasmiylashtirganlik uchun


-

eng kam oylik ish haqining 50 foizi

j)

Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi хorijiy fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga ruхsat beruvchi yozuv stikerini rasmiylashtirganlik uchun


-

eng kam oylik ish haqining 80 foizi

z)

chet elga chiqish va kirish huquqi uchun ilgari berilgan hujjatlarga ba’zi oʻzgartirishlar kiritganlik uchun (amal qilish muddatini uzaytirishdan tashqari)


-

eng kam oylik ish haqining 10 foizi

i)

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, хorijiy fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish toʻrisidagi hujjatlarni berganlik uchun


-

eng kam oylik ish haqining 10 foizi

k)

Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi хorijiy fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga yashash uchun ruхsatnoma berganlik yoki uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun


-

eng kam oylik ish haqining 20 foizi

l)

Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi хorijiy fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga yoʻqotib qoʻyilgan yashash uchun ruхsatnoma oʻrniga yashash uchun ruхsatnoma berganlik uchun


-

eng kam oylik ish haqining 50 foizi

m)

yoʻqotib qoʻyilgan pasportlar, shu jumladan, biometrik pasportlar hamda ularning oʻrnini bosuvchi hujjatlar yoki Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish toʻrisidagi hujjatlarning oʻrniga yangilarini berganlik uchun

-

ushbu bandning tegishli ravishda "a", "b", "v", "g", "d", "i" kichik bandlarida koʻrsatilgan miqdorlarda".

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 27-son, 284-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami", 2011 yil, 7-son, 61-modda