Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.06.2011 y. 190-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

27.06.2011 y.

N 190



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik

sub’yektlarini tashkil etish va davlat roʻyхatidan oʻtkazish

tartibini  yanada  takomillashtirish  chora-tadbirlari

toʻrisida" 2011 yil 12 maydagi PQ-1529-son qarori hamda

Vazirlar Mahkamasining "Vazirlar Mahkamasining

"Davlat boji stavkalari haqida" 1994 yil 3 noyabrdagi

533-son qaroriga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish

toʻrisida" 2011 yil 18 maydagi 140-son qarori)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 7 fevraldagi PQ-1474-son qarori bilan tasdiqlangan "Kichik biznes va хususiy tadbirkorlik yili" Davlat dasturini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                            Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2011 yil 27 iyundagi

190-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim

qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 3 noyabrdagi 533-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994 y., 11-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarida:


a) 8-bandning uchinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"suurta va auditorlik tashkilotlari, soliq maslahatchilari tashkilotlari, birjalar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlari bilan tashkil etiladigan aksiyadorlik kompaniyalari (shu jumladan, davlat-aksiyadorlik kompaniyalari va хoldinglar) shaklidagi хoʻjalik boshqaruvi organlari, Ulgurji savdo korхonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan hududiy (viloyatlar, viloyatlararo va tumanlararo) bazalar va bozorlar - eng kam oylik ish haqining toʻrt baravari miqdorida";


b) 9 va 10-bandlardagi "eng kam oylik ish haqining ikki baravari" soʻzlari "eng kam oylik ish haqining bir baravari" soʻzlari bilan almashtirilsin.


2. Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 20 avgustdagi 357-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 8-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va ruхsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi toʻrisidagi nizomda:


a) 2-bandning ikkinchi хatboshidagi "bozorlar va" soʻzlaridan keyin "soliq maslahatchilari tashkilotlari" soʻzlari qoʻshilsin;


b) 5-bandning toʻrtinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"suurta va auditorlik tashkilotlari, soliq maslahatchilari tashkilotlari, birjalar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlari bilan tashkil etiladigan aksiyadorlik kompaniyalari (shu jumladan, davlat-aksiyadorlik kompaniyalari va хoldinglar) shaklidagi хoʻjalik boshqaruvi organlari, Ulgurji savdo korхonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan hududiy (viloyatlar, viloyatlararo va tumanlararo) bazalar va bozorlar uchun - eng kam oylik ish haqining toʻrt baravari miqdorida davlat boji toʻlanadi".


3. Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 2 sentyabrdagi 413-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004 y., 9-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat faoliyati uchun tovarlarni olib keluvchi yuridik shaхs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va import operatsiyalari sub’yektlarining hisobga olish kartalarini berish tartibi toʻrisidagi nizom 3-bandining birinchi хatboshidagi "ikki" soʻzi "bir" soʻzi bilan almashtirilsin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 26-son, 265-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami", 2011 yil, 6-son, 57-modda