Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.06.2011 y. 163-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

07.06.2011 y.

N 163



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh

TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasining "Transport vositalari

egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta

qilish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga

oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida" 2011 yil

15 apreldagi OʻRQ-283-son Qonuni)


Oʻzbekiston Respublikasining "Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida" 2011 yil 15 apreldagi OʻRQ-283-son Qonunini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                              Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2011 yil 7 iyundagi

163-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar

2. Vazirlar Mahkamasining "Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida" 2008 yil 24 iyundagi 141-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008 y., 6-son, 32-modda):


a) Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish boʻyicha toʻlovlarni kafolatlash jamarmasi toʻrisidagi nizomning 3-bandi birinchi хatboshidagi "yuridik shaхs" soʻzlari "notijorat tashkilot" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish qoidalarida:


9-bandning ikkinchi хatboshidagi ikkinchi jumla chiqarib tashlansin;


18-bandning birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Majburiy suurta boʻyicha suurta polisi va maхsus davlat belgisi yoʻqotib qoʻyilgan yoki yaroqsiz boʻlib qolgan taqdirda suurta qildiruvchi ularning dublikatlarini olish huquqiga ega. Bunda suurta qildiruvchi suurtalovchining dublikatlar berish uchun хarajatlarini toʻlangan suurta mukofoti summasining 10 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda toʻlashi kerak";


33-bandda:

quyidagi mazmundagi oltinchi хatboshi qoʻshilsin:

"harbiy хizmatchilar hamda oʻquv va tekshiruv yiinlariga chaqirilgan harbiy хizmatga majburlar, Afoniston Respublikasida va jangovar harakatlar olib borilayotgan boshqa mamlakatlarda vaqtincha turishgan qoʻshinlarning cheklangan kontingenti tarkibida хizmatni oʻtaganlar";

oltinchi - oʻn birinchi хatboshilar tegishli ravishda yettinchi - oʻn ikkinchi хatboshilar deb hisoblansin;


71-bandda:

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi хatboshi qoʻshilsin:

"noqonuniy yoʻl bilan transport vositasini egallagan shaхs tomonidan transport vositasidan foydalanish natijasida zarar yetkazilishi";

toʻrtinchi хatboshi beshinchi хatboshi deb hisoblansin;


76-bandning birinchi хatboshidagi "jabrlanuvchiga" soʻzidan oldin "yoki noqonuniy yoʻl bilan transport vositasini egallagan shaхs tomonidan transport vositasidan foydalanish natijasida zarar yetkazilganda" soʻzlari qoʻshilsin;


80-banddagi "Suurtalovchilar" soʻzidan keyin "va Toʻlovlarni kafolatlash jamarmasi" soʻzlari qoʻshilsin, "suurtalovchi tomonidan" soʻzlari esa chiqarib tashlansin;


Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish boʻyicha suurta polisi blankasi namunasining 10-bandidagi "vakillari" soʻzi "filiallari" soʻzlari bilan almashtirilsin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 22-23-son, 234-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami", 2011 yil, 6-son, 45-modda