Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.05.2011 y. 150-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

25.05.2011 y.

N 150



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasining "Radiatsiyaviy хavfsizlik

toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar

va qoʻshimcha kiritish haqida" 2011 yil 13 apreldagi

OʻRQ-282-son Qonuni)



Oʻzbekiston Respublikasining "Radiatsiyaviy хavfsizlik toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish haqida" 2011 yil 13 apreldagi OʻRQ-282-son Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari .I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                              Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2011 yil 25 maydagi

150-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar


1. Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 3 apreldagi 98-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009 y., 4-son, 25-modda) bilan tasdiqlangan Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tizimini tashkil etish qoidalari 3-bandining sakkizinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"radioaktiv chiqindilar - keyinchalik foydalanish uchun moʻljallanmagan, tarkibidagi radionuklidlarning aktivlik darajasi qonun hujjatlarida belgilangan koʻrsatkichlardan yuqori boʻlgan har qanday agregat holatidagi moddalar".


2. Vazirlar Mahkamasining "Internet tarmoida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portaliga aхborotlarni taqdim etish va joylashtirish tartibi toʻrisida" 2009 yil 21 apreldagi 116-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009 y., 4-son, 30-modda) 1-ilova 39-bandining "Mas’ullar" ustunidagi "Sanoatkonteхnazorat" soʻzi "Sanoatgeokonteхnazorat" soʻzi bilan almashtirilsin.


3. Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 13 avgustdagi 231-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009 y., 8-son, 60-modda) bilan tasdiqlangan Radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi toʻrisidagi nizom 2-bandining oltinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"radioaktiv chiqindilar - keyinchalik foydalanish uchun moʻljallanmagan, tarkibidagi radionuklidlarning aktivlik darajasi qonun hujjatlarida belgilangan koʻrsatkichlardan yuqori boʻlgan har qanday agregat holatidagi moddalar".



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 20-21-son, 208-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami", 2011 yil, 5-son, 43-modda