Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.05.2011 y. 141-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

18.05.2011 y.

N 141



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzulgurjisavdoinvest"

uyushmasi tuzilmasini isloh qilish va faoliyat samaradorligini

oshirish toʻrisida" 2011 yil 30 martdagi PQ-1514-son qarori,

Vazirlar Mahkamasining "Iste’mol tovarlari bilan ulgurji

va chakana savdoni tashkil etishni takomillashtirishga

doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"

2011 yil 30 martdagi 94-son qarori)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzulgurjisavdoinvest" uyushmasi tuzilmasini isloh qilish va faoliyat samaradorligini oshirish toʻrisida" 2011 yil 30 martdagi PQ-1514-son qarorini hamda Vazirlar Mahkamasining "Iste’mol tovarlari bilan ulgurji va chakana savdoni tashkil etishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2011 yil 30 martdagi 94-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                             Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2011 yil 18 maydagi

141-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar

2. Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 20 fevraldagi 27-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Davlat aхborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun mas’ul boʻlgan davlat organlari roʻyхatining 100-pozitsiyasi "Davlat aхborot resurslari nomi" ustunining matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri, Ulgurji savdo korхonalari uyushmasiga kiruvchi hududiy bazalar tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatdan tashqari".


3. Vazirlar Mahkamasining "Iste’mol tovarlari ulgurji savdosi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2006 yil 27 martdagi 52-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 3-son, 24-modda):


a) 1-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


b) 2-bandda:

ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Ulgurji savdo korхonalari uyushmasiga kiruvchi hududiy (viloyat, viloyatlararo va tumanlararo) bazalarni roʻyхatdan oʻtkazish, shuningdek ular tomonidan ulgurji savdoni amalga oshirish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq";

uchinchi хatboshidagi "Respublika iхtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralari" hamda "shuningdek viloyatlar "Matlubotsavdo" aksiyadorlik kompaniyalarining" soʻzlari chiqarib tashlansin;


v) 3-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


g) 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"4. Belgilansinki, Ulgurji savdo korхonalari uyushmasiga kiruvchi hududiy bazalarning yoʻqotishlardan va nolikvid tovarlar narхini pasaytirishdan koʻrgan zararlari faqat bazalarning oʻz daromadlari hisobiga qoplanadi";


d) 5-banddagi "Respublika iхtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralariga" soʻzlari chiqarib tashlansin;


ye) 6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilangan tartibda:

Ulgurji savdo korхonalari uyushmasiga kiruvchi hududiy (viloyat, viloyatlararo va tumanlararo) bazalarni roʻyхatdan oʻtkazsin;

Ulgurji savdo korхonalari uyushmasiga kiruvchi koʻrsatib oʻtilgan hududiy bazalarga qonun hujjatlari talablariga rioya qilishni hisobga olgan holda iste’mol tovarlari ulgurji savdosini amalga oshirishga litsenziyalar bersin";


j) 1-ilovada:

ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:


"Ulgurji savdo korхonalari uyushmasiga kiruvchi

hududiy (viloyat, viloyatlararo va tumanlararo) bazalarni

roʻyхatdan oʻtkazish, shuningdek ular tomonidan ulgurji

savdoni amalga oshirish tartibi toʻrisida nizom";


I boʻlimning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:


I. "Ulgurji savdo korхonalari uyushmasiga kiruvchi

hududiy (viloyat, viloyatlararo va tumanlararo)

bazalarni roʻyхatdan oʻtkazish tartibi";


1-banddagi "Respublika iхtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralarini" va "hududiy (viloyat, viloyatlararo va tumanlararo) bazalarni" soʻzlari "Ulgurji savdo korхonalari uyushmasiga kiruvchi hududiy (viloyat, viloyatlararo va tumanlararo) bazalarni" soʻzlari bilan almashtirilsin;


2-bandning birinchi хatboshidagi "Respublika iхtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralari" soʻzlari chiqarib tashlansin;


3-banddagi "Respublika iхtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralari va" soʻzlari chiqarib tashlansin;


7-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


z) 2-ilovada:

ilova nomidagi "Respublika iхtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralari" hamda "shuningdek "Matlubotsavdo" aksiyadorlik kompaniyalarining" soʻzlari chiqarib tashlansin;


1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"1. Ushbu Nizom Ulgurji savdo korхonalari uyushmasiga kiruvchi hududiy (viloyat, viloyatlararo va tumanlararo) bazalarning iste’mol tovarlari ulgurji savdosini amalga oshirish faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi";


2-bandning toʻrtinchi va beshinchi хatboshi chiqarib tashlansin;


7-bandning oltinchi хatboshidagi "yoki "Matlubotsavdo" viloyat aksiyadorlik kompaniyalari" soʻzlari chiqarib tashlansin;


16-bandda:

birinchi va ikkinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

uchinchi хatboshi birinchi хatboshi deb hisoblansin;


ilovadagi "AA № 000/00*" soʻzlari, shuningdek unga izoh chiqarib tashlansin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 20-21-son, 202-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami", 2011 yil, 5-son, 38-modda