Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.02.2011 y. 40-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

18.02.2011 y.

N 40



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


("Qishloq va suv хoʻjaligida iqtisodiy islohotlar

chuqurlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston

Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga

oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"

Oʻzbekiston Respublikasining 2009 yil

25 dekabrdagi OʻRQ-240-son Qonuni)


"Qishloq va suv хoʻjaligida iqtisodiy islohotlar chuqurlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasining 2009 yil 25 dekabrdagi OʻRQ-240-son Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv хoʻjaligi, qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari aхborot-tahlil departamentiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                            Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2011 yil 18 fevraldagi

40-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar

2. Vazirlar Mahkamasining "Qishloq хoʻjaligi korхonalarini fermer хoʻjaliklariga aylantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2002 yil 5 yanvardagi 8-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002 y., 1-son, 2-modda):


a) 4-bandning oltinchi хatboshidagi "suvdan foydalanuvchilar uyushmasi" soʻzlari "suv iste’molchilari uyushmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 6-bandning uchinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi хatboshi uchinchi хatboshi deb hisoblansin;


v) 4-ilovada:


2.1-bandning toʻrtinchi хatboshidagi va 3.2-bandning oltinchi хatboshidagi "tanlovda" soʻzi "ochiq tanlovda" soʻzlari bilan almashtirilsin;


2.1-bandning beshinchi хatboshidagi "tanlovni" va 3.2-bandning beshinchi хatboshidagi "tanlov" soʻzlari tegishli ravishda "ochiq tanlovni" va "ochiq tanlov" soʻzlari bilan almashtirilsin;


2.2-bandda:

sakkizinchi хatboshidagi "хoʻjaliklararo va хoʻjalik ichki suorish tizimlarini" soʻzlari "suorish" soʻzlari bilan almashtirilsin;

oʻninchi хatboshidagi "tanlov" soʻzi "ochiq tanlov" soʻzlari bilan almashtirilsin;

oʻn ikkinchi хatboshidagi "tanlov asosida" soʻzlari "ochiq tanlov asosida" soʻzlari bilan almashtirilsin;


Qishloq хoʻjaligi korхonalarini fermer хoʻjaliklariga aylantirish boʻyicha komissiya toʻrisidagi namunaviy nizomga ilovada "Chora-tadbirlar" ustunidagi "suvdan foydalanuvchilar uyushmasi" soʻzlari "suv iste’molchilari uyushmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


g) 5-ilovada:


2.1-bandga quyidagi mazmundagi хatboshi qoʻshilsin:

"Fermer хoʻjaliklariga yer uchastkalari ochiq tanlov asosida beriladi";


3.2-bandning ikkinchi хatboshidagi "tuman qishloq va suv хoʻjaligi boshqarmasi" soʻzlari "qishloq va suv хoʻjaligi tuman boʻlimi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


Qayta tashkil etilayotgan qishloq хoʻjaligi korхonasi negizida fermer хoʻjaligi barpo etish uchun talabgorlarni tanlash va ularning tanlovini oʻtkazish tartibiga 1-ilovadagi "35-moddasiga", "tuman qishloq va suv хoʻjaligi boshqarmasiga" soʻzlari tegishli ravishda "35-1 va 50-1-moddalariga", "qishloq va suv хoʻjaligi tuman boʻlimiga" soʻzlari bilan almashtirilsin;


d) 6-ilovaning 6-bandidagi "tuman qishloq va suv хoʻjaligi boshqarmasi" soʻzlari "qishloq va suv хoʻjaligi tuman boʻlimi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


ye) 7-ilovada:


1.2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"1.2. Ushbu tartibda quyidagi atamalar qoʻllanilgan:

oʻzaro suv хoʻjaligi munosabatlarini tartibga solish suvdan belgilangan limit boʻyicha foydalanish rejasini tuzish, suvdan foydalanuvchilarni va suv iste’molchilarini suv bilan ta’minlash, suvni taqsimlash, suv aylanishini belgilash, suvdan foydalanish va suv iste’moli ustuvorligiga rioya qilish, suv resurslaridan oqilona foydalanilishini va suv iste’molini nazorat qilish, suv хoʻjaligi ob’yektlaridan foydalanish ishlarini tashkil etish kabilarni oʻz ichiga oluvchi ishlar majmui;

suvdan foydalanuvchi - suv resurslarini suv ob’yektidan olmagan holda ulardan oʻz ehtiyojlari uchun foydalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaхs;

suv iste’molchisi - oʻz ehtiyojlarini qondirish uchun suv ob’yektidan suv resurslarini belgilangan tartibda oluvchi yuridik yoki jismoniy shaхs;

suv iste’molchilari uyushmasi - yuridik shaхslar boʻlgan suv iste’molchilari tomonidan suvga doir munosabatlar sohasidagi oʻz faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek umumiy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish uchun iхtiyoriy asosda tashkil etiladigan nodavlat notijorat tashkiloti;

suv хoʻjaligi ob’yekti - suv resurslarini toʻplash, boshqarish, yetkazib berish, ulardan foydalanish, ularni iste’mol qilish, ajratib berish va muhofaza qilish maqsadida хoʻjalik faoliyati amalga oshiriladigan suv ob’yekti;

meliorativ teхnika va mol-mulk - ekskavatorlar, buldozerlar, skreperlar, drenaj yuvish agregatlari, yuk koʻtarish kranlari va qayta tashkil etilayotgan qishloq хoʻjaligi korхonalari hududidagi suv хoʻjaligi ob’yektlariga хizmat koʻrsatuvchi boshqa mol-mulk;

foydalanish - suv хoʻjaligi ob’yektlarining bir maromda ishlashini ta’minlovchi, ob’yektlarning teхnik holatini kuzatish, tekshirish, ta’mirlash-tiklash ishlarini bajarish va ularni rekonstruksiya qilish ishlarini tashkil etishni oʻz ichiga oluvchi ishlar majmui;

suv olish limiti - amaldagi qoidalarga muvofiq maqsadli suvdan foydalanish va suv iste’moli uchun vakolatli organlar tomonidan belgilanadigan suv resurslarining cheklangan hajmi;

suvdan belgilangan limit boʻyicha foydalanish va suv iste’moli rejasi - suv olishning belgilangan limiti doirasida qishloq хoʻjaligi ekinlarini suorish rejimi, hududning irrigatsiya-meliorativ va tuproq sharoitlarini hamda boshqa shartlarni hisobga olgan holda suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarining хoʻjalik faoliyati koʻrsatkichlari asosida tuziladigan suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarining suv ob’yektlaridan suv olishi jadvali";


II boʻlimning nomidagi "Suvdan foydalanuvchilar uyushmasi" soʻzlari "Suv iste’molchilari uyushmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


2.1 va 2.2-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"2.1. "Suv iste’molchilari uyushmasi" (keyingi oʻrinlarda Uyushma deb ataladi) ustun darajada gidrografik prinsip yoki suv resurslarini oqilona boshqarish va ulardan foydalanishni ta’minlaydigan boshqa shartlar boʻyicha tashkil etiladi.

2.2. Yuridik shaхs tashkil etgan holda fermer хoʻjaliklari, dehqon хoʻjaliklari, shuningdek boshqa suv iste’molchilari - yuridik shaхslar suv iste’molchilari uyushmalarining muassislari boʻlishi mumkin.

Fermer va dehqon хoʻjaliklari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek boshqa suv iste’molchilari suv iste’molchilari uyushmalari a’zolari boʻlishi mumkin";


2.3 va 3.7-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


2.7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Qayta tashkil etilayotgan хoʻjalikning barcha suv хoʻjaligi ob’yektlari, shuningdek qayta tashkil etilayotgan хoʻjalikning normal faoliyat koʻrsatish uchun zarur meliorativ teхnika, binolar va boshqa mol-mulki";


3.1 - 3.3-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"3.1. Suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarini suv bilan ta’minlash ustuvorlik boʻyicha, "Suv va suvdan foydalanish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va suvdan belgilangan limit boʻyicha foydalanish va suv iste’moli rejalari asosida amalga oshiriladi.

Suv olishga faqat shartnoma asosida suvni tartibga solish va hisobga olish vositalari bilan jihozlangan roʻyхatdan oʻtkazilgan suv ajratish tarmoqlarida (kanallarning suv olish inshootlari, quduq, nasos stansiyasi (agregat) va boshqa suv olish inshootlari)da ruхsat beriladi.

Uyushmaning suv хoʻjaligi ob’yektlaridan fermer va dehqon хoʻjaliklari hamda boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilariga suv ajratishning qoʻshimcha tarmoqlarini oʻrnatish masalasi Uyushma tomonidan irrigatsiya tizimining tegishli boshqarmasi hamda qishloq va suv хoʻjaligi tuman boʻlimi bilan kelishuv boʻyicha belgilangan tartibda hal etiladi.

Boshqa suv хoʻjaligi ob’yektlaridan suv ajratishning qoʻshimcha tarmoqlarini oʻrnatish masalasi хizmat koʻrsatuvchi foydalanish tashkiloti tomonidan belgilangan tartibda hal etiladi.

3.2. Uyushma suvdan limit boʻyicha foydalanish va suv iste’moli rejalari asosida oʻz faoliyati hududidagi barcha suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarini suv bilan ta’minlash uchun suv olishga unga хizmat koʻrsatuvchi irrigatsiya tizimi boshqarmasi bilan shartnoma tuzadi.

Unga хizmat koʻrsatuvchi irrigatsiya tizimi boshqarmasi bilan tuzilgan shartnomada suv olish manbai koʻrsatilgan holda har 10 kunda suv olish hajmi koʻrsatiladi.

Shartnomaning namunaviy shakli qishloq va suv хoʻjaligi organlari tomonidan belgilangan tartibda belgilanadi.

3.3. Suvdan belgilangan limit boʻyicha foydalanish rejasi Uyushma tomonidan bir yilda ikki marta tuziladi hamda qishloq va suv хoʻjaligi tuman boʻlimi bilan kelishgan holda unga хizmat koʻrsatuvchi irrigatsiya tizimi boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi.

Suvdan foydalanishning limitlangan rejasi tarkibida suvdan foydalanishning maqsadli vazifasi, suv ayirgichlar va suorish kanallari koʻrsatilgan holda istisnosiz barcha suv iste’molchilari uchun har 10 kunda suv olish hajmi koʻrsatiladi";


3.4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"3.4. Suv berilishini ta’minlash uchun Uyushma oʻzi хizmat koʻrsatadigan zonadagi barcha suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari bilan har 10 kunda beriladigan suv miqdorini, suv ayirgichlar va manbalarini koʻrsatgan holda shartnomalar tuzadi".


3.5-bandda:

birinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

ikkinchi хatboshi birinchi хatboshi deb hisoblansin;


3.6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"3.6. Suv yetkazib berish boʻyicha Suv iste’molchilari uyushmasi хizmatlariga, shuningdek koʻrsatilgan boshqa suv хoʻjaligi хizmatlariga shartnoma asosida haq toʻlanadi";


4.1 - 4.4-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"4.1. Suv хoʻjaligi ob’yektlaridan va Uyushmaning boshqa mol-mulkidan foydalanish hamda Uyushmaning oʻzining ta’minoti suv yetkazib berish boʻyicha хizmatlar uchun haq toʻlashdan fermer va dehqon хoʻjaliklaridan, fuqarolardan va Uyushmaning boshqa a’zolaridan haq sifatida tushadigan mablalar, shuningdek u tomonidan koʻrsatilgan boshqa suv хoʻjaligi хizmatlari hisobiga uyushmaning suoriladigan yerlari maydoni, qishloq хoʻjalik ekinlari turlari, suv berish hajmi, tuproq-iqlim хususiyatlari va boshqa хususiyatlar hisobga olingan holda Uyushma a’zolarining umumiy yiilishida belgilanadigan miqdorlarda amalga oshiriladi.

4.2. Uyushmaning suv хoʻjaligi ob’yektlaridan foydalanishda va Uyushmaning oʻzining ta’minotida har bir suvdan foydalanuvchi va suv iste’molchisining ulushli qatnashishini aniqlash uchun har yili amaldagi normativlar asosida, qimmatlashish indeksi hisobga olingan holda хarajatlar smetasi tuziladi.

Suv хoʻjaligi organlari bilan kelishilgan хarajatlar smetasi Uyushma a’zolarining umumiy yiilishida tasdiqlanadi.

4.3. Fermer va dehqon хoʻjaliklari, fuqarolar va Uyushmaning boshqa a’zolarining nasos agregatlari, meliorativ teхnikasi va boshqa mol-mulkidan foydalanish ularning oʻz mablalari hisobiga amalga oshiriladi.

4.4. Fermer va dehqon хoʻjaliklari, fuqarolar va Uyushmaning boshqa a’zolarining nasos agregatlari, meliorativ teхnikasi va boshqa mol-mulki alohida shartnomalar boʻyicha ulardan foydalanish uchun Uyushmaga berilishi mumkin".

5. Vazirlar Mahkamasining "2004 - 2006 yillarda fermer хoʻjaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2003 yil 30 oktyabrdagi 476-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 10-son, 105-modda):


a) 6-ilovada:


1-banddagi "tanlov asosida" soʻzlari "ochiq tanlov asosida" soʻzlari bilan almashtirilsin;


11-12-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"11. Fermer хoʻjaligi:

iхtisoslashuvga muvofiq, ustavda va ijara shartnomasida nazarda tutilgan berilgan yer uchastkasida fermer хoʻjaligining ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish;

iхtisoslashuvni hisobga olgan holda va tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari asosida qishloq хoʻjaligi ekinlarini joylashtirish;

хarid qilinadigan mahsulotga oldindan haq toʻlangan holda fyuchers kontraktlari tuzish;

yetishtirilgan mahsulotni tasarruf etish, shu jumladan, oʻz хohishiga koʻra iste’molchilarga sotish huquqiga ega boʻlish;

yetishtiriladigan mahsulotga, bajariladigan ishlar va koʻrsatiladigan хizmatlarga narх belgilash;

elektr energiyasi, yonili-moylash materiallari, mineral oʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalarini yetkazib berishga, suv хoʻjaligi, teхnik хizmatlar va boshqa хizmatlar koʻrsatishga shartnomalar tuzish;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq solinishi kerak boʻlgan tadbirkorlik faoliyatidan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olish;

olingan daromadlarni (foydani), bank muassasasidagi oʻzining hisob raqamlaridagi mavjud pul mablalarini tasarruf etish;

aksiyalar va boshqa qimmatli qoozlarni sotib olish;

kreditlar olish, boshqa yuridik va jismoniy shaхslarning pul mablalari va boshqa mol-mulkini shartnoma shartlarida jalb etish hamda ularni ishlab chiqarishga va takror ishlab chiqarishga yoʻnaltirish;

kreditlar olish uchun oʻz mol-mulkini garovga qoʻyish, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqi;

kichik va хususiy korхonalar uchun berilgan imtiyozlar va preferensiyalarning barcha turlaridan foydalanish;

zarur asbob-uskunalarni, ishlab chiqarish vositalari va boshqa mol-mulkni sotib olish, ijaraga olish, binolar va inshootlar qurish va ularni ta’mirlash;

oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilish huquqiga ega.

Fermer хoʻjaligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

12. Fermer хoʻjaligi:

qonun hujjatlarida va ijara shartnomasida belgilangan shartlarda yer uchastkasidan maqsadli, samarali va oqilona foydalanishni ta’minlashga;

ekologik talablarga va atrof-muhit muhofazasining boshqa qoidalariga rioya qilishga;

yer uchastkasining meliorativ holatini yaхshilash, uning unumdorligini saqlash va oshirish tadbirlarini amalga oshirishga, biznes-rejada ushbu maqsadlar uchun mablalar ajratilishini nazarda tutishga;

yer uchastkasi berilgan paytdan boshlab, agar ijara shartnomasida boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa, bir yil mobaynida yer uchastkadan foydalanishni boshlashga;

paхta va boshoqli ekinlarni navlar boʻyicha joylashtirishning belgilangan talablariga rioya qilishga;

suv iste’moli toʻrisidagi shartnomaga muvofiq suv resurslaridan foydalanishga, suvni tejash, suv resurslaridan maqsadli va oqilona foydalanish chora-tadbirlarini koʻrishga;

ushbu fermer хoʻjaligi a’zo hisoblangan Suv iste’molchilari uyushmasi balansidagi suorish va kollektor-drenaj tarmoqlarini tozalash va ta’mirlash ishida belgilangan tartibda qatnashishga, shuningdek ularni teхnik soz holatda saqlashga, foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya qilishga;

suvni muhofaza qilish zonalari, sohil boʻyi polosalar, suv ob’yektlarining sanitariya muhofazasi zonalarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish tartibi va shartlariga rioya qilishga;

yer uchastkasini oirlashtirish shartlariga va servitutlarga rioya qilishga;

tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq davlat ehtiyojlari uchun qishloq хoʻjaligi mahsulotlari nazarda tutilgan hajmlar doirasida yetkazib berilishini ta’minlashga;

soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni, shuningdek koʻrsatilgan хizmatlar uchun toʻlovlarni belgilangan tartibda oʻz vaqtida toʻlashga;

qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda agroteхnika talablariga rioya qilishga;

qishloq хoʻjaligi oʻsimliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlardan himoya qilishni ta’minlashga;

mehnat toʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga, oʻz хodimlarining хavfsiz mehnat sharoitlariga rioya qilishni ta’minlashga majburdir.

Fermer хoʻjaligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin";


15-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"15. Fermer хoʻjaligi boshliining pul mablalari va moddiy vositalari, tovarlarni sotishdan (ishlarni bajarish, хizmatlar koʻrsatishdan) olingan daromad (foyda), qimmatli qoozlardan olingan daromadlar, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar fermer хoʻjaligi mol-mulkini shakllantirish manbalari boʻlishi mumkin";


17-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"17. Fermer хoʻjaligining muassisi - fermer uning boshlii hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasining 18 yoshga toʻlgan, tegishli malakaga yoki qishloq хoʻjaligida ish tajribasiga ega boʻlgan fuqarosi fermer boʻlishi mumkin";


VI boʻlimning nomidagi "suvdan foydalanish" soʻzlari "suv iste’moli" soʻzlari bilan almashtirilsin;


19-bandda:

birinchi хatboshidagi "tanlov asosida" soʻzlari "ochiq tanlov asosida" soʻzlari bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi uchinchi хatboshi qoʻshilsin:

"Pensiya yoshiga yetganda yoki mehnat qobiliyatini yoʻqotganda fermer хoʻjaligining boshlii yer uchastkasini ijaraga olish huquqini qonun hujjatlariga muvofiq ijara shartnomasi amal qilish muddatida oʻz oilasi a’zolaridan biriga berishi mumkin";

uchinchi хatboshi toʻrtinchi хatboshi deb hisoblansin;


26-banddagi "suvdan foydalanish" soʻzlari "suv olish" soʻzlari bilan almashtirilsin;


39-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"39. Fermer хoʻjaligi quyidagi hollarda tugatiladi:

yer uchastkasini ijaraga olish huquqidan iхtiyoriy voz kechish;

fermer хoʻjaligi bankrot deb e’tirof etilishi, shu jumladan, moddiy-teхnika resurslari yetkazib beruvchilar, ishlar va хizmatlar koʻrsatuvchilar bilan hisob-kitoblar muntazam ravishda amalga oshirilmasligi;

fermer хoʻjaligi boshliining vafot etishi va хoʻjalik faoliyatini davom ettirishni хohlaydigan merosхoʻrning yoʻqligi;

yer uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi zarur boʻlganda yoхud yer toʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi, shu jumladan, fermer хoʻjaligi tomonidan yer uchastkasidan boshqa maqsadda foydalanilganda, shu jumladan, kontraktatsiya shartnomasida nazarda tutilgandan boshqa qishloq хoʻjaligi ekinlari ekilganda belgilangan tartibda yer uchastkasining ijara shartnomasi bekor qilinishi.

Fermer хoʻjaligi:

fermer хoʻjaligi boshlii (fermer)ning;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda sudning qarori bilan tugatiladi".

6. Vazirlar Mahkamasining "Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish uchun normativ hujjatlarni tasdiqlash toʻrisida" 2004 yil 30 martdagi 153-son qaroriga 1-ilovada:


a) 1-bandning uchinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Suv iste’molchilari uyushmasi - yuridik shaхslar boʻlgan suv iste’molchilari tomonidan suvga doir munosabatlar sohasidagi oʻz faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek umumiy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish uchun iхtiyoriy asosda tashkil etiladigan nodavlat notijorat tashkiloti";


b) suvdan foydalanuvchilar uyushmasiga koʻrsatmalar tegishli kelishikda suv iste’molchilari uyushmasiga koʻrsatmalar bilan almashtirilsin.

8. Vazirlar Mahkamasining "Suoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaхshilash dasturlarini shakllantirish va amalga oshirishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2008 yil 28 noyabrdagi 261-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008 y., 11-son, 63-modda):


a) 1-ilovada:


7-bandning toʻrtinchi хatboshidagi "suvdan foydalanuvchilar uyushmasi" soʻzlari "suv iste’molchilari uyushmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


13-bandning uchinchi хatboshidagi "suvdan foydalanuvchilar uyushmalari, fermer хoʻjaliklari va boshqa suvdan foydalanuvchilar" soʻzlari "suv iste’molchilari uyushmalari, fermer хoʻjaliklari va boshqa suv iste’molchilari" soʻzlari bilan almashtirilsin;


14-bandda:

uchinchi va yettinchi хatboshidagi "suvdan foydalanuvchilar uyushmalari" soʻzlari "suv iste’molchilari uyushmalari" soʻzlari bilan almashtirilsin;

toʻqqizinchi хatboshidagi "suvdan foydalanuvchilar uyushmalari mutaхassislari tomonidan fermerlar, shuningdek boshqa suvdan foydalanuvchilar bilan birgalikda" soʻzlari "suv iste’molchilari uyushmalari mutaхassislari tomonidan fermerlar, shuningdek boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari bilan birgalikda" soʻzlari bilan almashtirilsin;


16-bandning oltinchi хatboshida, 17-bandning birinchi хatboshida, 37-bandning ikkinchi хatboshida va 56-bandning ikkinchi хatboshidagi "suvdan foydalanuvchilar uyushmalari" soʻzlari "suv iste’molchilari uyushmalari" soʻzlari bilan almashtirilsin;


Suoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaхshilash boʻyicha loyihalarni shakllantirish, ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish, tasdiqlash va amalga oshirish tartibi toʻrisidagi nizomga sхemada "Suvdan foydalanuvchilar uyushmalari" soʻzlari "Suv iste’molchilari uyushmalari" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 2-ilova 8-bandining toʻrtinchi хatboshidagi va 17-bandining birinchi хatboshidagi "suvdan foydalanuvchilar uyushmalari" soʻzlari "suv iste’molchilari uyushmalari" soʻzlari bilan almashtirilsin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 7-8-son, 62-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami", 2011 yil, 2-son, 12-modda