Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.02.2011 y. 42-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

18.02.2011 y.

N 42



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh, ShUNINGDEK

BA’ZILARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN

DEB HISOBLASh TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

"Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal

ta’mirlash va jihozlash boʻyicha byudjetdan tashqari jamarmani

tashkil etish toʻrisida" 2010 yil 10 noyabrdagi PQ-1432-son qarori,

Vazirlar Mahkamasining "Byudjetdan tashqari ta’lim muassasalarini

rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasi

faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida"

2010 yil 10 dekabrdagi 291-son qarori)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash boʻyicha byudjetdan tashqari jamarmani tashkil etish toʻrisida" 2010 yil 10 noyabrdagi PQ-1432-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining "Byudjetdan tashqari ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2010 yil 10 dekabrdagi 291-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                           Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2011 yil 18 fevraldagi

42-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar


1. Vazirlar Mahkamasining "Byudjet tashkilotlarini mabla bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish toʻrisida" 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999 y., 9-son, 51-modda) 4-bandining ikkinchi хatboshidagi "Maktab ta’limi jamarmasiga" soʻzlari "Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasiga" soʻzlari bilan almashtirilsin.

3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish toʻrisida" 2001 yil 3 martdagi 108-son qarori 4-bandining beshinchi хatboshidagi "Maktab ta’limi jamarmasiga" soʻzlari "Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasiga" soʻzlari bilan almashtirilsin.

5. Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 1 iyuldagi 296-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 7-son, 54-modda) bilan tasdiqlangan Neft mahsulotlari sotuvchi korхonalarning cheklangan ustamalarini shakllantirish toʻrisidagi nizom 9-bandining ikkinchi хatboshidagi "Maktab ta’limi jamarmasiga" soʻzlari "Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasiga" soʻzlari bilan almashtirilsin.

8. Vazirlar Mahkamasining "Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida "Surхondaryo viloyatining suv ta’minoti va sanitariyasi" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2009 yil 20 martdagi 79-son qarori 9-bandining birinchi хatboshidagi "Maktab ta’limi jamarmasiga" soʻzlari "Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasiga" soʻzlari bilan almashtirilsin.





Vazirlar Mahkamasining

2011 yil 18 fevraldagi

42-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

oʻz kuchini yoʻqotayotgan ba’zi qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Byudjetdan tashqari maktab ta’limi jamarmasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2004 yil 7 iyundagi 263-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004 y., 6-son, 52-modda).


2. Vazirlar Mahkamasining "2004 - 2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2004 yil 9 iyuldagi 321-son qarori 4-bandi.


3. Vazirlar Mahkamasining "2005 - 2009 yillarda umumta’lim maktablarini mebel, zamonaviy oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter teхnikasi va sport anjomlari bilan jihozlash dasturi toʻrisida" 2004 yil 21 oktyabrdagi 493-son qarori 5-bandi.


4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasining 2005 yilgi Davlat byudjeti parametrlari toʻrisida" 2004 yil 28 dekabrdagi 610-son qaroriga 32-ilovaning 13-bandi.


5. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining 2008 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat byudjeti parametrlari toʻrisida" 2007 yil 12 dekabrdagi PQ-744-son qarori)" 2008 yil 28 yanvardagi 16-son qaroriga 1-ilovaning 3-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008 y., 1-son, 3-modda).


6. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish hamda ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga oʻzgartishlar kiritish toʻrisida" 2009 yil 21 dekabrdagi PF-4158-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining 2010 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat byudjeti parametrlari toʻrisida" 2009 yil 22 dekabrdagi PQ-1245-son qarori)" 2010 yil 17 fevraldagi 22-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010 y., 2-son, 8-modda) ilovaning 7-bandi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 7-8-son, 63-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami", 2011 yil, 2-son, 13-modda