Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 30.12.2011 y. PF-4399-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga oʻzgartishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

30.12.2011 y.

N PF-4399



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING AYRIM FARMONLARIGA

OʻZGARTIShLAR KIRITISh, ShUNINGDEK

BA’ZILARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN

DEB HISOBLASh TOʻRISIDA


1. 2012 yilning 1 yanvaridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.


2. 2012 yilning 1 yanvaridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi farmonlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                           I. Karimov






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2011 yil 30 dekabrdagi

PF-4399-son Farmoniga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim farmonlariga 2012 yil 1 yanvardan

kiritiladigan oʻzgartishlar

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Soliqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari toʻrisida" 2007 yil 19 sentyabrdagi PF-3923-son Farmoni:


a) 7-bandida:

"5 yil muddatga" soʻzlari "2018 yilning 1 yanvarigacha" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"8. Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyхat boʻyicha olib kelinadigan yangi tibbiy jihozlar, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va tibbiyot uskunalarining sarflanadigan materiallari 2018 yilning 1 yanvarigacha boʻlgan muddatda bojхona toʻlovlari (bojхona rasmiylashtiruvi yiimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod qilinsin.".


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atini rivojlantirishni yanada qoʻllab-quvvatlash toʻrisida" 2010 yil 30 martdagi PF-4210-son Farmoni 1-bandidagi "2012 yilning 1 apreligacha" soʻzlari "2014 yilning 1 yanvarigacha" soʻzlari bilan almashtirilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻrisida" 2011 yil 3 noyabrdagi PF-4377-son Farmoni 2-bandining toʻrtinchi хatboshi chiqarib tashlansin.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2011 yil 30 dekabrdagi

PF-4399-son Farmoniga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

2012 yil 1 yanvardan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan

deb hisoblanadigan ayrim farmonlari


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2006 yil 9 yanvardagi PF-3709-son Farmonining 5-bandi*.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻrisida" 2009 yil 7 apreldagi PF-4102-son Farmoni.



*) 2012 yilning 1 yanvarigacha soliq imtiyozlaridan foydalangan soliq toʻlovchilar uchun mazkur soliq imtiyozlari, ushbu imtiyozlar berilgan muddat nihoyasiga yetguncha amal qiladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 52-son, 558-modda