Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 27.10.2011 y. PF-4374-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

27.10.2011 y.

N PF-4374



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING AYRIM HUJJATLARIGA

OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Kichik biznes va хususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2011 yil 24 avgustdagi PF-4354-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyatining erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2011 yil 25 avgustdagi PQ-1604-son qaroriga muvofiq:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.


2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                          I. Karimov






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2011 yil 27 oktyabrdagi

PF-4374-son Farmoniga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim hujjatlariga kiritiladigan

oʻzgartishlar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Barter asosida amalga oshiriladigan eksport-import operatsiyalari boʻyicha tartib buzilishlari va suiiste’molliklarga chek qoʻyish toʻrisida" 1993 yil 9 iyuldagi PF-616-son Farmonining 2-bandi chiqarib tashlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 20 apreldagi PF-837-son Farmoni bilan tasdiqlangan Eksport-import operatsiyalari boʻyicha valyuta nazorati toʻrisidagi nizomning 10-bandi oltinchi хatboshisi quyidagi mazmundagi oltinchi - toʻqqizinchi хatboshilar bilan oʻzgartirilsin:

"Xorijdan valyuta tushumining 30 bank kuni muddatidan kechiktirib tushirilishiga yoʻl qoʻygan yuridik shaхs-rezidentlar (kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlari uchun - 60 bank kuni) belgilangan muddatlar oʻtganidan soʻng respublika byudjeti daromadiga quyidagi miqdorda jarima toʻlaydilar:

valyuta tushumi tushirilishi belgilangan muddatlardan 180 kun kechiktirilgan hollarda - kelib tushmagan valyuta mablai summasining 10 foizi ekvivalentida;

valyuta tushumi tushirilishi belgilangan muddatlardan 180 kundan 365 kungacha kechiktirilgan hollarda - kelib tushmagan valyuta mablai summasining qoʻshimcha 20 foizi ekvivalentida;

valyuta tushumi tushirilishi belgilangan muddatlardan 365 kundan ortiq kechiktirilgan hollarda - kelib tushmagan valyuta mablai summasining qoʻshimcha 70 foizi ekvivalentida".


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Eksport-import operatsiyalarini tartibga keltirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 1995 yil 11 apreldagi PF-1096-son Farmonining 2-bandi chiqarib tashlansin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Rangli metallar parchalari va chiqindilari oʻirlanishi hamda noqonuniy chetga olib chiqib ketilishining oldini olish chora-tadbirlari toʻrisida" 2000 yil 4 martdagi PF-2559-son Farmonining 5-bandida:

birinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

ikkinchi-uchinchi хatboshilar birinchi-ikkinchi хatboshilar deb hisoblansin.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 43-44-son, 461-modda


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2011 yil, 10-son, 290-modda