Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 23.05.2011 y. PF-4311-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

23.05.2011 y.

N PF-4311



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING AYRIM HUJJATLARIGA

OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzulgurjisavdoinvest" uyushmasi tuzilmasini isloh qilish va faoliyat samaradorligini oshirish toʻrisida" 2011 yil 30 martdagi PQ-1514-son qaroriga muvofiq:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.


2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                         I. Karimov






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2011 yil 23 maydagi

PF-4311-son Farmoniga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim hujjatlariga kiritiladigan

oʻzgartishlar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ulgurji va chakana savdoni liberallashtirish hamda uni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari toʻrisida" 2006 yil 23 fevraldagi PF-3722-son Farmonining:


a) 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Ulgurji savdo korхonalari uyushmasini tashkil etish zarur deb hisoblansin";


b) 3 va 5-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ulgurji savdo korхonalari uyushmasi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2006 yil 6 martdagi PQ-300-son qarorida:


a) 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"3. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi zimmasiga yuklansin:

Ulgurji savdo korхonalari uyushmasi tarkibiga kiruvchi hududiy (viloyat, viloyatlararo va tumanlararo) bazalarni davlat roʻyхatiga olish;

Ulgurji savdo korхonalari uyushmasi tarkibiga kiruvchi hududiy bazalarga iste’mol tovarlari bilan ulgurji savdo qilishni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berish";


b) 4-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 22-23-son, 221-modda.