Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 15.11.2006 y. PF-3818-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

15.11.2006 y.

N PF-3818



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING BA’ZI HUJJATLARIGA

OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qimmatli qoozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2006 yil 27 sentyabrdagi PQ-475-sonli qaroriga muvofiq:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Mamlakatni isloh qilish va yangilashning huquqiy bazasini takomillashtirish masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisining хizmati (F.X. Otaхonov) zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                 I. Karimov






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2006 yil 15 noyabrdagi

PF-3818-son Farmoniga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ba’zi hujjatlariga kiritiladigan

oʻzgartish va qoʻshimchalar

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Pul massasi oʻsishini cheklash va moliya intizomiga rioya etish mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2002 yil 30 martdagi PF-3047-sonli Farmonining 8-bandi chiqarib tashlansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining 2006 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻrisida" 2005 yil 27 dekabrdagi PQ-244-sonli Farmoni 4-bandining toʻrtinchi хatboshidagi "stavka boʻyicha saqlab qolinsin" soʻzlaridan keyin "qimmatli qoozlar bozorida brokerlik faoliyatini yuritayotgan mikrofirmalar va kichik korхonalar bundan mustasno, ular yalpi daromadning 10 foizi miqdoridagi stavka boʻyicha yagona soliq toʻlaydilar" soʻzlari ilova qilinsin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 46-47-son, 452-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2006 yil, 11-son, 626-modda