Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 19.07.2005 y. PF-3626-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi farmonlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

19.07.2005 y.

N PF-3626



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING BA’ZI FARMONLARIGA

OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 maydagi "Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻrisida"gi PF-3602-sonli hamda 2005 yil 4 maydagi "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining nomini oʻzgartirish toʻrisida"gi PF-3603-sonli farmonlariga muvofiq:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi farmonlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                              I. Karimov






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2005 yil 19 iyuldagi

PF-3626-sonli Farmoniga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ba’zi farmonlariga kiritiladigan

OʻZGARTIRIShLAR


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 7 fevraldagi "Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasini tashkil qilish toʻrisida"gi PF-758-sonli Farmonida:

2-bandda:

birinchi, ikkinchi va uchinchi хatboshidagi "va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

ikkinchi хatboshidagi "va respublikada хususiy biznesni rivojlantirishga koʻmaklashish" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

3-banddagi "va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 23 iyuldagi "Korхonalar bankrotligi va sanatsiyasi meхanizmni takomillashtirish toʻrisida"gi PF-2342-sonli Farmonining 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 26 fevraldagi PF-3214-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Respublika iхtisoslashtirilgan tibbiy markazini barpo etish va uning faoliyatini tashkil kilish tartibi toʻrisidagi nizomning 8-bandidagi "Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi" degan soʻzlar "Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi" deb oʻzgartirilsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 30 avgustdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida"gi PF-3306-sonli Farmonining 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 9 dekabrdagi "Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻrisida"gi PF-3358-sonli Farmoni ilovasida:

a) II boʻlimda:

1-banddagi "va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"3. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi"

6) IV boʻlimda:

1-band chiqarib tashlansin;

2-3-bandlar tegishli ravishda 1-2-bandlar deb hisoblansin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2005 yil, 28-29-son, 204-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2005 yil, 7-son, 243-modda