Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.09.2002 y. 317-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

05.09.2002 y.

N 317



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh

HAMDA AYRIMLARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN

DEB HISOBLASh TOʻRISIDA


"Xoʻjalik shirkatlari toʻrisida" va "Mas’uliyati cheklangan hamda qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Ob’yektlarning хoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari tarkibidan chiqishi tartibi toʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida" 1994 yil 18 iyuldagi 366-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994 y., 7-son, 35-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                            Oʻ. Sultonov






Vazirlar Mahkamasining

2002 yil 5 sentyabrdagi

317-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar

2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 12 oktyabrdagi 398-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995 y., 10-son 39-modda; 2000 y., 10-son 69-modda; 2001 y., 8-son 47-modda) bilan tasdiqlangan Xoldinglar toʻrisidagi nizomning muqaddimasida va I boʻlimi 5-bandida "Xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari toʻrisida" va "Monopolistik faoliyatni cheklash toʻrisida" soʻzlari tegishli ravishda "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻrisida" va "Raqobat va tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash toʻrisida" soʻzlari bilan almashtirilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Investitsiya va Xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 1998 yil 25 sentyabrdagi 410-son qarorida:

a) 2-ilovaning 2-bandidan (Investitsiya fondlari toʻrisidagi nizom) "Oʻzbekiston Respublikasidagi korхonalar toʻrisida", "Xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari toʻrisida" soʻzlari chiqarib tashlansin.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2002 y., N 9, 50-modda.