Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Moliya vazirligining 68-son, Iqtisodiyot vazirligining 38-son, Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasining 4-son "Byudjet tashkilotlarining asosiy vositalarining eskirishini aniqlash va buхgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 29.11.2013 y. Qarori (AV tomonidan 19.12.2013 y. 2538-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

19.12.2013 y.

N 2538

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

29.11.2013 y.

N 68


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IQTISODIYoT VAZIRLIGINING

29.11.2013 y.

N 38


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT ARXITEKTURA VA

QURILISh QOʻMITASINING

29.11.2013 y.

N 4


QARORI



Byudjet tashkilotlarining asosiy vositalarining

eskirishini aniqlash va buхgalteriya hisobida aks

ettirish tartibi toʻrisidagi nizomni

tasdiqlash haqida


Oʻzbekiston Respublikasining "Buхgalteriya hisobi toʻrisida"gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 y., 9-son, 142-modda) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi QAROR QILADILAR:


1. Byudjet tashkilotlarining asosiy vositalarining eskirishini aniqlash va buхgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasining 2009 yil 30 sentyabrdagi 95, 85 va 6-son "Byudjet tashkilotlarining asosiy vositalari eskirishini aniqlash va buхgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 2028, 2009 yil 30 oktyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 y., 44-son, 477-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Moliya vaziri

R. Azimov

Iqtisodiyot vaziri

G. Saidova

Davlat arхitektura

va qurilish qoʻmitasi raisi

     

B. Zokirov

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 23 dekabr, 51-son, 677-modda