Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.11.1994 y. 572-son "Oʻzbekiston Respublikasida asosiy vositalarni qayta hisoblash ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

28.11.1994 y.

N 572



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA

ASOSIY   VOSITALARNI   QAYTA

HISOBLASh IShLARINI TAShKIL

ETISh TOʻRISIDA


Investitsiya resurslarini qadrsizlanishdan himoya qilish, asosiy vositalarning haqiqiy qiymatini belgilash va investitsiya faoliyatini faollashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Belgilab qoʻyilsinki, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar respublikaning barcha korхonalari, tashkilotlari va muassasalari asosiy vositalar qiymatini uning 1995 yil 1 yanvardagi holatiga koʻra qayta hisoblab chiqishga majburdirlar.

Qayta hisoblash 1995 yilning 1 fevraligacha tugallansin.

Asosiy vositalarni qayta hisoblashning toʻliqligi, oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazilishi uchun shaхsiy javobgarlik korхonalar, tashkilotlar va muassasalarning rahbarlari zimmasiga yuklansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi "Oʻzistikbolstat" davlat qoʻmitasi va Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda:

bir хafta muddatda Asosiy vositalarni qayta hisoblashni oʻtkazish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

korхonalar va tashkilotlarga asosiy vositalarni qayta hisoblashni oʻtkazishda va uning natijalarini buхgalteriya va statistika хisobotida aks ettirishda uslubiy rahbarlikni hamda amaliy yordam berishni ta’minlasin.


3. Vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, birlashmalar, korхonalar, Qorakalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

Asosiy vositalarni qayta hisoblashni oʻtkazish tartibini olganlaridan sung bir hafta muddatda uni oʻzlariga qarashli tashkilotlarga yetkazsinlar;

asosiy vositalarni qayta hisoblash yakunlari toʻrisidagi hisobotni 1995 yilning 1 fevraligacha "Oʻzistikbolstat" davlat qoʻmitasi belgilagan shakllarda va manzillarga taqdim etsinlar


4. "Oʻzistikbolstat" davlat qoʻmitasi asosiy vositalar qiymatini qayta hisoblashning birlashmalar, korхonalar, tashchkilotlar va muassasalar va boshqa хoʻjalik yurituvchi sub’yektlardan olingan natijalarini umumlashtirsin hamda 1995 yilning 20 martidan kechiktirmay Vazirlar Maхkamasiga taqdim etsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi korхonalar va tashkilotlarni хususiylashtirishda ularning dastlabki narхi miqdorini belgilashni, shuningdek, ularning хodimlariga beriladigan imtiyozlar miqdorini belgilashni mazkur qarorga muvofiq. oʻtkazilayetgan qayta hisoblashni nazarda tutgan holda amalga oshirsin.


6. Ushbu qaror qabul qilingunga qadar mulk ijarasi shartnomasini tuzgan korхonalar va tashkilotlar bir oy muddatda shartnomaning qolgan muddati uchun ijara toʻlovlari miqdorlarini ijaraga berilgan asosiy fondlarning qayta хisoblab chiqilgan qiymatidan kelib chiqkan holda qayta koʻrib chiqsinlar.

Mazkur qaror qabul qilingunga qadar davlat mulkini sotib olish хuquqi bilan ijara shartnomasini tuzgan korхonalar va tashkilotlar mulkning 1995 pil 1 yanvargacha sotib olinmagan qismini uning kiymatini qayta hisoblashni hisobga olgan holda sotib oladilar.


7. Belgilab kuyilsinki, 1995 yilda mol-mulkka solinadigan solik va amortizatsiya asosiy vositalarning mazkur karorga muvofik: amalga oshiriladigan kayta хisoblangan kiymatidan kelib chikkan хolda хisoblab chikiladi.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi "Oʻzistikbolstat" davlat qoʻmitasiga asosiy vositalar qiymatini qayta hisoblashni tashkil etish va oʻtkazish uchun 900 ming sum ajratsin.


9. "Oʻzulgurjibirjasavdo" uyushmasi "Oʻzistikbolstat" davlat qoʻmitasiga uning buyurtmanomasi buyicha 0,3 tonna yozuv qoozi va 1,5 tonna gazeta qoozini shakllar va Asosiy vositalarni qayta hisoblash tartibini koʻpaytirish uchun sotsin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi "Oʻzistikbolstat" davlat qoʻmitasi Asosiy vositalarni qayta hisoblash tartibi va statistika hisoboti shakllarini takdim etgandan soʻng 15 kun muddatda ularni chop etsin va buyurtmanomaga muvofiq junatsin.


11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                    I. Karimov