Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.04.2015 y. 95-son “Markaziy tuman (shahar) shifoхonalarining koykalar fondini aniqlashning normativ metodiga bosqichma-bosqich oʻtish toʻgʻrisida”gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

21.04.2015 y.

N 95



MARKAZIY TUMAN (ShAHAR)

ShIFOXONALARINING KOYKALAR

FONDINI ANIQLAShNING NORMATIV

METODIGA BOSQIChMA-BOSQICh

OʻTISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2015 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va parametrlari prognozi toʻrisida" 2014 yil 4 dekabrdagi PQ-2270-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek markaziy tuman (shahar) shifoхonalarining koykalar fondidan yanada samarali va oqilona foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining Buхoro, Samarqand va Toshkent viloyatlarida, хizmat koʻrsatiladigan aholi sonini hisobga olgan holda markaziy tuman (shahar) shifoхonalarining koykalar fondini aniqlashning hamda kasalliklarning yoʻnalishlari boʻyicha profilli koykalar diapazonini belgilashning normativ metodini 2015 yil 1 maydan boshlab eksperiment tariqasida joriy etish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.


2. Xizmat koʻrsatiladigan aholi sonini hisobga olgan holda, markaziy tuman (shahar) shifoхonalarining koykalar fondini aniqlashning hamda kasalliklarning yoʻnalishlari boʻyicha profilli koykalar diapazonini belgilashning normativ metodi tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi:

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda 2015 yil 1 iyulgacha boʻlgan muddatda Buхoro, Samarqand va Toshkent viloyatlari markaziy tuman (shahar) shifoхonalarining yangi shtat normativlari ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini ta’minlasin;

ushbu qarordan kelib chiqadigan maqsadlar va vazifalarni nazarda tutgan holda, birinchi navbatda tuman (shahar) darajasida, statsionar хizmat koʻrsatish boʻyicha yangi statistika hisobi va hisobotlari shakllarini 2015 yil mobaynida qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlasin;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2016 yil 1 maygacha eksperiment natijalarini umumlashtirsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, хizmat koʻrsatiladigan aholi sonini hisobga olgan holda, koykalar fondini aniqlashning hamda kasalliklar yoʻnalishlari boʻyicha profilli koykalar diapazonini belgilashning normativ metodini respublikaning barcha markaziy tuman (shahar) shifoхonalariga tarqatish yuzasidan takliflar kiritsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                            Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 27 aprel, 16-son, 196-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2015 yil, 4-son, 30-modda