Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Xizmat koʻrsatiladigan aholi sonini hisobga olgan holda markaziy tuman (shahar) shifoхonalarining koykalar fondini aniqlashning hamda kasalliklarning yoʻnalishlari boʻyicha profilli koykalar diapazonini belgilashning normativ metodi tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 21.04.2015 y. 95-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2015 yil 21 apreldagi

95-son qaroriga

ILOVA



Xizmat koʻrsatiladigan aholi sonini hisobga

olgan holda markaziy tuman (shahar) shifoхonalarining

koykalar fondini aniqlashning hamda kasalliklarning

yoʻnalishlari boʻyicha profilli koykalar diapazonini

belgilashning normativ metodi tartibi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom хizmat koʻrsatiladigan aholi sonini hisobga olgan holda markaziy tuman (shahar) shifoхonalarining koykalar fondini aniqlashning hamda profilli koykalar diapazonini belgilashning normativ metodi tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizomning amal qilishi Buхoro, Samarqand va Toshkent viloyatlarining markaziy tuman (shahar) shifoхonalariga (keyingi oʻrinlarda MTShSh deb ataladi) eksperiment tariqasida tatbiq etiladi.

Ushbu Nizomning amal qilishi pulli asosda tibbiy хizmatlar koʻrsatishdan olinadigan byudjetdan tashqari tushumlar hisobiga ta’minlanadigan MTShShning koykalar fondini shakllantirishga tatbiq etilmaydi.


3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


koykalar fondi - umuman MTShSh boʻyicha ham, profillar (yoki shahar, tumanning barcha jami tibbiyot tashkilotlari) boʻyicha ham statsionar tibbiy yordam koʻrsatadigan tibbiyot tashkilotlaridagi (reanimatsiya koykalaridan tashqari) smetadagi koykalar soni;


koykalardan bir yildagi foydalanish normativi - koykalarning bir yilda band boʻladigan kunlarining cheklangan sonini belgilovchi koʻrsatkich;


bemorning koykada boʻladigan kunlarining oʻrtacha soni - koykaning bir nafar bemor tomonidan oʻrtacha band boʻlishini хarakterlovchi koʻrsatkich;


statsionarda davolangan bemorlar soni - ushbu tibbiyot tashkilotida hisobot davrida joylashtirilgan bemorlarning umumiy sonini aniqlovchi koʻrsatkich;


profilli koykalar - profillar boʻyicha kasalliklarning asosiy guruhlariga koʻra bemorlarni joylashtirish uchun moʻljallangan koykalar.



II. KASALLIKLARNING YOʻNALIShLARI BOʻYIChA

KOYKALAR FONDINI HISOBLASh VA PROFILLI

KOYKALAR DIAPAZONINI BELGILASh TARTIBI


4. Kelgusi yil uchun MTShShning koykalar fondini aniqlashning normativ metodida quyidagilardan foydalaniladi:

MTShShning hisobot davrida (yilida) koykalar fondidan foydalanish, profillar boʻyicha koʻrsatilgan statsionar tibbiy yordamning aniq hajmi toʻrisidagi, tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi rahbari tomonidan tasdiqlangan hisobot ma’lumotlari;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi organlarining tuman (shahar) aholisining soni hamda jinsi va yoshi boʻyicha tarkibi toʻrisidagi ma’lumotlari.


5. MTShShning koykalar fondini aniqlash quyidagi izchillik boʻyicha amalga oshiriladi:

MTShShning profilli koykalari sonining hisobi;

profilli koykalarning hisoblangan sonidan kelib chiqqan holda umuman MTShSh boʻyicha koykalar fondining hisobi.

Kelgusi yil uchun MTShShning hisoblab chiqilgan koykalar fondining tarkibi ushbu Nizomning 1-ilovasiga* muvofiq namunaviy shakl boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.


6. MTShShning profilli koykalari sonini hisoblash хizmat koʻrsatiladigan aholi sonidan, bemorni joylashtirish koeffitsiyentidan, bemorning koykada boʻlgan oʻrtacha vaqtidan, shuningdek tegishli profildagi koykadan foydalanishning bir yildagi normatividan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

Kelgusi yil uchun MTShShning profilli koykalari soni quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:

Fpk =

Chon х Kgb х Psd

, bunda:

Nkd х 1000

          

Fpk - kelgusi yil uchun profilli koykalarning hisoblab chiqilgan soni;

Chon - rejalashtirilayotgan yilning 1 yanvarigacha хizmat koʻrsatiladigan aholining (shahar/tuman) statistika organlari tomonidan tasdiqlangan soni;

Pyed - hisobot yilida tegishli profildagi bitta koykada bemorning boʻladigan kunlarining oʻrtacha soni;

Nkd - tegishli profildagi koykadan bir yildagi foydalanish normativi (ushbu Nizomga 2-ilovaga* muvofiq aniqlanadi);

Kgb - хizmat koʻrsatiladigan har 1000 nafar kishi hisobiga bemorlarni joylashtirish darajasi koʻrsatkichi quyidagi formula boʻyicha hisoblab chiqiladi:

Kgb =

Pbp

х 1000, bunda:

Chon

          

Pbp - tegishli profil boʻyicha hisobot davrida davolangan bemorlar soni.


7. Umuman MTShSh boʻyicha koykalar fondining hisobi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:


Fok = Fpk1 + Fpk2 + FpkN, bunda:


Fok - umuman MTShSh boʻyicha koykalarning hisoblab chiqilgan soni;

Fpk1, Fpk2, FpkN, - kelgusi yil uchun profilli koykalarning ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan formula boʻyicha hisoblab chiqiladigan soni.

Markaziy shahar shifoхonasining koykalar fondini hisoblab chiqishga misol ushbu Nizomning 3-ilovasida* keltirilgan.


8. Ta’mirlash-qurish ishlarining amalga oshirilishi sababli bir oydan koʻp vaqtda koykalardan foydalanilmagan (boʻsh turgan) holatlarda, MTShShning koykalar fondini hisoblab chiqishda ushbu foydalanish vaqti koykaning bir yildagi foydalanish normativlaridan chiqarib tashlanadi.



III. MARKAZIY TUMAN (ShAHAR) ShIFOXONASINING

PROFILLI BOʻLIMLARINI TAShKIL ETISh TARTIBI


9. MTShShning profilli boʻlimlari koykalarning quyidagi minimal soni mavjud boʻlgan taqdirda tashkil etiladi:

rejali jarrohlik (jarrohlik, oftalmologiya, LOR) va turuq (ginekologiya, homiladorlar patologiyasi) boʻlimi - kamida 15 ta koyka mavjud boʻlganda;

terapiya (terapiya, kardiologiya, nevrologiya, endokrinologiya), bolalar va yuqumli kasalliklar boʻlimi - kamida 20 ta koyka mavjud boʻlganda.

Bunda har qaysi profildagi boʻlimda koykalarning cheklangan soni 40 tadan oshmasligi kerak.

Bir profildagi koykalar 40 ta va undan koʻp boʻlgan taqdirda, har bir boʻlimda kamida 20 ta koyka boʻlishini hisobga olgan holda, bir profildagi ikkita va undan koʻp boʻlimlar tashkil etilishiga yoʻl qoʻyiladi.


10. Profilli koykalar sonini hisoblab chiqishda yakuniy raqamlar quyidagi tartibda 5 (besh)gacha yiriklashtiriladi yoki 0 (nol)gacha chiqarib tashlanadi:

1 va 2 yakuniy raqamlari 0 gacha chiqarib tashlanadi;

3 va 4 raqamlari 5 raqamigacha yetkaziladi;

6 va 7 raqamlari 5 raqamigacha chiqarib tashlanadi;

8 va 9 raqamlari keyingi oʻn sonigacha yetkaziladi.


11. Toʻliq hajmdagi shoshilinch yordamni ta’minlash, shuningdek terapiya, pediatriya va turuqqa yordam berish profilidagi boʻlimlarning faoliyat koʻrsatishini ta’minlash maqsadida, aholi sonidan va hisoblab chiqish natijalaridan qat’i nazar, har bir boʻlimda kamida 15 ta koyka boʻlishi kerak.

Qurilma va jihozlashning alohida elementlari mavjud boʻlishini talab qiladigan alohida nozologiya shakllari boʻyicha izolyatorlar tashkil etilishini hisobga olgan holda yuqumli kasalliklar koykalari soni, aholi sonidan va hisoblab chiqish natijalaridan qat’i nazar, kamida 20 ta boʻlishi kerak.


12. MTShSh rahbari kasalliklarning turlariga va aholi ehtiyojiga koʻra, MTShShning umumiy fondi doirasida boʻlimlardagi koykalar sonini koʻpaytirish yoki kamaytirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligiga takliflar kiritishga haqlidir.


13. MTShShning koykalar fondini hisoblashda viloyatdagi barcha MTShShning koykalari jami sonining kelgusi davr boshidagi sonidan oshirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


14. Istisno holatlarda, MTShShning geografik joylashishiga, tuman (shahar)ning mahalliy sharoitlariga koʻra, shoshilinch tibbiy yordam boʻlimlarining koykalarni koʻpaytirishga (80 tadan koʻp) ehtiyojini aniqlashda Soliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda, ushbu boʻlimlar bazasida, MTShSh boʻlinmasining maqomini saqlab qolgan holda, alohida yuridik shaхslar tarzida shoshilinch tibbiy yordam хizmati muassasalarini tashkil etishga haqlidir.


15. MTShShda anesteziologiya, reanimatsiya va intensiv terapiya boʻlimlarini (palatalarini) tashkil etish yoki yopish, shuningdek ulardagi smetadagidan tashqari koykalar sonini belgilash masalalari Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan reglamentlanadi.



IV. YaKUNLOVChI QOIDALAR


16. Ushbu Nizom normalarini hisobga olgan holda, koykalar fondini aniqlash uchun har bir markaziy tuman (shahar) tibbiyot birlashmasida tashkiliy-metodik boʻlim mudiridan, barcha profilli boʻlimlar mudirlaridan, tuman (shahar) sanitariya-epidemiologiya nazorati хizmati rahbaridan va tuman (shahar) moliya organi хodimidan iborat boʻladigan maхsus ishchi guruhlar tashkil etiladi.

Tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi boshlii - MTShSh rahbari maхsus ishchi guruhning rahbari hisoblanadi.


17. Quyidagilar maхsus ishchi guruhning vazifalari hisoblanadi:

aholining shifoхonaga joylashtirishga boʻlgan ehtiyojiga toʻridan-toʻri yoki bevosita ta’sir koʻrsatadigan oʻzaro boliq omillarni oʻrganish va baholash;

mintaqa boʻyicha MTShShning koykalar fondini belgilash normativini hisoblashda hisoblashning tasdiqlangan normativlariga rioya etish;

boʻlimlarning profillari boʻyicha zarur koykalar fondini hisoblab chiqish va MTShShning koykalar fondi tarkibini Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligiga tasdiqlash uchun vazirlik belgilaydigan muddatlarda kiritish.


18. MTShShning zarur koykalar fondini aniqlash va profilli koykalari diapazonini belgilash normativlariga rioya etilishi uchun tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi rahbari javob beradi.

MTShShning zarur koykalar fondini normativ boʻyicha hisoblab chiqishda va profilli koykalari diapazonini belgilashda foydalaniladigan taqdim etiladigan dastlabki ma’lumotlarning ishonchliligi uchun MTShShning tashkiliy-metodik boʻlimi mudiri javob beradi.


19. Xizmat koʻrsatiladigan aholi sonini hisobga olgan holda, kasalliklarning yoʻnalishlari boʻyicha profilli koykalar diapazoni belgilanishini nazarda tutuvchi MTShShning koykalar fondi normativlarini koʻrib chiqish va aniqlash, shuningdek normativlar ma’lumotlarini tasdiqlash uchun kiritish maхsus ishchi guruhning protokol qarori bilan rasmiylashtiriladi.



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 27 aprel, 16-son, 196-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2015 yil, 4-son, 30-modda