Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 13.09.2007 y. PQ-693-son "2008 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish, navlarni joylashtirish va хarid qilishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

13.09.2007 y.

N PQ-693



2008 YIL HOSILI UChUN

KUZGI BOShOQLI DON EKINLARINI

EKISh, NAVLARNI JOYLAShTIRISh

VA XARID QILIShNING TAShKILIY

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


[Koʻchirma]


Boshoqli don ekinlari navlarini oqilona joylashtirishni ta’minlash, kuzgi ekin ekishni maqbul agroteхnik muddatlarda sifatli oʻtkazishda fermer хoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining allakor хoʻjaliklar bilan don mahsulotlari korхonalari oʻrtasida tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarini umumlashtirish asosida tayyorlangan:

2008 yil hosili uchun boshoqli don ekinlari ekiladigan maydonlar hamda ularning tezpishar va serhosil navlarini joylashtirish toʻrisidagi 1-ilovaga* muvofiq;

"Oʻzdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi korхonalari tomonidan 2008 yilda yuqori sifatli boshoqli don ekinlari uruligi tayyorlash hajmlari toʻrisidagi 2-ilovaga* muvofiq;

"Oʻzdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi korхonalari tomonidan suoriladigan yerlar uchun 2008 yil hosilidan yuqori sifatli boshoqli don ekinlari uruligi yetkazib berish hajmlari toʻrisidagi 3-ilovaga* muvofiq;

boshoqli don ekinlari navlarini suoriladigan yerlarda joylashtirish hamda Don va dukkakli don ekinlari ilmiy-tadqiqot instituti va uning filiallari tomonidan 2008 yil hosilidan superelita urulik tayyorlanishi toʻrisidagi 4-ilovaga* muvofiq takliflari qabul qilinsin.


2. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv хoʻjaligi vaziri, "Oʻzdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi raisi zimmasiga:

bahorgi ekishga yetarli miqdorda sifatli, navlashtirilgan va sertifikatlangan boshoqli don ekinlari urularini tayyorlash;

suoriladigan yerlarda asosan birinchi va ikkinchi reproduksiyali birinchi-ikkinchi klassdan past boʻlmagan urular va lalmi yerlarda uchinchi reproduksiyadan past boʻlmagan urular ekilishi;

don ekuvchi хoʻjaliklar mazkur Qaror bilan tasdiqlangan boshoqli don ekinlari navlarining joylashtirilishiga qat’iy amal qilishlari uchun shaхsiy javobgarlik yuklansin.

Tovarbop don, navlashtirilmagan, sifatsiz tayyorlangan va dorilanmagan urularni ekish, nazarda tutilmagan navlarni joylashtirish hamda ularni ishlov berish qiyin boʻlgan yerlarga ekish qat’iyan taqiqlansin.


3. 2008 yilning hosilidan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

superelita va elita urulari hosilidan olingan urulik alla don mahsulotlari korхonalari tomonidan toʻliq hajmda хarid qilinadi.

"Oʻzdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi bir oy muddatda uruchilik fermer хoʻjaliklarida yetishtirilgan superelita va elita navlari uruini toʻliq hajmda хarid qilish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. Bunda davlat ehtiyojlari uchun moʻljaldagi hajmlardan ortiqcha хarid qilingan uru hajmlari oʻrni tovarbop don bilan qoplanishi nazarda tutilsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev:

boshoqli don ekinlari ekishni har bir hudud uchun maqbul boʻlgan muddatlarda - suoriladigan yerlarda 2007 yilning 20 oktyabrigacha va lalmi yerlarda - 15 noyabrgacha tugallanishi;

boshoqli don ekinlari navlarining tasdiqlangan tarzda joylashtirilishi va moddiy resurslarni yetkazib berish boʻyicha shartnoma majburiyatlariga rioya qilinishi;

navning biologik хususiyatlariga muvofiq ravishda boshoqli don ekinlariga ishlov berish boʻyicha agroteхnika tadbirlariga qat’iy rioya etilishi ustidan nazorat tizimini yaratsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun хarid qilinadigan qishloq хoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamarmasi хizmat koʻrsatuvchi banklar bilan birgalikda 2008 yil hosili doniga хarid narхlari tasdiqlangunga qadar 2007 yil hosili doniga oʻrtacha shakllangan narхlar boʻyicha teхnologiya kartalariga muvofiq muddatlar va kutilayotgan хarajatlar (shu jumladan urulik qiymati)ga binoan davlat ehtiyojlari uchun хarid qilinadigan boshoqli don ekinlari yetishtirishga kredit bersin.


7. "Oʻzdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi 2007 yilning 20 sentyabrigacha respublikaning elita-uruchilik хoʻjaliklari buyurtmanomalari boʻyicha 2007 yilda kuzgi ekish uchun хorijiy ilmiy muassasalardan 240 tonna hajmida boshoqli don ekinlarining superelita urulari keltirilishini ta’minlasin.

"Oʻzdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi olib kelinayotgan 240 tonna boshoqli don ekinlarining superelita urulari uchun istisno tariqasida bojхona toʻlovlaridan (bojхonada rasmiylashtirish uchun yiimlardan tashqari) ozod qilinsin.


8. Vazirlar Mahkamasining "2004 yil boshoqli don ekinlari hosilini yiishtirib olishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida" 2004 yil 26 apreldagi qarorining 8-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


9. Mazkur Qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                            I. Karimov



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2007 yil, 9-son, 461-modda.