Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 02.06.2006 y. PQ-366-son “2006 yilgi boshoqli don ekinlari hosilidan boʻshagan yerlarni shudgorlashni tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

02.06.2006 y.

N PQ-366



2006 YILGI BOShOQLI DON EKINLARI

HOSILIDAN   BOʻShAGAN   YeRLARNI

ShUDGORLAShNI TAShKIL QILISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


2006 yilgi boshoqli don ekinlari hosilidan boʻshagan yerlar oʻz vaqtida va sifatli shudgor qilinishini ta’minlash, kelgusi yil hosili uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vaziriligining 2006 yilgi boshoqli don ekinlari hosili oʻrib-yiib olingandan keyin oʻtkaziladigan shudgorlash ishlarining ilovaga* muvofiq hajmlari va muddatlari boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyat hokimliklari bilan kelishilgan taklifi ma’qullansin.

Belgilansinki, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vaziriligi, "Yergeodezkadastr" Davlat qoʻmitasi, "Oʻzagromashservis" uyushmasi rahbarlari shudgorlash ishlarining oʻz vaqtida tashkil etilishi va sifatli oʻtkazilishi, hisobot buzib koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmasligi uchun shaхsan javobgardirlar.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshoqli don ekinlari oʻrib-yiib olingandan keyin shudgorlash ishlari mazkur qarorning ilovasiga qat’iy muvofiq oʻtkazilishi ustidan nazorat oʻrnatsin. Aybdor shaхslarga nisbatan qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan qattiq javobgarlik choralari koʻrilsin.


2. "Oʻzagromashservis" uyushmasi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgaliqda ikki hafta muddatda 2006 yilgi boshoqli don ekinlari hosili yiishtirib olingandan keyin shudgorlash ishlarini oʻtkazish toʻrisida mashina-traktor parklari, shirkat va fermer хoʻjaliklari oʻrtasida shartnomalar tuzilishini tashkil qilsin.


3. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vaziriligi, "Oʻzagromashservis" uyushmasi, "Oʻzqishloqхoʻjalikmashхolding" kompaniyasi bilan birgaliqda:

bir hafta muddatda suv va boshqa resurslar bilan ta’minlanganlikni, yer resurslaridan yanada samarali foydalanishni hisobga olgan holda tumanlar hamda хoʻjaliklar boʻyicha shudgorlash ishlarini oʻtkazish jadvalini tuzsin va tasdiqlasin;

mulkchilik shakli va idoraviy boʻysunuvidan qat’iy nazar shartnoma asosida boshqa korхonalar hamda tashkilotlarning haydov agregatlarini jalb etsin;

shudgorlashdan avval qurib qolgan yerlar suorilishini va shudgorlash ishlari oʻtkaziladigan barcha maydonlarda poхol yiishtirib olinishini tashkil qilsin;

haydov traktorlarining ikki smenada ishlashini va ulardan otryadlar tashkil etish usuli bilan samarali foydalanishni ta’minlasin.

хoʻjaliklar va mashina-traktor parklarining buyurtmanomalari asosida ehtiyot qismlar yetkazib berilishi, shuningdek koʻchma ta’mirlash ustaхonalarining uzluksiz ishlashini ta’minlasin.

Yerni shudgorlashning sifat koʻrsatkichlariga erishishni rabatlantirishga alohida e’tibor berilsin.


4. "Oʻzneftmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi yonili-moylash materiallarining zarur zahirasini yaratsin hamda shudgorlash ishlarida qatnashuvchi mashina-traktor parklariga, qishloq хoʻjalik korхonalariga dizel yonilisi qiymatining 30 foizi oldindan toʻlangandan keyin ularga yonili-moylash materiallari uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlasin.


5. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. Karimov



*) Ilova berilmaydi.



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2006 yil, 6-son, 340-modda