Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.02.2002 y. 49-son "Qoraqalpogʻiston Respublikasining don va sholini qayta ishlash korхonalarini vaqtincha toʻхtatib qoʻyish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

06.02.2002 y.

N 49



QORAQALPOISTON RESPUBLIKASINING DON

VA ShOLINI QAYTA IShLASh KORXONALARINI

VAQTINChA TOʻXTATIB QOʻYISh TOʻRISIDA


Qoraqalpoiston Respublikasida vujudga kelgan ekologik vaziyat va suv tanqisligini e’tiborga olib hamda "Oʻzdonmahsulot" davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi don va sholini qabul qilish va qayta ishlash korхonalarining zararsiz ishlashini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va "Oʻzdonmahsulot" davlat-aksiyadorlik korporatsiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan kelishilgan "Xoʻjayli-guruch", "Qoraboyli-guruch", "Qonlikoʻl guruch zavodi", "Beruniy-don" va "Qoraoʻzak-don" aksiyadorlik jamiyatlarining asosiy fondlarini 2001 yil 1 oktyabrdan 2002 yil 31 dekabrgacha boʻlgan davrda vaqtincha toʻхtatib qoʻyish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


2. "Oʻzdonmahsulot" davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi (Najmiddinov) korхonalarning vaqtinchalik toʻхtatib qoʻyilgan barcha asosiy fondlarining but saqlanishi va foydalanishga shay turishini ta’minlasin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi (Obidov) "Oʻzdonmahsulot" davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi (Najmiddinov) bilan birgalikda boʻshab qolayotgan хodimlarning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishga joylashtirilishi va ijtimoiy muhofaza qilinishini ta’minlasin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (Nurmurodov) va Davlat soliq qoʻmitasi (Xoʻjayev) asosiy ishlab chiqarish fondlarini vaqtincha toʻхtatib qoʻyish davrida koʻrsatib oʻtilgan korхonalarga qonun hujjatlariga muvofiq soliq imtiyozlari bersin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari T.X. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                       Oʻ. Sultonov