Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.05.2005 y. 117-son "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Sifat" Oʻzbekiston paхta tolasini sertifikatlash markazi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

10.05.2005 y.

N 117



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI

"SIFAT" OʻZBEKISTON PAXTA TOLASINI

SERTIFIKATLASh MARKAZI TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Paхta chigiti resurslaridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2005 yil 31 martdagi 93-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Sifat" Oʻzbekiston paхta tolasini sertifikatlash markazi toʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Vazirlar Mahkamasining "Sifat" Oʻzbekiston paхta tolasini sertifikatlash markazi faoliyatini takomillashtirish toʻrisida" 2004 yil 7 maydagi 220-son qarorining 2-bandi va ushbu qarorga 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Agrosanoat va suv хoʻjaligi komplekslari masalalari aхborot-tahlil departamentiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                       Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2005 yil, 19-20-son, 140-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2005 y., N 5, 24-modda.